ART-DURBIN
1 november 2016

Avtobus bekatidagi Luvr

2002 yilda kanadalik o‘spirin Kristofer Xervig (Christopher Herwig) sobiq sovet respublikalaridan o‘tadigan velosiped poygasida qatnashganida ilk bora sovet rassomi ijodiga oid avtobus bekatini ko‘rib hayratdan dong qotgan edi.

Keyinchalik Xervig bu bekat o‘zi uchun huddi Luvrdagi Mona Liza asari kabi tuyulganini ëzgandi.

Sobiq sovet imperiyasi bo‘ylab 30 ming kilometr yo‘l bosgan Xervig sovet rassom va me'morlari tarafidan unikal san'at asari o‘laroq yaratilgan yuzlab bekatlarni suratga oldi.

O‘z yurti Kanadaning zerikarli shisha kublar tarzidagi bekatlari bilan solishtirgan Xervig sobiq sovet avtobus turoqlarini “kichik arxitekturaning fantastik shedevrlari” deya atadi.

Bekatlar hayroniga aylangan Xervig obektiviga O‘zbekistonning Termiz shahridagi avtobus bekati ham muxrlandi.

Bu rasmlarni kitob xolida chop qilgan Xervig nazarida bu bekatlar “Zamonaviy san'at va klinik telbalik o‘rtasidagi nozik balansdir”.

Sobiq sovet bekatlari mufattishiga 12 yilini bag‘ishlagan Xervig pirovardida suratchi sifatida ot qozondi va CNN, National Geographic kabi unli shirkatlar hamkori bo‘ldi.

Shu kunlarda fotograf Suriyada urush reportajlari tushirish bilan band.

Kristofer Xervig Markaziy Osiëning bilgichlaridan biridir.
Markaziy Osië respublikalarida uzoq vaqt ishlagan Xervigning bu mamlakatlarda tushirgan rasmlari ziyrak nigoh va mehr bilan sug‘orilgan.

Xervig muammolarni ishoratlar bilangina aks ettiradi va bu rasmlar nafis yumorga to‘la.

Shu bois Xervig olgan suratlar tomoshabinni hurkitmaydi, tomoshabin uning mexribon nigohini baham ko‘radi.

Eltuz o‘quvchilariga taniqli fotoreporterning Markaziy Osiëda tortgan suratlarini taqdim qilamiz.

Tomoshangiz ëqimli bo‘lsin.

