Asosiy mavzular
20 october 2025

«Gulnor» 12 qism (Xazor dengizi sohilida)

Moskvadagi otel bu safar lyuks emasdi. Tavfiq Malikov turklar uchun ikki kunga Akademiya mehmonxonasidan xona ajratgan edi. Anjuman bir yil Turkiyada bir yil Sovet Ittifoqining turk jumhuriyatlaridan birida o‘tkazilishi rejalangandi. Ilk yig‘ilish Bokuda o‘tishi mo‘ljallangandi. Bokuga borish uchun esa Moskvada ikki kun ovora bo‘lish lozim edi. Boku hay'atiga Toshkentga borganlardan faqat to‘rt kishi: professor Oqtosh, professor Axmadbey, professor Yildirim va O‘g‘uz Dumon kiritilgandi.

O‘g‘uz Istanbul havo maydonida professor Oydamirni ko‘rib sevindi. Akademiyaning nonushta qilinadigan bufeti ikkinchi kavatda joylashgandi. O‘g‘uz domlalar o‘tirgan stoldan chekkaroqqa o‘tirdi.

– O‘g‘uz, kel o‘g‘lim, tortinma. Mana, O‘rxon Shoiq xo‘ja bilan tanish, — dedi Oydamir.

O‘g‘uz kursisini domlalarga yaqin tortib, o‘tirdi. Keyin O‘rxon Nodiy va Tavfik Malikov davraga ko‘shildi.

– Tariximizning ilk ming yili xitoy manbalarida qayd etilgan. Raxmatli professor To‘g‘on doim “xitoychani bilmasdan, turk tarixini yozish mumkin emas degan edi, shuning uchun xitoychani o‘rgandim, — dedi Baxovuddin.

O‘rxon Nodiy esa Baxovuddin xo‘ja nafaqat xitoy, olmon tilshunoslari manbalaridan ham samarali  foydalanganini urg‘uladi.

– Siz Moskvada kuningizni xitoy manbalari haqida tortishib o‘tkazmoqchimisiz? Buni Bokuda gaplashamiz, — dedi professor Malikovyuh. – Vaqtni yo‘qotmay Moskvani tomosha qilinglar. Maxmat bilan So‘narning tajribasi bor, sizga shaxarni ko‘rsatishadi. Ha, O‘g‘uz ham bor, u xam bu yerga ikkinchi marta kelishi…

***

O‘g‘uz yotog‘iga kirayotib, o‘yladi. “Bu vatan kimniki?” she'rining muallifi hajvchi edi. 

“Istehzo zakoning porlashidir”, degan edi Ahmad domla, ammo O‘rxon Shoik Go‘kyoy xo‘ja tanqidchilariga ortiqcha shafqatsiz edi. Uning tomorqasiga asossiz kirishdan hamma qo‘rqardi. Lekin professor Oqtosh “hamma” kategoriyasiga kirmasdi. U ko‘p narsani bilardi. Go‘kyoy domla bilan ham teng gaplasha olardi. Qolganlari xo‘jadan chekinib turishardi. Hatto xazilkash Oydamir xo‘ja xam Go‘kyoy qarshisida “og‘ziga qarab” gapirardi. Professor Do‘g‘on Go‘kman tegirmon yuzli, bodomqovoq bir o‘rtaosiyoli edi. Uning latifalari o‘zaro munosabat uchun eng kulay vosita edi. Ahmad domla uni latifa professori deya atardi. Professor Suod Sarvaro‘g‘li jiddiy va kamgap kishi edi. U O‘g‘uzning Iroqda bo‘lganini eshitib, “Orzu-qambar”ni yozib oldingmi, deb so‘radi. Yozib oldim, deganda juda kuvondi va O‘g‘uzdan “bir nusxasini menga ham ber” deb iltimos qildi.

O‘g‘uzning uyqusi kochgandi, o‘rnidan turib, tashqariga chiqdi. Moskva kechalari joduli edi. Soat kechasi o‘n ikkiga yaqinlashibdi, xanuzgacha qorong‘ulik tushmagandi. Ko‘chalar keng, mashina va odamlar siyrak edi. Ora-sira shirakayf erkak-xotinlardan iborat guruhlar o‘tib qolardi.

