Dayjest
28 january 2016

Lolaning niyati, “ovga chiqqan” kamolotchilar va odam yoqqan do‘kondor

Prezidentlikni xohlamasangiz, birinchi xonimlikka nima deysiz?

Sputnik internet nashri O‘zbekiston prezidentining kenja qizi Lola Karimova Instagram dagi rasmiy sahifasida kelajakda davlat rahbari bo‘lish niyati yo‘qligini ma'lum qilgani haqida yozdi.

Aytilishicha, Lola davlat boshqaruv organlarida faoliyat yuritishni, davlat arbobi bo‘lishni xohlamaydi.

Lola Karimova so‘nggi vaqtlarda internetda eri Timur Tillaevning ba'zi guruhlar tomonidan O‘zbekiston prezidenti lavozimiga tayyorlanayotgani to‘g‘risidagi mish-mishlarga, demakki o‘zining mamlakatning birinchi xonimi bo‘lishga munosabatini ochiqlamagan.

TIVning “tezkor”ligiga kulasizmi, kuyasizmi?

“Jahon” axborot agentligi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining KXDRda navbatdagi yadro sinovlari o‘tkazilgani rasmiy Toshkentda tashvish bilan qabul qilingani haqidagi bayonotini tarqatdi.

Unda aytilishicha, O‘zbekiston “Pxenyanni keskinlik kuchayishiga olib boradigan hamda mintaqadagi va umuman, dunyodagi xavfsizlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahlika hisoblanadigan buzg‘unchilik harakatlarini to‘xtatishga chaqiradi”.

KXDR vodorod bombasini sinovdan o‘tkazganini shu yilning 6 yanvarida e'lon qilganini, dunyoning aksariyat davlatlari bunga munosabatini bir-ikki kun ichida bildirganini hisobga olsak, O‘zbekiston TIVning “kuchukning keyingi oyog‘i” bo‘lishini qanday baholaysiz?

Muxolifatchilik kayfiyati dahshatli hodisami?

“Hurriyat” gazetasi yana ijtimoiy tarmoqlar va “ommaviy madaniyat” vahimasi mavzusini ko‘taradi.

“Telegramm, Odnoklassniki, Tvittir, Vkontakte, Whats up, Facebook, Viber va boshqa ijtimoiy tarmoqlar…dan diniy aqidaparastlik, muxolifatchilik kayfiyati, axloqiy buzuqliklarning juda yorqin talqin etilayotgani dahshatli hodisadir”, deya xulosa qiladi gazeta.
“Internet ham bugun nomi tez-tez tilga olinayotgan madaniyatsizlikning, “ommaviy madaniyat”ning bir bo‘lagidir”, deydi gazeta.

“Kamolotchilar” ovga chiqadi

Sputnik internet nashrining bildirishicha, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati voyaga yetmaganlarning dars vaqtlarida va tungi vaqtlarda internet kafelarda bo‘lishi oldini olish uchun maxsus guruhlar tashkil etgan. Bu guruhlar tizimli ravishda reydlar uyushtiradi.
“Biz u yerda nafaqat dars qoldirayotgan o‘quvchilar borligini, balki kompyuterlarda nimalar saqlanayotganini ham tekshiramiz”, degan yoshlar tashkiloti vakili.

O‘zA yolg‘onni oshkor qilib qo‘ydimi?

So‘nggi kunlarda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA mamlakat viloyatlarida yil yakunlariga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishlari haqida xabarlar tarqatyapti.

Namanganda o‘tgan shunday yig‘ilish to‘g‘risidagi xabarda viloyatda qo‘lga kiritilgan son-sanoqsiz muvaffaqiyatlar qatorida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi ham 14 foiz o‘sgani aytiladi.

Keyingi o‘rinlarda agentlik viloyatdagi yirik korxonalarning 30 foizida sanoat ishlab chiqarishida pasayish kuzatilganini yozadi. Birgina Namangan shahridagi 7 korxonada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 24 milliard so‘mga kamaygan. Bunday holat Norin, Pop, Chortoq, Chust tumanlarida ham qayd etilgan.

Agar shu gap rost bo‘lsa, yalpi hududiy mahsulotda sanoat ishlab chiqarish hajmi 14 foiz o‘sgani yolg‘on bo‘lib chiqmaydimi? Chunki eng yirik, demakki asosiy ishlab chiqaruvchi korxonalar tuzuk ishlamayotgan bo‘lsa, o‘sish qaerdan bo‘lsin!?
Agentlik boshqa viloyatlardagi faollar yig‘ilishlari haqidagi xabarlarida yana hushyorlikni qo‘lga olib, yuqoridagi kabi raqamlardan qochadi va “yo‘l qo‘yilgan ba'zi kamchiliklar” bilan cheklanadi.

300 ming so‘m uchun odam yoqqan do‘kondor

“Huquq” gazetasining yozishicha, Samarqand viloyatining Ishtixon tumanilik do‘kondor o‘z do‘konidagi savdodan tushgan 300 ming so‘m yo‘qolgani uchun qotillikka qo‘l urgan. U bu ishda o‘zi gumonlagan shaxsni uyidan chaqirib olib, avval rosa kaltaklagan. Gumonlanuvchi o‘g‘irlikni bo‘yniga olmaganidan keyin uni daraxtga bog‘lab, tagiga o‘tin taxlagan va yoqib yuborgan. Jarblanuvchi shifoxonaga olib borilgandan so‘ng kuyish natijasida olgan jarohatlardan vafot etgan. Qotil 18 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Yeltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 september 2019
Qoraqalpog‘iston IIV tergov boshqarmasi mahalliy huquq faoli Azimboy Otaniyozov, shuningdek, uning qizi va ayolini 7 sentyabr kuni shoir Mahmud ...
18 june 2018
O‘zbekiston kuchishlatar tizimlari delegatsiyasi 4-8 iyun kunlari Pekinda maxsus seminarda qatnashdi. Xitoy poytaxtida “Pul va moddiy o‘tkazmalardan noqonuniy foydalanish” ...
1 september 2022
Ko‘plab shov-shuvli ishlarda advokatlik qilgan huquqshunos Umid Davlatov 1 sentyabr kuni 42 ëshida Toshkentdagi kasalxonada olamdan o‘tdi. Yurak qon-tomir ...
24 june 2018
Rossiyalik futbol sharhlovchisi Vasiliy Utkin Argentina-Xorvatiya o‘yini paytida xalqaro nufuzi baland bo‘lgan o‘zbekistonlik referi Ravshan Ermatovni «eshakning o‘g‘li» deya ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...