Baxtiyor Isabek: Erk yo‘lida – 3 qism
SAYLOVLAR. 1991 YIL, DYeKABR
HDP (Kompartiya) dan nomzodi qo‘yilgan («nomzodi qo‘yilgan», deyishning o‘zi kulguli, chunki Karimov prezidentlik postini egallashga bir yildan oshgan edi), va saylovlar paytida ham u davlat boshlig‘i edi. Bu esa, bizning sharoitimizda juda muhim ahamiyat kasb etadi) I.Karimovga raqib sifatida «Erk» Demokratik partiyasi Muhammad Solihni prezi-dentlikka nomzod qilib ko‘rsatdi. «Erk» partiyasi kommunistik gigant bilan raqobatlashishi mumkin va zarur degan haqiqatni isbotlash uchun ham bu kurash bo‘lgan.

Saylov paytida kommunistlar qo‘llagan g‘irromlik turlari qolmadi. yuz minglab ortiqcha saylov qog‘ozlari ishlab chiqishdan tortib, ovoz berayotgan odamlarning qo‘liga ruchka qalam tutqazish, M.Solih haqida har xil bo‘htonlar tarqatishgacha bor-di. Ko‘pgina viloyat va tuman hokimlari o‘zlarining kursilari to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov natijala-ri bilan bog‘liq ekanligini yashirib ham o‘tirishmadi. Samarqanddagi saylovlar natijasi bilan tanishish uchun viloyat tumanlari hokimlari yig‘ilishganda, rahbarlarning biridan (xotin kishi) tumanida Karimov uchun qancha foiz ovoz «tayyorlangani»ni so‘rashgan ekan, xonim mag‘rurlanib: «100 foiz!» deb javob qaytargan va yonida turgan qo‘shnisidan «Sizning tu-manda-chi?» deb so‘ragan. «Qo‘shnisi 120 foiz bo‘ldi, deb hazillashsa, xonim bechora hungrab yig‘lab: «Nega meni ogohlantirmadinglar, endi men nima qilaman», degan ekan. Bu uylab chiqarilgan hikoya emas, bo‘lgan voqea. Hatto, kam ovoz «tashkil» qilgani uchun Karimovdan kechirim so‘ragan viloyat hokimlari ham bo‘lgan.
Ammo shuncha g‘irromliklarga qaramay, «Erk»ning nomzodi Muhammad Solih 12,7 foiz ovoz olgani rasman tan olindi. Bu 12,7 foiz – yashirilgan ulkan haqiqatning noilojlikdan yashirilmay qolgan kichik bir bo‘lagi ekanligini bilamiz.
Bu saylovda «Birlik» xalq harakati qanday yo‘l tutdi, degan savolga javobni rus tilida chiqadigan «Nezavisimыy yejenedelnik» gazetasida bosilgan maqola-dan javob topganlaymiz. Maqola avtori, «Bir-lik»ning rahbarlaridan biri bo‘lgan Abdumannop Po‘latov o‘z maqolasida shunday yozadi: «…Muhammad Solihni “millatchi” deyishadi, agar shunday bo‘lsa, yaxshisi, Islom Karimovning o‘zi prezident bo‘lib qolgani ma'qul. u har holda sinalgan odam…»
Garchand, «Erk» partiyasi nomzodiga bir tiyin ham pul ajratilmagan bo‘lsa ham, matbuot, radio-televidenie va boshqa axborot vositalari, reklama organlari faqat Karimov nomzodiga xizmat qilgan bo‘lsa ham, «Erk» bu saylovda ma'naviy g‘alaba qozondi.

V. 1992 YIL, 16 YaNVAR
1992 yil 16 yanvar kuni Toshkentdagi talabalar shaharchasida studentlar avjsiz to‘qnashdi. Kuturgan «OMON»chilarning qilgan vahshiyliklarini eslash og‘ir. Bu vahshiylar mitingga chiqqanlarni yakka tutish bilan tinchimasdan, yotoqxonalarga kirib, mitingga qatnashmagan talabalarni, o‘qituvchilarni qaramay, hammasini tekkilab kaltaklaganlar, oyna-eshiklarni sindirishgan, hatto yuqori qavatlarda yashaydiganlarni derazadan pastga uloqtirganlar.
