UzPoster
13 january 2026

Denovda 11-sinf o‘quvchisi 9-sinfda o‘quvchi qizni zo‘rlab qo‘ydi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida joylashgan 64-sonli umumta'lim maktabida 11-sinf o‘quvchisi B.S. shu maktabning 9-sinf o‘quvchisi, N. Sh.ni zo‘rlab jinsiy aloqa qilgan.

Mazkur holat O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq o‘ta og‘ir jinoyat turkumiga kiradi. Jinoyat haqida maktab rahbariyati xabardor bo‘lgan va bu bo‘yicha ichki ishlar organlariga murojaat qilingan.

Biroq hozirga qadar ushbu voqea yuzasidan jamoatchilikka rasmiy va to‘liq ma'lumot taqdim etilmagan. Bu esa tergov jarayonining borishi, uning ochiqligi va xolisligi masalalari bo‘yicha savollarni keltirib chiqarmoqda.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv va protsessual harakatlar olib borilmoqda. Jabrlanuvchi va gumonlanuvchi shaxslar voyaga yetmaganligi sababli, ish tafsilotlari cheklangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda.

Ayni paytda mazkur maktabda ta'lim olayotgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari orasida xavotir saqlanib qolmoqda.

Tag‘in o‘qing
26 may 2018
Feysbuk tarmog‘ida Haqiqat ko‘chasi tugagan joydagi yo‘l belgisi mashhur bo‘ldi. Aftidan selfida Toshkent viloyatining, Yangibozor tumanidagi poytaxtga ketadigan yo‘l ...
26 september 2015
Bundan ilgari Eltuz Inson huquqlari Alyansi yetakchisi Yelena Urlaeva bilan mustaqil jurnalist Malohat Eshonqulovaning Guliston shahrida ikki nafar ichki ...
28 march 2019
AQSh Mehnat departamenti o‘zbek paxtasini sotib olinmasligi kerak bo‘lgan tovarlar ro‘yxatidan chiqardi. Bu AQSh o‘zbek paxtasini yetishtirishda bolalar mehnati ...
25 february 2019
«O‘tgan ikki yil mobaynida O‘zbekiston siyosiy elitasining tashqi ko‘rinishi o‘zgardi. Elita avvalgidan ochiqroq, aholi bilan yangi aloqalar o‘rnatishga tayyor, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...