Catira
6 december 2017

O‘zbekiston arzon vizani shved sayëhiga ravo ko‘rmadi

Prezident Mirziyoevning 4 dekabrdagi qaroriga ko‘ra, xorijiy sayyohlar uchun oldingi 7-15 kunlik qisqa viza muddati 30 kunlik qilib belgilandi. Viza to‘lovlari 60 dollardan 40 dollarga tushirildi. Lekin bunday vizani olish barcha chet elliklar uchun birday oson ish emas.

Bu yuzadan O‘zbekistonning Germaniyadagi konsuli Azimjon Ozodov «Eltuz» muxbiri savollariga javob berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya, Italiya, Chexiya, Turkiya va Polsha uchun joriy etilgan yengillashtirilgan viza qoidalari Yevropaning boshqa davlatlariga taalluqli emas.

«Masalan, shvedlar bilan viza jarayonini o‘zaro yengillashtirish joriy etilmagan», dedi konsul.

Uning «Eltuz» muxbiriga bildirishicha, O‘zbekistonga agar shved vatandoshi bormoqchi bo‘lsa, avvalo, u O‘zbekistondagi turizm agentligiga murojaat qilib, o‘zi haqida ma'lumot berishi kerak.

Unda sayyohning qaysi paytdan boshlab O‘zbekistonda bo‘lishi ko‘rsatiladi. Shundan so‘ng unga firma «turistik ko‘mak», keyin shu hujjat asosida tegishli ruhsatnoma rasmiylashtiriladi. Bu haqda Shvetsiya hukumatiga xabar beriladi.

Shuningdek, bu hujjatda Shvetsiyadan O‘zbekistonga borish uchun viza olish mumkin bo‘lgan davlatlardan biri ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Shvetsiyalik sayyoh o‘sha yerga borib, O‘zbekistonga safar vizasini rasmiylashtiradi.

Boshqa bir muammo chet el vatandoshligini qabul qilgan o‘zbeklarga taalluqli.

«Agar siz shved fuqaroligini qabul qilgan, ilgari O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan bo‘lsangiz, albatta, birinchidan, boshqa fuqarolik olganingiz to‘g‘risida bizga xabarini berishingiz kerak, ikkinchidan, o‘rnatilgan tartibga asosan, O‘zbekiston fuqaroligidan chiqishga hujjat topshirishingiz shart», dedi Ozodov.

«Eltuz» muxbiri suhbatlashgan, o‘zbek vatandoshligidan chiqishga astoydil uringan shvetsiyalik bir o‘zbekka ko‘ra, bu ancha murakkab, uzoq, ba'zan umuman amalga oshmaydigan bir jarayondir.

Shvetsiyaning Stokholm shahrida 4 dekabr kuni o‘zbek migrantlari bilan uchrashgan O‘zbekistonning Germaniyadagi konsuli Azimjon Ozodov ularni shved vatandoshligidan kechish evaziga certifikat rasmiylashtirib, O‘zbekistondan qaytishga undagan edi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 february 2024
Bu avtoavariya o‘tgan hafta, 31 yanvar oshqomida Qarshi shahridagi “Shabada” restorani o‘ngida yuz bergan. Yengil avtomobil qattiq tezlikda borib ...
21 july 2017
Joriy yil boshida Turkiyadagi Reina tungi klubiga hujum qilib 39 kishini o‘ldirgan Abduqodir Masharipovga ko‘mak berganlikda gumonlangan 42 yosh, ...
23 september 2025
O‘zbekistonda bolalar va inson organlari savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar soni ortib bormoqda. Bu haqda «Eltuz» messenjeriga kelayotgan xabarlar hamda ...
16 november 2023
14 noyabr kuni Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov tizimda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nuqt ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...