Asosiy mavzular
8 february 2019

O‘zbeklarning cho‘qqidagi burgutga taqlidi

Burgut tog‘ning tepasidagi cho‘qqida qimirlamay o‘tirardi.

Quën bo‘lsa pastdagi adiru tepaliklarda yugurgani yugurgan edi.

Bir kuni quën burgutga qarab: «Men ham senga o‘xshab qimirlamay o‘tirsam maylimi», debdi. «O‘tiraver», debdi burgut.

Quën bitta tosh ustiga chiqib, burgutga taqlidan viqor bilan bir nuqtaga qiytor ko‘zlarini boqib qimirlamay o‘tiribdi.

Quën o‘zini ulug‘vor his qilibdi. «Olamning kindigi men bo‘lsam kerak», degan o‘ylarga botibdi.

«Eh, umrim tiriklik tashvishida bir tepadan ikkinchi tepaga sakrash bilan o‘tdi! Bundoq tinchgina xotirjam o‘tirsam ham bo‘lar ekan-ku. Eh, huzur-halovatga nima yetsin!» deb battar bir nuqtada qotibdi quën.

O‘sha joyda yurgan tulki quënni ko‘rib qolibdi. Odatda tulkini ko‘rishi bilan mingga qo‘yib qochadigan quën budda haykali kabi qimirlamay o‘tirganmish.

Tulki bir sakrab quënning bo‘g‘zidan tishlabdi. Bir pasda bu quën och tulkining oshqozonidan joy olibdi.

Qissadan hissa, harakatdan to‘xtagan tulkiga yem bo‘ladi.

Burgutga o‘xshab o‘tirish uchun burgut kabi yuksak cho‘qqida yashash kerak.

Bedananing yurishini qilaman, deb chumchuqning chatanog‘i ayrilibdi.

O‘zing kabi yasha va zinhor qimirlashdan to‘xtama…

Xo‘p, shu yerda nasihatni to‘xtatib, haëtga qaytsak. 18 ëshida uylangan yigitga kelin bola tarafidan «yashash standarti» belgilangan qizil kartochka ko‘rsatiladi.

«Kaptiva» (qimmat moshin), O‘rikzorda villa. «Versal»da tug‘ilgan kun. Ayfon. O‘sha oxirgi matoh ham 700 turadi. Ko‘kida.

Chunki falonchilarda ashnaqa tilpon bor, chunki pistiënchilar ashnaqa uylarda yashaydi. Gapning qisqasi, cho‘qqidagi burgutlar.

Hali og‘zidan ona sutining hidi ketmagan va biror kasb-hunar boshini tutib, pul topish san'atini egallamagan 18 yashar yigit yelkasiga bu zil-zambil og‘irlik yuklanadi.

«Uylandingmi, ta'minlab qo‘y», deyishadi junbul jamoat.

Yigit alang-jalang qilib o‘ris ëki qozoqqa ketadi.

Yo‘lda u tushgan avtobus ënib ketadi (bu holatning varianti ko‘p. Hamqishloq urib o‘ldiradi. Boshiga beton tushib keladi ëki ichburug‘dan o‘ladi). Kelin bolaning nomiga temir tobut keladi. Quchoqlayver endi muzday murdani.

Assalomu alaykum, O‘zbekiston, juma muborak.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 may 2017
Angren shahrida O‘zbekistonning sho‘rolar davrida ilk prezidenti bo‘lgan Yo‘ldosh Ohunboboevga o‘rnatilgan haykal buzib tashlandi. Bu haqda 29 may kuni ...
12 november 2020
Qashqadaryoda prezident kelishiga maydonlardagi carg‘aygan o‘tlarning bo‘yalayotgani rasmi 12 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqda tarqaldi. «Ana, videosi ham keldi. Unda ...
25 august 2025
Bugun gapirmoqchi bo‘lganim haqiqatan ham muhim mavzu. Lekin u ko‘pchilik uchun qiziq emas degan gumondaman. Chunki mavzu yalang‘och deputat ...
2 january 2026
Saida Mirziyoevaning intervyusini ko‘rishimga to‘g‘ri keldi. Nima ham derdim: «Yirik davlat arbobining birinchi erkin intervyusi» sifatida taqdim etilgan bu ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...