Asosiy mavzular
23 november 2018

Jurnalist Bobojonovlar ishi bo‘yicha sud noma'lum kunga qoldirildi

Urganch tumani fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi jurnalist Bobojonovlarning da'vosi bo‘yicha 23 noyabrga belgilangan sud majlisini noma'lum muddatga qoldirdi.

Bobojonovlarning advokati Umid Davletovga ko‘ra, ish birinchi instantsiyaga, uylarni musodara qilish haqida qaror chiqargan sudya U. Masharipovning o‘ziga qaytarilishi munosabati bilan qoldirilgan.

Urganch sudi 19 noyabr kuni jurnalistlarning uylari musodara qilingani yuzasidan shikoyat arizasini ko‘rib chiqishni 23 noyabrga belgilagan edi.

Biroq 23 noyabr kuni ertalab sudga yetib borgan G‘ayrat Bobojonovga sud kotibasi majlisning noma'lum muddatga qoldirilganini, sud kunini o‘zlari keyin xabar qilishlarini bildirgan.

«Endi sudya Masharipov ishni qabul qilib olib, o‘rganib chiqib, kunini o‘zi belgilashi kerak. Shundan keyin chaqiruv qog‘ozi yuboradi. Ungacha sudning kunini bilmaymiz», dedi advokat Davletov «Eltuz» muxbiriga.

Suddan bir kun avval «Ozod Yevropa – Ozodlik radiosi» (RFERL) ning Vashingtondagi qarorgohi ma'muriyati bu amalning jurnalistlardan o‘ch olinishi ekanini haqida baënot chiqargan, uning nusxasi O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga jo‘natilgan edi.

Ayni baënotda «Ozodlik» muxbirining jurnalistik faoliyat bilan shug‘ullanadigan ikki ukasi – G‘ayrat va Qudrat Bobojonovlarga tegishli uylarning ham musodara qilingani qoralanadi.

Shuningdek, advokat Davletovning «Eltuz»ga bildirishicha, protsessual qonunlarning buzilishi uy egalarini sudda qatnashtirmasdan va ëlg‘on guvohliklardan foydalanib uylarni tortib olish to‘g‘risida sudga ariza kiritgan Urganch tumani hokimi Otabek Bekjonovning harakatlarida ko‘zga tashlanadi.

Uylari asossiz tortib olinayotgan Bobojonovlarni himoya qilish yuzasidan hozirda Toshkentdagi «Simay» advokatlik idorasi huquqshunoslari ish olib bormoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 november 2025
Jurnalist Navbahor Imomova yozadi: Itni ham, bitni ham mehmonga chaqirib, tekin boqib, yana qo‘liga bebaho durdonalarni tutqazib, ta'zim qilib ...
7 march 2020
“Straus House” muassisi tuyaqush olib  beraman deb odamlardan aldab olgan pulini timsoh sotib olish uchun sarflabdi. Ammo na timsohdan va ...
11 april 2020
10 aprel – Abdulla Qodiriy tavallud topgan kunda prezident tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonuni ...
26 february 2025
Instagram platformasida Rossiyada ishlash taklifini beradigan reklamalar kundan-kun ko‘paymoqda. Turli blogerlar va vaynerlar sahifasida ham bunday reklama-storislarga tez-tez ko‘zimiz ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...