UzPoster
17 january 2026

O‘zini kasalga solgan kino kattasining rostdanam mazasi qochdi

Kinematografiya agentligini komissiya bosdi. Tekshiruv shamolini sezgan kino boshliq Shuhrat Rizaev kasallik varaqasi ochdirib 1 go‘rbanisaga yotib olgan edi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, bu Rizaevning boshqaruv uslubi – KRU tekshirsa ham,  mehnat inspektsiyasi kelsa ham banisaga yotib oladi. 

Agentlikdagi insayderlar ta'kidlashicha, hozir O‘zbekfilm direktori Bahodir Muhammedov Agentlikka o‘tish payida bo‘lmoqda.  Muhammedov Prezident akademiyasini bitirgan, Prezident Administratsiyada ishlagan, kino kuratori bo‘lgan va MTRK raisi Abdurashid Jo‘raboevnining shogirdi deb bilinadi.

«Bahodir Muhammedov O‘zbekfilm va Panorama bo‘yicha tergovchiga barcha kartalarni ochgan. Asosiy leviylar O‘zbekfilmda va Panoramada. O‘zbekfilmda s'yomkalardan (kino, klip, teleko‘rsatuvlar, reklama), Panoramada kontsert biletlaridan mo‘may daromad qilish mumkin» – deydi tizimdagi bilgichlar.

Xullas, tekshiruv payti Shuhrat Rizaev yana eski fintni qo‘llab banisaga yotib olgan. Biroq xabarlar yoyilib, 25 million yevro talon-toroj haqidagi Eltuz maqolasi tinch osmonda momaqaldiroq kabi gumbirlagach Shuhrat Rizaevning rostan mazasi qochdi. Kechki payt o‘sha Karimov o‘lgan xo‘kumat banisasidan chiqib bir-ikki marta ishxonaga ham kelgan Rizaev to‘satdan g‘oyib bo‘ldi. 

Hozir Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi huzuridagi kardioxirurgiya bo‘limida Shuhrat Rizaevga yurak operatsiyasi o‘tkazilmoqda. Ana ketti, mana ketti bo‘p yotibdi.

Tag‘in o‘qing
14 february 2022
Bu hikoya Qoraqalpog‘istondagi turkman qishlog‘ida tug‘ilgan jamoatchilik faoli va bloger Jumasafar Dadaboev haqida. 2016 yilda, hali u jamoatchilik faoliyati ...
5 april 2019
Joriy yilning 8 fevralida ishdan olinib, ustidan jinoyat ishi ochilgan DXX sobiq raisi Ixtiër Abdullaev 4 aprel kuni uy ...
8 january 2026
20 mingga yaqin  noqonuniy yo‘llar bilan umraga yuborib anjanchasiga kiydirgan 13 aprs din tujjori qamag‘da. 42 yashar anjanlik xotin  ...
12 november 2019
«Bizlarni Toshkentga chaqirsa, bilingki, faqat MVD podvaliga olib kelishadi. “Erk”ni batamom yo‘q qilishni kreslodagi qo‘tir eshshak ukasi Zokir qo‘tirga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...