Sas
20 april 2017

Anvar Nazir: «Kirilga qaytmaymiz, qozoqlarni qo‘llab quvvatlaymiz!»

O‘zbekistonlik tahlilchi Anvar Nazirning Eltuz muxbiriga bildirishicha, yaqinda Toshkentda hokimiyat darajasida o‘tgan komissiya yig‘ilishida kirilga qaytmaslik, lotin alifbosini saqlab qolishga rasmiy qaror berilgan.

«Men fursatdan foydalanib sizga yangilikni aytmoqchiman, lotin alifbosi saqlab qolinadigan bo‘ldi. Karimov o‘lganidan so‘ng bir guruh ashaddiy kiril imlosi tarafdorlari lotinga o‘tish jarayonini to‘xtatishga bel bog‘lashgan edi. Bu masala uzil-kesil hal bo‘ldi, lotin alifbosi isloh qilinadi va kamchiliklari to‘ldirilib O‘zbekiston bu imloga to‘liq o‘tadi», dedi Anvar Nazir.

U o‘z intervyusida, hokimiyat doiralarida, shuningdek internetdagi forumlar va tarmoqlarda, Karimov o‘lganidan keyin, lotin imlosi muxoliflari birdan bosh ko‘tarib qolishganini aytadi.

Lotin alifbosiga O‘zbekiston bundan 25 yil burun o‘ta boshlaganiga qaramay, jarayon cho‘zilib, ichki qarshiliklarga ko‘p duch kelgani, faqat yaqinda bo‘lib o‘tgan hukumat komissiyasi bunga uzil-kesil nuqta qo‘yganini aytadi u Eltuz muxbiriga bergan intervyusida.

«Bu yangilik haqida hali hech qaerda bildirilmagan, lekin ertami kech bu rasman ma'lum qilinadi» dedi u.

Uning fikricha, Markaziy osiyodagi turkiy xalqlarni sharqiy slavyan tillariga mansub kiril imlosiga o‘tkazish zo‘rovonlik bilan amalga oshirilgan va bu xalqlarni biri biridan ajratishga xizmat qilgan.

«Hozir komissiya tomonidan o‘zbek lotin alifbosiga kiritiladigan o‘zgarishlar yuzasidan takliflarni ishlab chiqishgan. Qozog‘istonning ham shu alifboga o‘tishi ayni muddao bo‘ldi, bu turkiy davlatlar o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytiradi», dedi tahlilchi Anvar Nazir Eltuz muxbiriga bergan intervyusida.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 december 2025
Qo‘shko‘pir xoni vaziri a'zamlariga buyruq beryapti. Rasm Qo‘shko‘pir tuman hokimligining telegram kanalidan olindi.
26 april 2021
Prezident Shavkat Mirziyoevning kenja kuyovi Otabek Umarov O‘zbekistonga qaytdi. Bu haqda aktyor Dilshodbek Kattabekov o‘zining Instagram sahifasida ma'lum qildi. ...
21 march 2023
Gazeta. Uz nashri tagi o‘zbekistonlik Ukraina qochqinlari Germaniya boshkenti Berlinda restoran ochdi «mazasi yaxshi» deb ëzgani uchun bu yemakxonani ...
25 january 2018
Hali O‘zbekiston ahli qalbida Oqto‘bada halok bo‘lgan 52 nafar yurtdoshimizning motami og‘rig‘i susaymay turib, marhumlar sha'nini haqorat qilgan Farg‘ona ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...