• Illyustrativ surat
Dayjest
15 january 2026

Fohishaning 50 000 so‘mi davlat hisobiga undirildi

24 yoshli g‘ijduvonlik D. A Shofirkon tuman “Mingchinor” MFY hududining cho‘l hududi dalalarida fuqaro O.I va B.B bilan 50.000 so‘m pul evaziga jinsiy aloqa qilganligi aniqlanib, ushbu holat IIB xodimlari tomonidan rasmiylashtirildi. 

D.A xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma'muriy jazo choralari qo‘llangandan keyin bir yil davomida takror shu jinoyat bilan qo‘lga olingani ma'lum bo‘ldi. 

Shofirkon sudi D.Aga ma'muriy huquqbuzarlik MJtKning 190-moddasi 2-qismi bilan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 33-moddasini qo‘llab, u ayblanayotgan modda sanktsiyasida nazarda tutilgan jarima jazosining eng kam qismidan ham kamroq miqdorda jarima, ya'ni bazaviy hisoblash miqdorining 3 (uch) baravari 1.236.000 (bir million ikki yuz o‘ttiz olti ming) so‘m miqdorida jarima jazosi qo‘llanishni lozim topdi. 

Shuningdek, sud ish bo‘yicha ashyoviy dalil sifatida olinib “Ipoteka-Bank ATIB” Buxoro viloyat filialida saqlanayotgan 50.000 so‘m pulni davlat daromadiga musodara qildi. 

Shunday qilib, D.A o‘lib-tirilib ikki mijozning ko‘nglini olgani evaziga ishlab topgan “peshona teri”dan ajralib qoldi.

Tag‘in o‘qing
1 december 2021
Taniqli huquq faoli Umida Niëzova rahbarligidagi Cotton Campaign koalitsiyasi delegatsiyasi 1 dekabr kuni O‘zbekistonga keldi. Ular bir hafta mobaynida O‘zbekiston ...
4 august 2021
“The Diplomat” nashri 2 avgust kuni Rossiya va O‘zbekiston qo‘shinlari Afg‘oniston chegarasiga yaqin hududda qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarini boshlagani haqida ...
17 july 2024
«Vaqf» xayriya jamoat fondining xayriya ishlari bo‘yicha direktori Sardor Rahimxon (hujjatda Sanjar Rahimov) ehson ilinjida spektakl uyushtirgani xabar qilinmoqda. ...
9 april 2019
Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanidagi barcha tashkilot va korxona xodimlari 5 aprel kuni prezidentning Farg‘ona viloyatiga tashrifi kutilayotgani bois ommaviy ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...