UzPoster
27 september 2024

Aylavyu Dang‘ara

Dang‘aralik so‘kong‘ich deya xatga tushgan  fermerni  qasoskor  deb iddao qilingan prokuror qamatgani haqida oxiri ëmonlik bilan tugaydigan oshkora baxti qarolik qissasi

Klassik formatdagi badiiy asarda salbiy va ijobiy qaxramonlar bo‘ladi. Masalan «O‘tkan kunlar» ro‘monidda Kumush  ijobiy¸ uni zaharlagan Zaynab salbiy. 

Ammo O‘zbekiston realligida barcha salbiy qahramon ekanligini ko‘ramiz.

Ushbu maqolani ëzib boshlaganda «O‘ta ëmon prokuror bechoragina  fermerni atay qamattirdi» degan sxema bilan boshlovdim. 

Asnoda fermerning o‘zini ham  «dunëdagi eng ijobiy odam» emasligi  o‘rtaga chiqdi.  Prokuroram ja unaqa gitler kabi ëvuz emasligi aën bo‘ldi. Xullas shu pochchamga shu yangam  va hokazo maqollar. 

Endi bir boshdan kelsam. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Dang‘ara tuman sudining 11 oktyabrdagi mahkamasi  “Chankat g’ururi” fermer xo‘jalik rahbari 53 yashar Akmaljon O‘tbosarovni mayda bezorilikda ayblab 10 sutkaga qamadi.

Sud raisi M. Abdubannabov imzolagan qaror nusxasida ëzilishicha O‘tbosarov 24 sentyabr kuni Qo‘rg‘oncha MFY raisi J. Omonovni bolalar nafaqa pullarini o‘g‘irlaganini yuziga ssolib izza qilgan. Sud bu xolatni mayda bezorilik  va tuxmat deb baholadi. 

Sud raisi Abdubannobov  o‘z qarorida O‘tbosarovning MFY raisiga qarata “Bolalar pulini yeb qorning to‘yib qoldimi” degan gapini haqorat va tuhmat  deb malakalagan. 

Fermer Akmaljon O‘tbozarovning o‘zi  qamalishidan sal oldin fermerlar telegram  kanaliga sizdirgan Eltuzda mavjud ovozli murojatida “tuxmat qurboni bo‘lgani va o‘zi yetishtirgan paxtani klasterga topshirmagani uchun” prokuror zakazi bilan sudya uydirma ayb bilan qamoq jazosi berilganini iddao qiladi:

“Meni tuxmat bilan¸ prokurorni  shaxsan atay topshirig‘i bilan to‘rtta shantajchi guvohni qo‘yib zakaz bilan 10 sutka qamavorishdi. Aslida meni paxtani mustaqil yetishtirib klasterga topshirmay omborda saqladim. Buni tuman prokurori kelib ko‘rib ketdi. Shundan keyin 10 minutda menga provakatsiya uyushtirib qamashdi.  Sud zakaznoy bo‘lgani aniq edi. Shu darajaga keldi.”

Eltuz suhbatlashgan dang‘aralik fermer va oddiy dehqonlar xozir qamoqda jazo o‘taëtgan fermer O‘tbosarovni  maqtash uchun topa olishmadi. “Ja maqtavoradigan yeri yo‘q” deyildi. 

Fermerning o‘zi esa audiomurojaatda  kredit olmay o‘z imkoniyati bilan o‘zi yetishtirgan paxta xosilini klaster changaliga topshirmagani uchun qonun va adolat printsiplaridan umuman xabari bo‘lmagan tuman prokurori g‘azabiga duchor bo‘lib o‘ch olinganini iddao qiladi:

“Paxtani o‘zimni xissobimdan yetishtirib¸o‘zimni xosilning mustaqil egasi deb his qilib paxtani klasterga topshirmay o‘zim omobrda saqlaganim uchun mendan o‘ch olishdi. Tuman prokurori Akmal Boboxonov zakazi bilan meni podvolga olib tushib tuxmat qildi degan soxta uydirma ayb bilan qamashdi. Nima tuxmat qildim? Kimni so‘kdim? Audio ëzuv bormi deb so‘rasam sud raisi eshitmaganga olib betini bez qilib prokurorni zakazini bajarib o‘tiribdi. Sud umuman mustaqil emas¸ shaxsan tuman prokurori Boboxonovning boltachisiga aylangan. Tuman hokimligi oldidagi kamerani ko‘tarsa chiqadi. Meni sud qilib bo‘lib melisani moshiniga bosib obketishaëtganda prokurorni moshinasi kelib to‘xtab ichida men yo‘qligimdan xabari bo‘lmagan xolda  orqa eshikda o‘tirgan prokuror so‘rayapti. Nima bo‘ldi meni zakazim. Akmal akani ishi? 10 sutka bo‘ldi degan javobni eshitib ketib qolyapti.”

