UzPoster
29 december 2025

Jirmiz – Dunyo pornografiyasining bir kunlik poytaxti

Dunëdagi eng birinchi kasb g‘arlik, ikkinchisi esa jurnalistlik deyiladi. Qadim zamonda bir xotin qo‘tosni soni evaziga erkaklarni g‘orga apkirib berib yurgan. Yana bittasi esa bu g‘arlik haqida butun qabilaga ma'lum qilgan. Chunki qo‘tosdan baraka ketgandi. O‘sha g‘arlik xabarini bergan odam eng birinchi jurnalist hisoblanadi…. 

Kirish so‘zi edi bu.

Xorazmning Xonqa degan tumani bor. Ne ne allomalar o‘tkan yurt. Hatto Matchon Suqilish ham shu yurtdan chiqqan.

 O‘sha Xonqa tumanida Jirmiz qishlog‘i bor. Shu qishloq yangiliklarini ëritib turish uchun «Katta Jirmiz e'lonlari» degan telegramm kanal ochildi. “Olaman, sotaman, palonchini tug‘ilgan kuni” degan ëzuvlar o‘tib turadigan lenta. 

Ammo 2024 yilning sentyabr oyida bu telegramm kanalining a'zolari astronomik tezlikda ko‘payib  boshladi. Jirmizlaikardan tashqari Amudaryo, Madir, Navxos, Namuna, Olaja, Sarapoyon, Tomadurg‘odik, Qirqyop, Qoraqosh axolisi ham ishini kuchini qo‘yib shu kanalga ëpishdi qoldi. 

Ertasi ertalab darëning narigi betidagi To‘rtko‘l, Shobboz aholisi ham to‘la sostavda shu telegramm kanalga obuna bo‘ldi. Sal o‘tib Urganchning Nadmes, Gurlan yo‘li, Raytsentr orvop, Oëq do‘rman va Chakkasholikar qishlog‘i aholisi ham, ilonga rom bo‘lgan maymunday, shu telegram kanalga qaraganicha qotdi qoldi. Nima ko‘rsataëtan edi bu kanal? 

Nima ko‘rsataëtgani Xonqa tuman IIB Shakl 1 kitobiga 6630 raqam bilan ëzib qo‘yilgan. Rasmiy qayd qilingan ma'lumotga ko‘ra, Katta Jirmiz elonlari telegram kanalida Jirmiz qishlog‘idagi 31 bog‘cha direktori bo‘lib ishlaydigan Ko‘pal akani qiziga o‘xshash qip toyloq xotin bilan yana bir jirmizlik yalang‘och erkakning har xil pozalarda aashincha jinsiy aloqa qilgani aks etgan.

Shundan keyin 31 bog‘cha direktori «o‘z nomusi TG kanalda toptalgani» borasida IIBga ariza beradi va IIB, keyinchalik sud ham jinoyat ishi ochilishini rad qiladi.

Chunki sud med ekspertizaning 1377 sonli xulosasida videoning montaj emasligi va videoda aynan boqcha direktori tasvirlanganligini aniqlaydi.

Rassom Tuz ham ko‘rgan bu videoda boqcha opaning o‘zi o‘zini va seks partnerini orgazmdan keyin videoga olib «mena sizlargga isbot, palonchi faqat men bilan baxtli. Ko‘rib qo‘yinglar va bo‘qqimni yenglar,» degan. 

Ya'ni o‘zini tasvirini o‘zi qo‘yish holatida jinoyat alomati topilmaydi. 

Video 8 mart kuni olingan bo‘lib insoniyat qanday ko‘payishi haqida biologik instruktsiya vazifasini ham bajara oladi¸ 

Bu opobiyi ushbu porno skandal ortidan bog‘chadan bo‘shaydi, ammo sud qarori bilan yana ishga tiklanadi.

Kattaa Jirmiz yangliklari TG kanali esa Durov ta'birida bir kunda astronomik darajada ko‘p ko‘rilgan va yulduz kabi bir yaraqlab so‘ngan nashr o‘laroq porno matbuot tarixiga oltin harflar bilan ëzildi.

Bo‘lgan gap shu.

Tag‘in o‘qing
22 september 2020
Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Muhiddin Jo‘raev Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb ...
8 june 2024
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar  Yashnobod tumani sudi hukmi bilan bloger va «Ezgulik» inson huquqlarini himoya qilish jamiyatining faoli ...
2 april 2023
1918 yilning 2 aprelida Turkistondagi qozoq milliy ozodlik harakati bo‘lgan «Alash o‘rda» partiyasi yetakchilari o‘sha davrda SSSR rahbarlari bo‘lgan ...
26 december 2025
21 dekabr kuni Uchtepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori, 25 yoshli Hammadullaev Xudoyor Baxtiyor o‘g‘lining o‘zini osgani haqida Eltuz ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...