Voqea kechqurun, non do‘koni oldida, uzundan-uzoq navbatda turgan talabalarning narxlarning oshishi va non sotib olish uchun ularning qo‘lida hatto qupon ham yo‘qligi tufayli uyg‘ongan norozilik kayfiyatidan boshlangan.
Miting boshlanishi arafasida talabalar shaharchasiga ko‘p ming sonli militsiya va «OMON» kuchlarini yetib keladi. Talabalar o‘z talablarini bahriq bayozotiga ega bo‘lgan yagona kishi — prezident Islom Karimov kelishini talab etib, boshqa rahbarlarning, jumladan, Sobir Rahimov tumani hokimi B.Kamolov va Oliy ta'lim vaziri Sh.Olimovning so‘zlariga quloq solish-dan bosh tortadi. Militsionerlarning «tarqalpnglar!» degan buyrug‘iga prezident I.Karimov bilan uchrashish talabi javob sifatida aytilgach, avtomat va to‘pponchalardan o‘q otish va to‘g‘ri kelgan talabani kaltaklash boshlangan (bu qirg‘inda qancha kishi halok bo‘lgani hozirgacha noma'lum. Aytishlaricha, 20 ga yaqin kishi o‘q tegib o‘lgan).
17 yanvar kuni ertalab EDP raisi M.Solih, partiya Markaziy Kengashi bosh kotibi A.A'zam va Markaziy Kengash kotibi A.Abdumavlonov fojia sodir bo‘lgan joyga keladilar. Maydonning to‘rt tomoni militsiya va «OMON»chilar bilan qurshalgan. Shu holatda talaba-lar bilan muloqot boshlanadi. Talabalar Toshkent shahar hokimi A.Fozilbekovning va respublika bosh prokurori B.Mustafoevlarning kelishini talab qila-dilar. Ular yetib kelishgach, asosli talablarni o‘rtaga qo‘yish, fikr almashish bila birga, provokatorlar-ning tosh otishlari ham boshlandi.
Talabalarning haqli talablarini (hibsga olingan-larni tezda ozod qilish, iqtisodiy ahvolni yaxshilash va h.k.) zudlik bilan amalga oshirish choralarini ko‘rish uchun hukumat komissiyasi tuzildi. EDP raisi M.Solih ham bu komissiya sostaviga saylanadi. Ammo, 12 fevral kuni komissiya tarkibidan chiqqanligini ma'lum qildi. Sababini so‘raganimizda, komissiyaning talabalar shaharchasida yuz bergan fojiaga siyosiy baho berolmagani, ustiga-ustak, aybni talabalarning o‘zlariga ag‘darishga urinish bo‘layotganligini aytdi.
17 yanvar kuni talabalar shaharchasidagi voqealar munosabati bilan «Erk» partiyasi Bayonot qabul qildi:
«ERK» DYeMOKRATIK PARTIYaSINING BAYoNOTI
Toshkentda 1992 yil 16 yanvar kuni qon to‘kildi. Narx-navo oshishiga norozilik bildirib, mitingga chiqqan talabalarga qarata o‘q uzildi. Yoshlar orasida halok bo‘lganlar va yaradorlar bor. Hokimiyat ta-abalar bilan muloqot qilmadi, kuch ishlatdi.
«Erk» partiyasi zudlik bilan siyosiy va iqtisodiy islohlar o‘tkazilishiga tarafdor. Ammo bu islohot bireqlara va aholi manfaatlariga zid bo‘lmasligi kerak. Faqat narx-navoni ko‘tarish yo‘li bilan iqtisodiy muammolarni hal qilib bo‘lmaydi. Talaba-lar shaharchasidagi voqealar buning isboti.