Maydon bekanor, daraxtlar yuksak edi! O‘g‘uzning miyasiga bir savol qayta-qayta hujum qilardi:

– Nega muqaddas kitoblardagi voqealar faqat O‘rta Sharqda sodir bo‘lgan? Nega bu O‘rta Sharq bilan chegaralangan?

Bu savolni O‘g‘uz ilohiyotchi olimga xam bergandi. Olim “muqaddas kitoblar o‘sha kitob indirilgan mintaqa xalqiga tushunarli bo‘lishi uchun o‘sha mintaqa bilan chegaralangandir. Hatto ba'zi jo‘n afsonalarning kiritilishi muqaddas kitoblarning tushunarli bo‘lishi uchun qilingan”, dedi. Xullas, masala pedagogik metod, uslub masalasi edi. Mantiqli fikrday edi bu, ammo O‘g‘uzning boshini garang qilgan savolni yechishga ojizlik qilardi.

Vladimir Ilich Leninning miyasidagi fikrlar ham shunga o‘xshash emasmi? Aks holda, bu keng maydon o‘rtasida uning haykali davrlar osha boshini ko‘kka tikib turmasdi.

Haykal poyida, qo‘lida “vodka” shishasini ushlab o‘tirgan nochor odamlar bu xashamatli haykalga yarashmasdi. Leninning boshi osmonda, paltosining etaklari shamolda xilpirar, ko‘zlari uzoqlarga boqardi. Olmoniyadan Peterburgga poezdda yo‘lga chikarkan, uning miyasida inqilob chaqmoqlari chaqnagandi. Lenin haqida bu qadar jiddiy o‘ylay boshlaganidan O‘g‘uzning o‘zi ham hayron bo‘ldi. Har xolda, haykalning tarixiy haybati bunga sabab bo‘lgandi. Leninning mamlakat uzra yoyilgan soyasiga qaraganda kommunizm yana uzoq yashashi kerak edi.

***

Uchoq Boku havo maydoniga qo‘nib, to‘xtaganida trap yonida kutayotganlar guruxi ko‘rindi. Ahmad domla qo‘lida gul tutgan kalta bo‘yli, oq sochli odamni tanidi. Xuddi rasmlarda ko‘rgani kabi burni va ko‘zlari yirik edi. Axmadbey domla oyoq bosar-bosmas, uni kelib quchoqladi:

– Sen haklisan Axmad, — dedi u, — Yerevan degan joy bir zamonlar turkning Ravon xonligi edi. Ularga bir qarich ham tuproq bermaymiz.

Bu odam bilan Ahmad bey birinchi marta ko‘rishayotgan bo‘lsa-da, xo‘ddi uzoq yillardan beri bir-birini taniganday edilar. Bu professor Zamonov edi. U Ahmadning “Turk adabiyoti” jurnalida chiqqan bir maqolasini esladi. Keyin Ahmad xo‘ja Zamonovning 60-yillarda armanilarga qarshi Naxchivanda miting uyushtirganini so‘ylab berdi. Zamonov ismini eshitib, O‘g‘uz ham kulimsiradi. Zamonovning yuborgan kitoblari Otaturk kutubxonasida aloxida bir bo‘limni tashkil qilgandi.

– Axmad, — dedi Zamonov, , — men sening bu qadar yosh ekaningni bilmasdim, seni bir oqsoqol deb tasavvur qilgandim.

Ozariy turklarining shevasi iroq turklarinikiga juda o‘xshardi. Faqat ozariylarda “ayn” va “xo” tovushlari bo‘g‘izdan chiqmasdi. Yana bir farq shunda edi-ki, ozariy nutqi ancha ravon edi.

“Ozarbayjon” otelining yemakxonasida odam ko‘p edi. Balki 30-40 kishi bor edi. Har xil xo‘l quruq meva va ichkiliklar bilan dasturxon to‘lgandi. O‘g‘uz o‘tirishga joy axtarayotganida yonida bir sharpani sezdi. o‘girilib, tili tutilguday bo‘ldi, uni quchoqlab ko‘rishayotgan Gulnor edi.

– Qanday go‘zal tasodif! — dedi Gulnor.

