UzPoster
8 august 2024

Olimpiadaning afg‘on qahramoni

Suratda afg‘onistonlik sportchi ayol Kamiya Yusufi. Parij-2024 Olimpiadasida Kamiya Yusufi Tolibon hukumatiga murojaat qildi.

100 metr masofadagi dastlabki poygadan so‘ng Kamiya Yusufi kameralarga afg‘on bayrog‘i ranglarida uchta so‘z yozilgan A4 varag‘ini ko‘rsatdi.

Murojaatda «ta'lim», «sport » va «bizning huquqimiz» degan so‘zlar yozilgan.

Tolibon hokimiyatni egallagach mamlakatda xotin-qizlar erkinligi keskin cheklandi.

Qizlarning o‘rta maktabda ta'lim olishi, ayollar ishlashi, sport bilan shug‘ullanishi va siyosiy jarayonlarda ishtiroki qat'iyan chegaralangan.

Parij-2024 Olimpiadasida Afg‘onistondan bor yo‘g‘i 6 sportchi ishtirok etmoqda. Afg‘oniston Olimpiya qo‘mitasi surgunda faoliyat olib boradi.

Tolibon hukumati Olimpiada jamoasida ayollar bo‘lgani sabab ushbu qo‘mita vakolatini tan olmaydi.

Kamiya Yusufi musobaqada g‘alaba qozonmadi. «Men bu yerga medal uchun kelmadim. Men Olimpiadaga afg‘on qizlari uchun keldim. Bugun afg‘on qizlari nomidan gapiraman. Chunki ular gapirolmaydilar. Qizlarimiz ilojsiz, ular hech narsa qilolmaydilar. Ular jim turishi kerak”, dedi sportchi.

Tag‘in o‘qing
8 october 2025
Savol: Bugungi erkinlik,siyosiy turlilik va demokratiya darajasi 1991 yildagi xolatdan qancha uzoq?
16 february 2024
Ismingiz shu'lasidan qamashar ko‘zim qarayman har bir harf irodasiga o‘zimga chap berib yura boshlayman eng go‘zal alfavit qorachig‘imda. MS: Og‘a ...
21 january 2021
O‘zbekistonning g‘arbiy qismida vatandoshlarning tana a'zolarini o‘lchash deb nomlangan antroponomik taftishga minglab tibbiy xodim safarabar qilindi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ...
5 march 2019
Shu kunlarda ba'zi bir ishlar bilan band bo‘lganim sababidan kanalga yozishga vaqtim bo‘lmayapti. Ammo Navoiy tili haqidagi postlardan so‘ng ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...