«ERK» DYeMOKRATIK PARTIYaSI TALAB QILADI:
1. Talabalar shaharchasida sodir etilgan qonli fojiaga O‘zbekiston respublikasi Oliy Kengashida siyosiy baho berilsin.
2. Hibsga olingan talaba-yoshlar zudlik bilan ozod qilinsin, ularning adolatli talablari qondirilsin va zuravonlik siyosatiga chek qo‘yilsin.
3. O‘z qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilayotgan talabalarni ta'qib qilish va hibsga olish to‘xtatilsin.
4. Talabalar shaharchasida sodir bo‘lgan voqealar bo‘yicha parlament taftishi o‘tkazilsin va talaba-larga qarshi o‘q uzishga buyruq berganlar qonun oldi-da javob bersin va jazolansin. «OMON»chilar ot-ryadlari tarqatilsin.
5. 16 yanvardan boshlab erkin narxlarga o‘tish mu-nosabati bilan, moddiy madadga muhtoj aholi qat-lamlarini (nafaqaxo‘rlar, talaba-yoshlar, o‘qituvchilar, tarbiyachilar, meditsina xodimlari va h.k.) ijtimoiy muhofaza qilish dasturi (agar bo‘lsa) tezda qayta ko‘rib chiqilsin.
6. Respublikadagi mavjud va vujudga keladigan barcha noroziliklar qon to‘kilmasdan tinch yo‘l bi-lan hal etilsin.
7. 16 yanvar kuni jumhuriyatda motam kuni, deb e'lon qilinsin.
«Erk» Demokratik partiyasi Boshqaruv hay'ati 1992 yil, 17 yanvar, Toshkent shahri
Biz talabalar shaharchasida yuz bergan voqealarga ko‘p o‘rin ajratib o‘tirmadik. «Erk» gazetining 1992 kelishini talab etib, boshka raxbarlarning, jumladan, Sobir Raximov tumani xokimi B.Kamolov va Oliy tatlim vaziri Sh.Olimovning suzlariga kulok solishdan bosh tortadi. Militsionerlarning «tarkalinglar!» degan buyrugiga prezident I.Karimov bilan uchrashish va tupponchalardan o‘q otish va to‘g‘ri kelgan talabani kaltaklash boshlangan (Bu kirginda kancha kishi xalok bulgani xozirgacha nomablum. Aytishlaricha, 20 ga yaqin kishi o‘q tegib o‘lgan).
17 yanvar kuni ertalab EDP raisi M.Solix, partiya Markaziy Kengashi bosh kotibi A.A'zam va Markaziy Kengash kotibi A.Abdumavlonovlar fojia sodir bulgan joyga keladilar. Maydonning to‘rt tomoni militsiya va «OMON»chilar bilan kurshalgan. Shu xolatda talaba-lar bilan mulokot boshlanadi. Talabalar Toshkent shahar xokimi A.Fozilbekovning va respublika bosh prokurori B.Mustafoevlarning kelishini talab qiladilar. Ular yetib kelishgach, asosli talablarni o‘rtaga qo‘yish, fikr almashish bilan birga, provokatorlarning tosh otishlari xam boshlanadi.
Talabalarning xakli talablarini (xibsga olinganlarni tezda ozod qilish, iqtisodiy ahvolni yaxshilash va x.k.) zudlik bilan amalga oshirish choralarini ko‘rish uchun xukumat komissiyasi tuzildi. EDP raisi M.Solix xam bu komissiya sostaviga saylanadi. Ammo, 12 fevral kuni komissiya tarkibidan chiqqanligini matlum kildi. Sababini suraganimizda, komissiyaning talabalar shaxarchasida yuz bergan fojiaga siyosiy baxo berolmagani, ustiga-ustak, aybni talabalarning uzlariga agdarishga urinish bulayotganini aytdi.
