UzPoster
12 december 2025

O‘zbekistonda odamsimon robotlar ishlab chiqariladi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya hamkorligida  mamlakatda gumanoid (odamsimon) robotlar ishlab chiqarish yo‘lga qoyilishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston-Koreya biznes davra suhbati davomida vazirlik vakillari Janubiy Koreyaning ROBOTIS kompaniyasi vakillari bilan birgalikda tegishli kelishuvni imzoladi. Qayd etilishicha, xorijiy kompaniya robototexnika sohasidagi yirik o‘yinchi bo‘lib, o‘zining gumanoid va ta'lim robotlari, shuningdek, intellektual aktuatorlari bilan mashhur.

Hujjat O‘zbekistonda gumanoid robotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, texnologik va ishlab chiqarish bazasini yaratish, yangi soha uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashni nazarda tutadi. Idoraning ta'kidlashicha, ROBOTISning robotlarni yaratish va tijoratlashtirish bo‘yicha ko‘p yillik tajribasi O‘zbekiston uchun o‘z yuqori texnologiyalar sanoatini jadal rivojlantirish imkoniyatini ochadi.

Hamkorlik memorandumi iqtisodiy sheriklikni chuqurlashtirish va mamlakatning innovatsiyalar sohasidagi mavqeini mustahkamlashda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda. 

Ushbu robotlar inson o‘rniga jismoniy ishlarni qila oladi. Yuk tashiydi, buyurtma xizmatlarini  bajaradi. Inson omili borishi mumkin bo‘lmagan, portlash xavfi bor joylarga boradi. Qutqaruv ishlari va boshqa xavfli vazifalarni bajaradi. Inson bilan tabiiy muloqot qila oladi. Xizmat ko‘rsatadi, yo‘l ko‘rsatadi, bino yoki majmualar bilan gid singari tanishtiradi.

Avvalroq O‘zbekistonda xalqaro raqamli texnologiyalar markazi paydo bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Tashkilot sohaga keng ko‘lamli investitsiyalarni jalb qilish bilan shug‘ullanishni maqsad qilgan.

Tag‘in o‘qing
13 september 2016
Ertalabdan machit ostonasidan bolalarni haydash boshlandi. Imom ham sobiq prezidentni avliyo darajasiga olib chiqib qo‘ydi. Televizor, radio va gazetalar ...
14 april 2016
«Huquq olami»da gazetasida e'lon qilingan intervyusida taniqli rejissyor Zulfiqor Musoqov «o‘zbek kinosining, aniqrog‘i, «O‘zbekfilm»da ishlangan ko‘pgina asarlarning hozirgi ahvolini… ...
17 august 2016
Rassom: Tuz Eltuz.com
6 august 2019
O‘zbekiston prezidenti keyingi 17 yil mobaynida ilk bor ta'tilga chiqdi. Prezident matbuot xizmati Shavkat Mirziyoevning 5 avgustdan qisqa muddatli ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...