“Klasterga shak keltirgan” fermer O‘tbosarovning davlatni tamsil qilgan prokuror Boboxonov “zakazi” bilan 10 sutkaga “tiqib qo‘yilishi” 2018 yilda  paydo bo‘lgan va prezident allada aziz to‘rvada mayiz qilgan  klasterlar yakkaxokimligining yuzlab ko‘rinishlaridan biri. 

Tijoriy tuzulma bo‘lgan klasterlarning davlatga  tayanib   mustaqil ekin yetishtirishga intilgan fermerlarga “zug‘umkor” bo‘lib qolgani va butun bir adliya tizimi klasterlar qo‘lida fermerlarni jazolaovchi instrumentga aylangani xavotirli xolat. 

Klasterlarning so‘ngi yo‘q hukmronligi fazosida fermerlar o‘z yerida xohlagan ekinini eka olmayapti. Davlat buyurtmasi ostida chigit ekkan aksar  fermerlar paxta yetishtirishdan faqat zarar ko‘rmoqda lekin komanda buyruq reja  taqsimot tizimi ularni paxta ekishga majbur etmoqda. 

O‘tbosarov misolida ko‘rganimiz kabi fermerlar hukumat zo‘r berib qo‘llab quvvatlagan  klasterlar bedodligi oldida ojiz qolmoqda. 

Fermerlarning  klasterlardan mustaqil bo‘lishga har qanday  urinishi ularni o‘ch olish nishoniga aylantirmoqda. 

Paxtasini klasterga topshirishni istamaslik jinoyat emas. 

Lekin klaster korcholonlari  mahalliy hokimliklar¸ sektor raxbarlari va prokuror¸ tergovchilardan iborat “jazo armiyasi”ni safarbar qilib  fermerlarni o‘z irodasiga bo‘ysunishga majbur qilmoqda. 

Fermer balki  sharttaki salbiy qaxramondir. Lekin  bu uning jinoyatchi ekanligini bildirmaydui. Bolalar pulini yegan degan iddao nishoni MFY raisi Omonovni ësh malakali huquqshunos deya ota enasi yaxshi ko‘rarkan. Bu degani bizam ota enasiga qo‘shilib yaxshi ko‘ramiz degani emas. Yaxshi bo‘sa oshini yeydi. O‘lganidan keyin narigi dunëda ajrini oladi Fermer iddaosiga ko‘ra . 24 sentyabrdagi janjalni oradan 10 kun o‘tib eslab qasos oladigan¸ masaldagi bo‘ri qo‘zichoqni yeyish uchun bahona qidiradigan prokuror Boboxonov ham hesh aqrobolari “ja unaqa ëmon odam deyishmadi” Prokuror buyrug‘i bo‘yicha zakaz sud o‘tkazib qaror bosadigan printerga aylangan sudya M. Abdubannabovni bo‘yniga tosh boylab darëga cho‘ktirgan odam ashiincha savob oladi. 

Xullas hammasini ijobiy qaxramonlar muzeyiga qo‘yib bo‘lmaydi. Ol birini ur narigisiga degan manzara. Bularni bu axvolga solgan tizim esa daxshat. 

Aylavyu Dang‘ara ❤️❤️🩷💛💚💙🖤

Barcha qaxramonlari salbiy va oxiri faqat ëmonlik bilan tugaydigan hikoyalarni so‘zlashda davom etaman.

O‘qing faqat yig‘lamang…

Rassom Tuz sahifasidan

Muammolar yechimi Eltuz kanalida… Eltuz – O‘zbekiston va o‘zbeklarning siyosiy kayfiyatini aks ettiradigan erkin maydon. Kanal homiysi bo’ling va siz eksklyuziv bonuslarga ega bo’lasiz. Batafsil ma’lumot:    / @eltuz  

Tag‘in o‘qing
11 september 2025
Tarmoqning o‘zbek segmenti siësatchi Alisher Qodirovni sevmaydi. Kamsitadi va qildan qiyiq axtarib uni yerdan olib yerga uradi. Davlat mulozimi ...
15 april 2020
Joriy yilning apreli boshidan Toshkent ko‘chalarida BTRlarda yurib, karantin bois karnaylar orqali aholini uyda qolishga da'vat etish boshlandi. Biroq ...
21 september 2016
O‘zbekiston Ichki ishlar organlari haqida qonun qabul qilinishi ortidan, Ichki ishlar vazirligi tizimida kadrlar almanishi kuzatilmoqda. Biroq, ekspertlar fikricha ...
22 july 2019
O‘zbekiston hukumati Xalqaro mehnat tashkilotiga O‘zbekistonda majburiy mehnatning taqiqlanganligi haqida ma'lumotni o‘z ichiga olgan 40.000 nusxa varaqa, shiorlar tayyorlash ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...