17 yanvar kuni talabalar shaxarchasidagi vokealar munosabati bilan «Erk» partiyasi Bayonot kabul kildi:
«ERK» DYeMOKRATIK PARTIYaSINING BAYoNOTI
Toshkentda 1992 yil 16 yanvar kuni kon tukildi.Narx-navo oshishiga norozilik bildirib, mitinga chikkan talabalarga karata uk uzildi. Yeshlar orasida halok bo‘lganlar va yaradorlar bor. Hokimiyat talabalar bilan muloqot qilmadi, kuch ishlatdi.
«Erk» partiyasi zudlik bilan siyosiy va iqtisodiy islohlar o‘tkazilishiga tarafdor. Ammo bu islohot birgalikda va aholi manfaatlariga zid bo‘lmasligi kerak. Faqat narx-navoni ko‘tarish yo‘li bilan iqtisodiy muammolarni hal qilib bo‘lmaydi. Talabalar shaharchasidagi voqealar buning isboti.
«ERK» DYeMOKRATIK PARTIYaSI TALAB QILADI:
1. Talabalar shaharchasida sodir etilgan qonli fojiaga O‘zbekiston respublikasi Oliy Kengashida siyosiy baho berilsin.
2. Hibsga olingan talaba-yoshlar zudlik bilan ozod qilinsin, ularning adolatli talablari qondirilsin va zuravonlik siyosatiga chek qo‘yilsin.
3. O‘z qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilayotgan talabalarni ta'qib qilish va hibsga olish to‘xtatilsin.
4. Talabalar shaharchasida sodir bo‘lgan voqealar bo‘yicha parlament taftishi o‘tkazilsin va talabalarga qarshi o‘q uzishga buyruq berganlar qonun oldida javob bersin va jazolansin. **«OMON»**chilar otryadlari tarqatilsin.
5. 16 yanvardan boshlab erkin narxlarga o‘tish munosabati bilan, moddiy madadga muhtoj aholi qatlamlarini (nafaqaxo‘rlar, talaba-yoshlar, o‘qituvchilar, tarbiyachilar, meditsina xodimlari va h.k.) ijtimoiy muhofaza qilish dasturi (agar bo‘lsa) tezda qayta ko‘rib chiqilsin.
6. Respublikada mavjud va vujudga keladigan barcha noroziliklar qon to‘kilmasdan tinch yo‘l bilan hal etilsin.
7. 19 yanvar kuni jumhuriyatda motam kuni, deb e'lon qilinsin.
«ERK» Demokratik partiyasi Boshqaruv hay'ati 1992 yil, 17 yanvar, Toshkent shahri
Biz talabalar shaharchasida yuz bergan voqealarga ko‘p o‘rin ajratib o‘tirmadik. «Erk» gazetasini 1992 yil 2, 3, 4-sonlarida bu voqealar har tomonlama, keng yoritilgan.
VI. FORUM
O‘ZBYeKISTON DYeMOKRATIK KUChLARI FORUMI TA'SIS MAJLISI
1992 yil, 28 mart kuni «Erk» Demokratik partiyasi tashabbusi bilan, birinchi marta, Toshkentda respublikadagi partiya va xalq harakatlari hamda norasmiy siyosiy jamoat tashkilotlari vakillariningyig‘ini bo‘ldi.
Olim, yozuvchilar bilan bir qatorda, O‘zbekiston xalq deputatlari Shukrullo Mirsaidov, Toyiba To‘laganova, Samandar Qo‘qonov, Imom Fayzi, Nasrullo Said, Jahongir Mamatovlar ham ishtirok etishdi.
Kun tartibidagi birinchi masala – respublikadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat va istiqbol mavzusida «Erk» Demokratik partiyasi raisi Muhammad Solih;
ikkinchi masala – iqtisodiy bo‘hrondan chiqish yo‘llari haqida iqtisod fanlari doktori, professor Ahmadjon Shokirov;
uchinchi masala – «O‘zbekiston istiqbollari» dasturini yaratish va shu maqsadda hamkorlik va milliy birdamlik kengashini tuzish haqida Noosfera instituti prezidenti Zohid Isroilov ma'ruza qildilar.