O‘g‘uzning tili bazo‘r kalimaga keldi:

– Sen, — dedi u, — demak sen xam bu yerdasan, Gulnor!

– Ha, men ham shu yerdaman, endi kel, senga kursatay, yana kimlar kelgan, — deya O‘g‘uzning qo‘lidan ushlab sudradi qiz.

Muhammad Solih bilan Ahmad domla quyuq suhbatga ko‘milgandilar.

– Uzr, Axmadbey, — dedi Gulnor, keyin Muhammad Solihga yuzlanib: — Solih aka, mening yosh hamkasbim O‘g‘uz ham kelibdi, tanishing, — dedi.

– Hush kelibsan, O‘g‘uz, — dedi Muhammad Solih va yonidan O‘g‘uzga joy ochdi. Keyin yana suhbatida davom etdi.

Bu kecha ozariylarning og‘zidan bol tomardi. Shomil Aliev soqiy etib saylangandi. Uning ishi mehmonlarga shirin so‘zlar aytib, qadaq ko‘tartirish edi.

O‘g‘uz ozariylarning otashin notiqligi sirini angladi. Ziyofatlar ular uchun bir nutq darslari edi. Shomil Aliev ilk qadahni O‘rxon Shoik Go‘kyoy uchun ko‘tarib, uni “qo‘rqutchi”lar piri deya ulug‘ladi.

O‘g‘uz shuncha iltifotning bir yerga jamlanganidan xayratlandi. Ozariylar maqtovni “ta'riflama” deyishardi. Ta'riflamada maqtalayotgan odamning normal fazilatlari emas, eng ijobiy taraflari ko‘kka ko‘tarilishi lozim edi.

Ilk qadaq Go‘kyoy xo‘ja sharafiga ko‘tarilgani yaxshi bo‘ldi, domla go‘zal nutq so‘zladi. O‘rxon Nodiyning iltimosi bilan uzun bir she'r ham o‘qidi.

O‘g‘uz aslida Gulnor bilan gaplashishni istasa-da, ziyofat nutqlari, “ta'riflama”lar xam uni juda zavqlantirardi…

Turk hay'ati taklifi bilan soat 24-larda dengiz sohili bo‘yiga sayrga chiqishdi. Iliq shabada esardi. Hazor dengizi afsonaviy Qof tog‘ining orqasida yastangan edi. Sohilda odim otayotganlar asrlar osha ilk bor bir-birlariga yuraklarini taqdim etayotgandilar. 

1988 yil iyul oyida xazor dengizi o‘zining eng baxtli kechasini yashayotgandi. Istanbul va Toshkentdan kelgan shabada ta'sirida sekin to‘lkinlanardi, oq ko‘piklari bilan sohilda yurayotganlarni qarshilardi. Bu sohil sohil bo‘lgandan beri, bu maydon maydon bo‘lgandan beri shunday to‘lqinlangan yuraklarni ko‘rmagandi. Bu kecha fikrlar, hayollar, savdolar uchrashdi, bu kecha sochlar uchrashdi, tomchilar uchrashdi…

Siz turk yozuvchisi Axmad Beyjon Erjilasun qalamiga mansub Gulnor romani audiokitobining 12 qismini tingladingiz. Uni Qudrat Bobojon saslantirdi. Davomini Yutubdagi Eltuz kanalining kelgusi yoyinlarida kuzating.  

Tag‘in o‘qing
12 july 2017
Farg‘ona viloyatining barcha tumanlaridagi aksariyat maktablarning o‘qituvchilari baklashka (salqin ichimliklardan bo‘shagan yelim idish) yig‘ishga majburlanmoqda. «Bizning maktabimizga bir kunda ...
14 june 2016
Rasmiylar «ulkan yutuqlar, mislsiz muvaffaqiyatlar, buning natijasida tobora farovonlashib borayotgan hayotimiz» haqida ertak to‘qiyotgan bir paytda oddiy o‘zbek ayolining ...
2 june 2022
Rassom Tuzdan yangi karikatura eltuz.com
12 may 2022
Men ToshDUning jurnalistika fakultetiga 1982 yil o‘qishga kirgandim. Turkiston, ya'ni Markaziy Osiyo va Qozog‘iston hududidagi bu ilk universitetga 1918 ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...