Video: https://youtu.be/BSSC6bnoQrA

TASHKENT, UZBEKISTAN - MARCH, 2005: Street sweepers clear the snow infront of Independence Square where the largest Lenin statue in the USSR has been replaced with a brass globe with an oversized map of Uzbekistan on it.(Photo by Christopher Herwig)
Toshkent, O‘zbekiston – 2005 yil, mart. Farroshlar bekat atrofidagi qorni tozalashmoqda, orqada SSSRdagi eng katta Lenin haykali o‘rniga o‘rnatilgan mis yer kurrasi va unda aks etgan O‘zbekiston haritasi (Foto Kristofer Hervig)
NUKUS, KARAKALPAKSTAN, UZBEKISTAN - MARCH, 2005: Mural on the side of a building depicting various types of Uzbke military men. Nukus is the capital of the Uzbek republic of Karakalpakstan.  Karakalpakstan occupies the western end of the country and is home to the Karakalpakstans (Black Hat people).  (Photo by Christopher Herwig)
Nukus, Qoraqalpog‘iston, O‘zbekiston – 2005 yil, mart. Bino devoriga chizilgan, turli tipdagi o‘zbek harbiylari aks etgan rasm. Nukus O‘zbekistonga qarashli Qoraqalpog‘iston respublikasi poytaxtidir. (Foto Kristofer Hervig)
NUKUS, KARAKALPAKSTAN, UZBEKISTAN - MARCH, 2005:Walkways in a central square in Nukus.  Nukus is the capital of the Uzbek republic of Karakalpakstan.  Karakalpakstan occupies the western end of the country and is home to the Karakalpakstans(Black Hat people).  (Photo by Christopher Herwig)
Nukus, Qoraqalpog‘iston, O‘zbekiston – 2005 yil, mart. Nukus markaziy maydoniga olib boradigan so‘qmoqlar. (Foto Kristofer Hervig)
MAGHILAN, UZBEKISTAN - APRIL, 2004:   Yodgorlik Silk Factory in Margilan.  (Photo by Christopher Herwig)
Marg‘ilon, O‘zbekiston – 2005 yil, aprel. Marg‘ilondagi “Yodgorlik” ipak sexi (Foto Kristofer Hervig)
BUKHARA, UZBEKISTAN - APRIL, 2004:    Newpaper stand in Bukhara.(Photo by Christopher Herwig)
Buxoro, O‘zbekiston – 2004 yil, aprel. Buxorodagi gazetalar do‘koni (Foto Kristofer Hervig)
SAMARKAND, UZBEKISTAN - MARCH, 2005: One of the many streetsweepers up with the sun to clean the city.  (Photo by Christopher Herwig)
Samarqand, O‘zbekistan – 2005 yil, mart. Ko‘plab farroshlarning biri quyosh aks etgan maydonni supurmoqda. (Foto Kristofer Hervig)
ASHGABAT, TURKMENISTAN - APRIL, 2005:  Large public photo of the Turkmenbashi. Evidence of the over the top personality cult of the President Niyazov, who calls himself the Turkmenbashi the Great - Leader of the Turkmen can be seen all over Turkmenistan.(Photo by Christopher Herwig)
Ashhobod, Turkmanistan -2005 yil, aprel. Turkmanboshining ulkan siyosiy surati. O‘zini Buyuk Turkmanboshi deya sanagan prezident Niyozov shaxsiga sig‘inishning eng oliy ko‘rinishi. Bunday manzarani Turkmanistonda har qadamda uchratish mumkin (Foto Kristofer Hervig)
HISSAR, DUSHANBE, TAJIKISTAN - MARCH, 2005: Statue of Lenin looking of a holiday crowd.  For the Muslim festival  of Navrus.  It takes place around the spring equinox (March 21) and is the biggest Central Asia holiday. Most young women in Tajikistan can be seen wearing brightly colored traditional dresses during the holidays. (Photo by Christopher Herwig)
Hisor, Tojikiston – 2005 yil, mart. Lenin haykali atrofidagi maydon Navro‘z bayrami bo‘lgani bois gavjum. (Foto Kristofer Hervig)
ARKIV  050321 -  Photographer in the local amusement park waiting for customers to get their photos taken with their favorite Bollywood star.   Dushanbe, TADZJIKISTAN - TAJIKISTAN Foto: Christopher Herwig - Kod 9266 COPYRIGHT PRESSENS BILD
Dushanbe, Tojikiston – Istirohat bog‘idagi fotograf mijozlarini ular sevgan Bollivud yulduzlari bilan rasmga tushishga taklif qilmoqda. (Foto Kristofer Hervig)

Fotosuratlar Kristofer Xervigning hos vebsahifasidan olindi: www.herwigphoto.com

Akmal Rizaev
O‘zbekistonlik muallif tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 june 2020
Bugun O‘zbekistonda haqiqiy ma'noda mustaqillik kuni sifatida nishonlanishi kerak. Chunki bundan 30 yil burun, 1990 yil 20 iyun kuni ...
22 april 2016
«Avakyan ishi» nomi bilan shov-shuv bo‘layotgan jinoyat ishi to‘g‘risidagi «fosh etuvchi» tafsilotlar O‘zbekiston TVsi ekranidan o‘zbek internet resurslariga ko‘chdi. ...
25 november 2016
So‘nggi kunlarda O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlar viloyatlarga sayr qilib, saylovchilar bilan uchrashuvlarni avj oldirib yubordi. Bu uchrashuvlarda esa ular qo‘lidan ...
21 june 2018
Besh yil xalq ta'limi vaziri bo‘lgan Ulug‘bek Inoyatov 20 iyun kuni ishdan olindi. O‘rniga Innovatsion rivojlanish vazirligi mulozimi Sherzod ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...