UzPoster
27 november 2025

O‘zbek yozuvchisi AQShning milliy kitob mukofoti finaliga chiqdi

O‘zbekistonga kiritilmagan, London va Pragada ijod qiladigan taniqli o‘zbek yozuvchisi Hamid Ismoil AQShning nufuzli Milliy kitob mukofotining besh nafar finalchilari qatoriga kiritildi.

Bu yuksak martaba va sharaf nafaqat Hamid Ismoilning o‘ta yuksak iste'dodini tan olish, balki o‘zbek adabiyotining jahon sahnasidagi bayrami hamdir.

Ëzuvchining falsafiy xotira, tarix, milliylik va insoniy teranlikka boy asarlari jahon o‘quvchilari uchun yangi mintaqani anglash yo‘lida yang darvozalarni ochdi. 

Haqiqiy minnatdorlik va e'zoz uning yorqin tarjimoni Shelli Feyrvezer-Vegaga ham taalluqli.

Tilmochning fidokorligi va mahoratli ijodkorligi arqali o‘zbek hikoyalari ingliz tiliga ravshan, ehtirosli va ta'sirli tarzda ko‘chdi.

Yuksak saviyali matn, so‘z o‘yinlari va adabiët bozingarligi tarjimon orqali umumbashar mulki bo‘ladi.

Aynan tilmoch bu kitoblarga katta yo‘lni ochib berdi.

1992 yildan beri bir do‘st o‘laroq tanigan qadrdonim, aziz o‘rtog‘im Hamid-akani qutlayman.

Asnoda ulug‘ tilmoch Shelli Feyrvezer-Vegaga chuqur hurmatimni bildiraman.

Sizlarning yutug‘ingiz — bizning iftixorimiz. 

Sizlarning bu yuksak marraga yetganingiz, bu ulug‘ maratabaga noil bo‘lganingiz o‘zbek adabiyoti shuhratini yanada baland qildi.

Navbatdagi marra – Nobel sovrini. Hamid aka Nobel olsin deganlar matn ostida yurakcha emojisini bossin.

Tag‘in o‘qing
15 january 2026
Bir kuni er ishdan kayfiyati yo‘q, charchab kelibdi. Xotini esa eshik oldida kutib olib, tinmay gapira boshlabdi: — Adasi, ...
4 may 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobining 24-qismi. Matnning audioversiyasini muallifning o‘zi o‘qigan. Audiokitobning boshi va oldingi qismlari “Eltuz”ning ...
5 september 2018
Telia shirkatining sobiq rahbarlari ustidan Stokgolmda davom etgan sudda Toshkentdagi «Dado» guruhi qo‘shiqchisi bo‘lgan Rustam Madumarov Gulnora Karimovaning rasmiy ...
22 may 2018
Prezident Mirziyoevning Andijonga safari shaharni begona ko‘zlardan to‘sish, oshiqcha ehtiyot choralari va mulozimlarning odatiy laganbardorliklari bilan o‘tdi. Prezident o‘tadigan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...