Asosiy mavzular
26 march 2023

26 mart referendumi – Karimovning ilk siyosiy nayrangi

O‘zbekistonda 1995 yilning martida prezident vakolatini uzaytirish uchun referendum o‘tkazilgan edi.

Islom Karimovning prezidentlik vakolatini 2000 yilga qadar uzaytirgan bu referendum kunlaridagi siësiy kayfiyatni o‘sha davr rasmiy matbuotidan izlaymiz.

Qo‘limizda referendum kunlari chop qilingan va karimovparast chaqiriqlar bilan to‘la “Xalq so‘zi” va “Narodnoe slovo” gazetalari.

“Xalq so‘zi” gazetasining 25 martdagi soni “Ertaga umumxalq referendumi kuni” degan sarlavhani manjetga chiqargan.

Gazetaning ilk sahifasida italiyalik diplomat Karlo Ungaro (Carlo Ungaro) tilidan “O‘z vaqtida o‘tkazilaëtgan muhim tadbir” degan “maqola” e'lon qilingan.

Ayni sahifada Karimovni “Tinchlik va osoyishtalik kafolati” deb atagan tojikistonlikning maktubi e'lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 1995 yilda Tojikiston O‘zbekiston hukumati uchun odamlarni qo‘rqitadigan va yashashidan shukr qilishga chorlaydigan “o‘rnak” davlat edi.

Bugungi matbuot o‘zbeklarni Suriya bilan qo‘rqitsa, o‘sha payt matbuoti Tojikiston bilan qo‘rqitgan.

Ayni sahifada referendum vositasida lavozimdagi umri uzaytirilaëtgan Islom Karimov sha'niga maqtovlar ëg‘dirilgan maqolalar o‘rin olgan.

“Porloq kelajak sari”, “To‘la qo‘llab-quvvatlaymiz” kabi maqolalar ritorika va madhiyabozlik namunasi kabi tuyuladi.

Gazetada o‘sha paytda o‘zbek parlamenti spikeri bo‘lgan Erkin Xalilovning Madridga safari haqida ham bilgi berilgan.

Ayni gazetaning 23 martdagi sonida esa umumxalq referendumidagi ovoz berish varaqasining namunasi keltirilgan.

Varaqada “Siz O‘zbekiston prezidenti vakolatlarini 1997 yildan 2000 yilga qadar uzaytirishga rozimisiz?” degan savol qo‘yilgan. Tartibga ko‘ra, bu varaqaga qalam tekizmay qutiga tashlansa, rozilik alomati bo‘lardi.

Norozilar bu matnni o‘chirib tashlashlari talab qilingan.

O‘sha paytda muxolifatning Turkiyada nashr qilingan “Erk” gazetasida ëzilishicha, saylov xonalaridagi ruchkalarning ichidagi zapasi olib qo‘yilgan ekan. Byulleten ustini chizganlar huquqbuzar sifatida militsiya suhbatiga olib ketilgan.

Yana gazetalarga qaytamiz. “Xalq so‘zi”ning 24 mart sonida keleslik maktab direktori Xalilovning rasmi referendumda Karimov targ‘ibotchisi sifatida taqdim qilingan.

Ayni sahifada Karimovga bag‘ishlangan “Kelajagimizning ishonchli kafolati” sarlavhali kattagina maqola chop qilingan. Gazeta mualliflari referendumni “Demokratiyaning oliy mahsuli”, deya tariflashgan.

Referendum o‘tib bo‘lganidan keyin 28 mart kuni chop qilingan “Xalq so‘zi” Karimovning fotosini chop qilib, “El ishonchi – oliy mukofot” sarlavhasini manjetga chiqargan.

Gazetaning ichki sahifasidan esa referendumning “zo‘r uyushqoqlik bilan o‘tgani” haqidagi lavhalar yelpig‘ichi o‘rin olgan.

Rus tilidagi “Narodnoe slovo” gazetasi “Narod skazal svoe slovo” sarlavhasi ostida referendumni maqtovchi maqolani e'lon qilgan.

1995 yil 26 martida o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga muvofiq, Karimovning prezidentlik vakolatlari 2000 yilgacha uzaytirildi.

Shundan beri o‘tgan va muqobil saylov ekani iddao qilingan prezident saylovlarida Karimov yana osonlik bilan o‘z kursisida qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Xalqaro kuzatuvchilar bu saylovlarning birontasi ham erkin va demokratik bo‘lmaganini aytishadi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 90-moddasiga muvofiq, bir shaxs prezident lavozimiga ikki martadan ortiq saylanishi mumkin emas.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 october 2021
Markaziy saylov komissiyasi 25 oktyabr kuni prezident saylovi natijalari to‘g‘risida bayonot berdi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, saylovda O‘zbekistonning amaldagi prezidenti ...
18 march 2022
Mana yana xafta aylanib, siz bilan yuzma yuzman. Bu xafta ichida butun  taraqqiyparvar dunë Rossiya bosqiniga qarshi mardonavor kurashib ...
8 january 2026
O‘zbekiston hukumati Xorazm viloyatining Tuproqqal'a tumanida joylashgan “Ro‘ziboy” suv ombori sig‘imini oshirish rejasini ilgari surmoqda. Ushbu tashabbus O‘zbekiston Prezidentining ...
19 april 2023
Hammasi 2022 yil yanvarida Camarqandning Pastdarg‘omida 33 yoshli kam ta'minlangan erkak 31 yoshli ayol uyiga dori olib borgan kundan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...