UzPoster
21 february 2023

Rassom Tuz: Populist bo‘l, insof bilan bo‘l!

O‘zbekiston rahbariyati konstitutsiyani ochib o‘qib ko‘rsa bo‘lardi. (Harf taniydi degan yaxshi niyatdamiz) Konstitutsiyada vatandoshlarning teng huquqli ekani va hech bir din mamlakatda hukmron mafkura emasligi aniq ëzilgan. O‘zbekiston byudjeti butun xalq to‘lagan soliqdan tarkib topadi. Byudjetni Abdulla G‘arib Parkentdagi dala hovlisida ekkkan qulupnayini sotib shakllantirmaydi. Soliqni musulmonlar bilan birga boshqa dindagilar, agnostik, deist va ateistlar ham to‘laydi. Asosan o‘rtahol va boylar soliq to‘laydi. Aholining musulmon qashshoq qismiga imtiëz berib, ularni byudjet hisobidan tekin umraga yuborilishi KONSTITUTsIYa BUZILIShIDIR. Teng huquqlilik printsipi buzilishi bu. Mamlakat rahbariyatidan qattiq iltimos qilaman: yo bu konstitutsiyani bekor qip tashanglar ëki jiddiy o‘qib amal qilinglar. Kattaning aytgani konstitutsiyaga zid bo‘lsa, kattani gapi emas, qonun ustivor bo‘lishi kerak. Populist bo‘l, qashshoqqa qayish, ammo insop bilan bo‘l! @eltuz2022

Tag‘in o‘qing
8 june 2025
Toshkent shahrida yashovchi, 1980 y.t., muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan fuqaro o‘zining sherigi bo‘lgan – poytaxtda faoliyat ...
23 november 2022
Shvetsiyada 2013 yildan beri Rossiya foydasiga josuslik qilgan o‘ris er xotin qamoqqa olindi. 1990 yillar oxirida Shvetsiyaga ko‘chib kelgan ...
8 april 2019
So‘nggi vaqtlarda tadbirkorlik sub'ektlariga tegishli bo‘lgan mulkning Milliy gvardiya foydasiga tortib olinayotgani bilan bog‘liq ikkita mojaro kuzatildi. Bularning birinchisi ...
12 december 2016
Chilonzor tumani “Tinchlik” masjidining imom xatibi Shermurod Tog‘ay (Alisher domla) o‘zining Facebook dagi sahifasida o‘zbek pop musiqachisi 30 yashar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...