Asosiy mavzular
16 may 2016

Ruslar O‘zbekistonda majburiy mehnatga qarshi kampaniyaga qo‘shildi

Bu haqda ma'lum qilgan RMK prezidenti, Rossiya prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari kengashi a'zosi Boris Kravchuk: «Bu biz uchun faqat birdamlik masalasi emas. Bu mintaqamizdagi bir mamlakatda buzilayotgan inson huquqlariga rioya etish borasidagi printsipial masaladir. Qolaversa, o‘zbek paxtasi bilan bog‘liq bunday keng ko‘lamli va tizimli qonunbuzarliklar barcha uchun xavfli pretsedentdir», dedi.

O‘zbekistonda mamlakat «oq oltini» – paxta yetishtirishni ta'minlashga qaratilgan dunyodagi eng yirik davlat majburiy mehnat tizimlaridan biri yaratilgan va amal qilmoqda.

Hali sovet davridan buyon mamlakatda bolalar markazlashtirilgan holda paxta terimiga jalb etilardi. Kasaba uyushmalari, huquq himoyachilari va xalqaro institutlarning ko‘p yillik bosimi natijasida O‘zbekiston hukumati bolalar mehnatidan foydalanishga chek qo‘yishga rozi bo‘ldi. Ayni paytda u bu majburiyatini umuman olganda bajarmoqda. Ammo bolalar mehnati o‘rnini kattalarning majburiy mehnati egalladi.

Har yili ishdan bo‘shatish, uy va yotoqxonalardan quvish, o‘quv yurtidan haydash tahdidi, oilalarga ko‘rsatilgan bosim ostida ming-minglab shifokorlar, o‘qituvchilar, byudjet tashkilotlari xizmatchilari va talabalar dalaga haydaladi. Tijorat fiirmalari ham o‘z xodimlarini paxtaga jo‘natishga buyruq oladi. Buyruqni bajarmaslik mumkin emas.

Kasaba uyushmalari va inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari bu amaliyotni to‘xtatish uchun kampaniya olib bormoqda. Ammo paxta dalalaridagi vaziyatni hujjatlashtirishga bel bog‘lagan mustaqil kuzatuvchilar ta'qib va tazyiqlarga duch kelmoqda. O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumining 2016 yil martda e'lon qilingan «Panadagi ishlar: O‘zbekiston «oq oltini»ni oqartirish» sarlavhali hisobotida shu haqda so‘z boradi.

Jabr chekkan huquq himoyachilaridan biri jizzaxlik O‘ktam Pardaevdir. U sakkiz hafta hibsda saqlandi hamda kaltaklash va xo‘rlanishlardan so‘ng uch yillik shartli jazoga hukm qilindi. Ayni paytda LabourStart portalida uning himoyasiga elektron kampaniya o‘tkazilmoqda.

«Faqat mustaqil kasaba uyushmalarigina majburiy mehnat va ekspluatatsiya tizimiga samarali qarshilik qilishi mumkin,- dedi Boris Kravchenko. – Ammo O‘zbekistonda ularni tashkil etish va faoliyat yuritishida o‘tib bo‘lmas to‘siqlar uchraydi. Xalqaro hamjamiyat va moliyaviy institutlar bu mamlakatda hamkorlik va investitsiya dasturlarini amalga oshirishda mehnat huquqlari sohasida va inson huquqlarining boshqa jabhalarida asosiy me'yorlarga rioya etilishiga juda katta e'tibor qaratishi zarur».

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 march 2017
Kelib chiqishi ozarbayjonlik bo‘lgan taniqli qo‘shiqchi va kino artisti Gugushni Eron Inqilobiy mahkamasi 16 yil qamoq jazosiga sirtdan hukm ...
28 august 2023
25 avgust kuni Toshkent viloyatining Yangi Hayot tumani Yangi Choshtepa mahallasi ko‘prigi tagidagi hovuzga tushib halok bo‘lgan ikki yosh ...
13 march 2024
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta maktubni o‘qib eshittiramiz. Ular O‘zbekistonning Samarqand, Andijon, Qashqadaryo, Sirdaryo va Buxoro viloyatlaridan kelgan. Dastlabki maktub ...
10 january 2023
Rassom Tuz @eltuz
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...