Asosiy mavzular
15 may 2017

O‘zbek aktrisasi Gulnora Karimovani ozod qilishni Mirziëevdan so‘radi

Alpomish filmida rol o‘ynab tanilgan kino va teatr aktrisasi Gavhar Sharipova O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziëevga maktub yo‘llab, o‘tgan yili o‘lgan prezident Karimovning to‘ng‘ich qizini ozod qilishni so‘radi.

11 may kuni Gavhar Sharipovaning facebook sahifasida e'lon qilingan bu maktubda ta'kidlanishicha, “Mirziëev Gulnorani dallolu o‘rtakashlarsiz ozod qilishini” so‘ragan.

“Hurmatli Shavkat Miromonovich Mirziëev !!! O‘zbekiston vatandoshi Sharipova Gavhar Hasanovna ya'ni men siz hurmatli zotga Gulnora Karimova Islomovani ozod qilishni tezlashtirish taklifi bilan chiqyapman. U kishi mening vatanimnimga birinchi prezident Islom Abdug‘anievichning qizi bo‘ladilar. Iloyim Mexribon OLLOH u kishiga jannatdan uy ato qilsin.

Dallollarsiz bu ish bitishini istar edim.

Sabrsizlik bilan javobini kutaman», deyiladi rus tilida bitilgan maktubda.

Maktub muallifi Gavhar Sharipova o‘z ëzganlariga qo‘shimcha post skriptum ilova qilgan. Bu ilovada Gavhar Sharipovaning Gulnoraga atab ëzgan she'ri haqida gap boradi:

«Agar siz bu matnni men qanday extirosu hayajon bilan aytganimni eshitsangiz edi, Gulnora boshdan kechiraëtgan azobu uqubatlarni his qilgan bo‘lardingiz. Albatta yuragingiz chidamasdan darhol mening otam O‘zbekiston respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning qizini ozod qilish bo‘yicha zudlik bilan qaror qabul qilgan bo‘lar edingiz», deyiladi, maktub so‘ngidagi post skriptumda.

Maktub ostiga Gavhar Sharipova “Karimova Gulnora Islomovna va kamina dardi” deb nomlangan 11 kupletli she'rni ham joylashtirgan.

Gulnora Karimova nomidan 2017 yil 5 mayda ëzilgan she'rda “Erta bir kun ozodlikka chiqsam, xalqim, hukumatimdan uzrimni so‘rasam, ne der ahli islom ne der musulmonlar” degan ritorika bor.

Maktub tagiga ayni paytda Furqat Fayziev, Ziëda Madrahimova, Munisa Rizaeva kabi o‘nlab o‘zbek ijodkorlarining ismi qo‘yilgan.

Maktub tagiga ismi tirkalgan “ijodkorlar” zindondagi malikani ozod qilish ma'rakasiga o‘zlari istamagan tarzda qo‘shilganidan qo‘rqib dahshatga tushishgan.

Taniqli kino akteri Furqat Fayziev Gavhar Sharipovani do‘stlari qatoridan o‘chirganini ëzadi.

Furkat Fayziev: «Mening ixtiyorimsiz va ruhsatimsiz ismimni o‘z maktubingizga tirkagangingizdan g‘azabdaman! O‘z ichki alamlaringizni o‘zingiz bilan qoldiring.

Bu masalaga munosabatimning sizga taalluqi yo‘q.

Men Sizni do‘stlarim safidan o‘chirdim va va barcha Sizning aytganlaringizga veto qo‘ydim. (ruschadan tarj)

O‘zbek aktrisasi, qo‘shiqchi shoira, O‘zbekiston mualliflar va ijrochilar gildiyasi a'zosi Gavhar Sharipova bir qancha filmlarda rollarni ijro etgan.

«Aldangan ayol», «Aldarko‘sa», «Opa singillar», «Sarvinoz» va «Alpomish» filmlari shular jumlasidan.

U himoya qilayotgan marhum prezidentning qizi Gulnora Karimova garchi o‘zbek huquq tartibot idoralari tomonidan rasmiy ayblov hanuz bildirilmagan bo‘lsada, uchinchi yil uy qamog‘ida qolmoqda.

Ayni paytda bir qancha Yevropa banklaridagi uning hisoblari, g‘arb telekommunikatsiya shirkatlarining unga «otkat» to‘lagani tufayli muzlatilgan.

Yevropa va AQShda unga qarshi korruptsiya ayblovi bilan jinoiy ish ochilgan, 2017 yilning yanvarida esa u Shveytsariya prokurori tomonidan so‘roq qilindi.

Tag‘in o‘qing
5 september 2016
O‘zbekistonda qatag‘on yillarining qoralovchilaridan biri bo‘lgani iddao qilinadigan 54 yoshli Nig‘matulla Yo‘ldoshev shaxsi haqida matbuotda juda kam eshitganmiz. Nig‘matilla ...
16 april 2025
Javobgarlikka tortilsin Aslida farmon talablariga amal qilmagan nazorat organlarining mansabdor shaxslari tadbirkorlik sub'ektlari ruxsatsiz tekshirilganligi va ularning xo‘jalik faoliyatiga ...
12 april 2018
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari degan lavozim shamsiyasi ostida siësiy tsenzurani amalga oshirib kelgan, aslida sobiq ...
18 may 2018
Prezident Mirziyoevning umr yo‘ldoshi Ziroatxon Hoshimovaning Vashingtondagi Oq uyda tushgan fotosuratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ulardan birida O‘zbekistonning birinchi xonimi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...