Multimedia
18 january 2019

Audio: Mushukni kim o‘ldirdi?

Turk ëzuvchisi Aziz Nesin va rus ëzuvchisi Anton Chexovga taqlidan va bo‘lgan voqeaga asoslanib ëzilgan «hikoya»

Bu hikoya yana birov-birovga pichoq urgani haqida emas. Shafqatsizlik jamiyatda normal holatga aylangani haqida.

Men shu kunlarda yashaëtgan dom oldidagi hovlida bir mushuk yurardi. Oddiy zoti past bir mushuk. Birov erkalamaydigan, balki tepib haydaydigan yaratiq.

Qachondir ëmon bolalar uning dumini chopishgan shekilli, yarimtagina dumi bor.

Chap qulog‘i yirtilib, chala bitib hunuk bo‘lib qolgan. Bir ko‘zi lat yegani bois ochilmaydi. U bitta ko‘zi bilan ziyrak nigoh tashlaydi atrofga. Unga tikilib qarardim. U menga qarardi. Nigohda mo‘ltirash yo‘q edi. U birgina ko‘zi bilan qaraganda qorachig‘ida qoplon g‘ururi aks etardi.

Aslida bu mushuk odamlardan xafa ko‘rinmasdi. Ginasi yo‘q edi uning. Ammo negadir odamlar uni sevmasdi.

Barcha mushuklarni «mosh» ëki «murka» deb erkalatishsa, uni tapochka (shippak) deb kamsitishardi.

Har xolda bu mushukni ëqimtoy deb bo‘lmasdi. Tapochka deb chaqirsang bir ko‘zi bilan yalt etib qarab miëvlab qo‘yardi.

Mahalladagi xolalar o‘z bolalariga bu mushukka yaqinlashishni taqiqlab qo‘yishgan edi (kasal-pasali yuqmasin deya).

Ammo quloqsiz bolakaylar bu mushukka ozor berishdan zavq olishardi.

Bolalar unga sosiska bo‘lagini ko‘rsatib, «ke, tapochka shuni yegin» deb chaqirishardi. Mushuk yugurib kelganida esa bolalar uning ustiga eski chelakni to‘ntarib qo‘yishardi.

Bolalarning bu qilig‘iga qarab, nega biz shafqatsizmiz, insonlik o‘ldimi, nega biz ojizni ezishdan zavq olamiz, deb o‘ylardim.

Ba'zan kattaroqlar ham ermakka bu mushukka ozor berishadi.
Doim portalga xat ëzib, «uy beringlar» deb yuradigan amaki bu mushukning ustiga qaynoq suv quyib, xoxolab kulgan edi.

Mushuk og‘riqdan mujmayib, sabr bilan nari ketardi. Uning ketiga tepishar va tosh otishardi.

Mushuk buni xunukligi uchun berilgan jazo deb o‘ylab, odamlarga kechirim so‘ragan kabi boqardi, birgina ko‘zi bilan…

Odamlar haëtdagi butun qiyinchiliklar uchun shu mushukdan qasos olaëtgan kabi ko‘rinardi.

Bir marta mushuk ovqat so‘rab, kimningdir oshxonasiga kirganida eri Rossiyaga ketib qolgan kelin uning oëg‘ini eshikka qisib, jonini og‘ritdi.

Shundan keyin u cho‘loqlanib yurdi. Oëg‘i sekin bitdi.

Baribir mushuk bu alamzada kelinchakni kechirib talpindi.

Mushukning beozorligi, gina saqlamasligini ko‘rgan qo‘shnilar zulm portsiyasini oshirishdi.

Hovlidagi daydi itlarni mushuk tarafga qarab quvishdi. Panjalari lat yegan mushuk tez yugurib, kuchukdan qocha olmasdi.

Men balkonda o‘tirib, ko‘ppaklar changalidagi mushuk farëdini eshitib, yugurib chiqdim.

Inson nidosiga o‘xshardi bu.

Men taëq olib, itlarni haydab, mushukni qutqardim. Kir, irkit ko‘ppaklar irillagancha orqaga tisralishdi. Ularni gij-gijlagan alkash amakilar esa tirjaygancha badar ketishdi.

«Tapochka» laqabli mushuk qoniga belanib, xirillab ëtardi. Mushukni ehtiëtlik bilan quchog‘imga olib, uyga olib kirdim. Balkondagi qamishdan to‘qilgan kursiga qo‘ydim mushukni. Mushuk odamning rahmi keladigan darajada qayg‘uli bo‘lib, harakatsiz ëtardi.

Birdan o‘ylab qoldim. Shu mushuk biz emasmi? Urilgan, surilgan, talangan. Irodasi sindirilgan…

Faqat mushuk biz kabi nafratlana olmaydi…

Kursi ustidagi mushuk xirillay boshladi. U xirillagan sari nafasi tiqilib qolaëtgandi.

Uning boshini silagim keldi, ammo silamadim. Joni og‘rimasin dedim.

Mushuk birdan miëvlamoqchi bo‘lib urindi. Ha! U rahm qilgan odamga minnatdorlik uchun miëvlashga harakat qilar edi.

Joni og‘riëtgan bo‘lsa ham ko‘rsatilgan mehrga tashakkur aytmoqchi edi.

Men uni sekingina kursi ustidan olib, tizzamga qo‘ydim. U kallasini ko‘tarib, ëlg‘iz ko‘zi bilan menga qarab mehr ko‘rgizdi.

Kallasini kaftimga ishqab erkalandi…

Mushuk mening tizzamda o‘ldi.

Boshini bir ko‘tardi. Butun badani so‘nggi marta taranglashib tortishdi. Keyin qotdi-qoldi. Endi u xirillamas, nafas ham olmasdi.

Men tizzamdagi o‘lik mushukka qarab, uzoq o‘tirdim. Ichim g‘ussaga to‘ldi. O‘zim va qo‘shnilarim haqida o‘ylardim. Nega biz kuchliga sig‘inamiz. Zaifni esa ezamiz.

Umr bo‘yi daydi bo‘lib o‘tgan bu mushukning mehrga tashnaligi va ko‘rsatilgan ozgina mehr uchun astronomik darajada minnatdorlik ko‘rsatgani meni g‘ussaga to‘ldirdi.

Birdan eski hikmatni tushundim. Har bir tana ichida qalb yashaydi.

Assalom, O‘zbekiston. Juma muborak.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 march 2016
Bugungi kunda istalmagan shaxs deya qaralayotgan O‘zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripovning 75 yosh yubileyi hukumatning og‘zaki qaroriga ko‘ra o‘tkazilmasligi ...
28 may 2018
Andijon viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida shu kunlarda jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilayotgan uch foizlik kreditning manbai korruptsionerlardan musodara qilinayotgan ...
15 november 2017
Kanadalik 54 yoshli o‘zbek jurnalisti Ulug‘bek Ashur prezident Shavkat Mirziyoevni hajv qilib qo‘shiq kuyladi. «Shavkat aka!» deb nomlangan qo‘shiq ...
15 may 2019
Bir paytlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga o‘qishga kirayotganimda, hozirgi paytda Feysbukda ham ancha tanilib qolgan amaldorlardan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...