Asosiy mavzular
29 november 2019

RTdan va'z: Nima yaxshiyu, nima yomon?

Jajjigina o‘g‘il bola otasidan so‘radi:
– Yaxshi degan co‘z nimayu, ëmon degan nimasi?

Bu misralarni ëzgan shoir Vladimir Mayakovskiy «Nima yaxshiyu,  nima ëmon?» degan savolga javob izlaydi. Umuman, klassik adabiët samoviy falsafa va tasviriy san'at asarlarida nima yaxshi va nimaning ëmonligi allaqachon ko‘rsatib berilgan. Bizga ish qoldirishgani ham yo‘q. Masalan, niderland rassomi Breygel ëmonlik timsollarini o‘z suratlarida tasvirlaydi.

O‘g‘irlik, qotillik, chaqimchilik, mechkaylik, laganbardorlik va tanballikni rassom eng ëmon illat, deya xajv qiladi. Rassom sanagan illatlarning ëmonligiga siz ham shubha qilmaysiz, ammo…

Shu ammo haqida gaplashsak.

Qul bo‘lishdan ko‘ra, erkinlik ma'qulligini barcha tasdiqlaydi. G‘atto Navoiydan misra o‘qib berishadi.

Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa,
Bulbulg‘a tikandek oshiën bo‘lmas emish.

Biroq suhbatni davom ettirsangiz, darrov Gorbachyovni ëmonlay boshlashadi. Nega desangiz, “Ha, u sotqin. SSSRni yo‘q qildi», deyishadi.

Hozirgina mustaqillikni maqtab turgan edingiz, o‘sha mustaqillik Gorbachyovning ulug‘ siësiy irodasi bilan bo‘ldi, desam indamaydi.

Chunki nima yaxshiyu, nima ëmon ekanligini bilmaydi.

Yaqinda «Eltuz» muxbiri sovet davrining barcha yomonliklarini ko‘rgan, Stalin repressiyasini shaxsan boshidan kechirgan, dunyoda kam qolgan keksa yozuvchilarning biri 98 yashar Shukrullo bilan suhbatlashdi.

Suhbatimizni chet el xabarlar bilan davom qildiramiz.

ChYeT EL XABARLARI

Angliya Premer ligasi O‘zbekistonda jurnalistlarga tahdid qilgan gangster hokim Yirtiqxo‘jaevning kompaniyasini reklama qilmoqda. Bergan xudoga ham ëqibdi

Turkmaniston Ichki ishlar vazirligi xodimlariga xorijda ishlayotgan qarindoshlarini vataniga qaytarish majburiyati yuklandi. Bu majburiyatni bajarmagan xodimlar ishdan bo‘shatilishi bildirildi. O‘zbek IIB kattalarining qarindoshlari nuqul Dubaydan hovli oldi, deb eshitganim bor. Bir tekshirilsa ëmon bo‘lmaydi.

Qirg‘izistondan 2011-2017 yillar davomida 700 million dollar noqonuniy olib chiqib ketilgan. Bu hakda jurnalistlarga aytib bergan uyg‘ur tadbirkor Ayerken Saymaiti Turkiyada 10 noyabr kuni o‘ldirildi.

Endi o‘zimizning mahalliy habarlar

MAHALLIY XABARLAR

Diniy tashkilotlar, ya'ni masjid va madrasalar 2020 yilning oxirlaridan boshlab Milliy gvardiya tomonidan qo‘riqlanadi. Qarorga asosan, masjidlarda “xavotir tugmachalari” o‘rnatiladi. Birov «nito dvijuxa» qilsa ëki chatanog‘ini kerib vahobiycha namoz o‘qisa, Imomberdi brat shundoq tugmani bossa, tamom. Vertolyotda qora maskalilar kelib chujoy elementni enasinikiga kirgizvoradi.

Mirziyoevning navbatdagi mehmoni – Rossiyadan kelgan aralash janglar san'ati ustasi Habib Normuhammedov kambag‘al emas. U o‘z janglari uchun millionlab dollar oladi va, albatt,a uni O‘zbekistonda oliy toifali mehmon sifatida kutib olishadi. Mirziyoev kuyoviga hasad qiluvchilarning yozishicha, u Habibga uch kilolik oltin buyum sovg‘a qilgan. (foto)

Prezidentning kuyovi Otabek Umarov oltinlarni sochib chiranishda arab shayxlaridan qolishmaydi. Bu oltinlar go‘yo qaynonasi mahriga tushgan kabi kuyovlar keyingi kunlarda bosar-tusarini bilmayapti. 23 noyabr kuni oltin sepilgan steyklari bilan mashhur turkiyalik taniqli qassob va restoranchi Nusret Go‘kche (Nusret Gökçe) Toshkent aeroportida karnay-surnay sadolari ostida deyarli davlat rahbarlari maqomida qarshi olingan edi.

Toshkentning «Paxtakor» klubi uy uchrashuvlari o‘tkazib keladigan «Paxtakor» markaziy stadioni yopildi. Endi stadion buzilib, o‘rniga yangisi quriladi. Bundan oldin muz saroyi qurilgan edi. Mirziëv shunaqa keraksiz narsalarni qurishga juda ishqiboz chiqib qoldi.

Uyida chaksa uni yo‘q, tom boshida qo‘sh tandir.

Chunki nima yaxshiyu, nima ëmon ekanligini gaplashaëtgan edik.

Aqlli odam maqtanchoqdan yaxshi.

Masalan, uchoq tez uchib marraga yetishi uchun ortiqcha vazndan xoli bo‘lishi kerak. Bugun dunëdagi barcha uchoqlarda chekish taqiqlangan. Ammo negadir kuldonlar turibdi. Bu kuldonlar uchoq tezligining ko‘payishiga xizmat qilmaydi. Aqlli shirkatlar tezgina bu kuldonlarni yechib olib tashlashdi.

Ëki, masalan, havo sharida uchaëtgan odam tepaga ko‘tarilmoqchi bo‘lsa, kajava ichidagi ortiqcha yukni pastga uloqtiradi. Chunki uchuvchining orzusi bitta – balandlik.

Maqtanchoq esa faqat maqtanishni o‘ylaydi. Mana siti qurdim deydi, endi Nyu-York bo‘ldim, hamma havas qilsin, deydi. Holbuki, u hech narsa bo‘lgani yo‘q.

Muz saroylari, kongress xoll va stadionlar – bu oëqqa osilgan tosh. Bu yuk bizni va Mirziëev hukumatini botqoqqa cho‘ktiradi.

Mamlakatga maktab, bog‘cha, tekis yo‘l, tez-arzon internet va ko‘priklar kerak. Muz saroyiga o‘ris nag‘machilarni keltirib, o‘rischa ashula aytaëtgan prezident qizlari va kuëvlarining ko‘ngilxushligi millat va davlat uchun og‘irlik qilmoqda.

Agar biz rivojlanmoqchi bo‘lsak, bu bashang olomonni kajavadan uloqtirishimiz kerak.

Keyingi ikki oy ichida gaplashganim yuzlab o‘zbeklar «bizga erkinlik kerak emas, qornimiz to‘ysa bo‘lgani», deya bir xil gapni turli tarzda aytishdi.

«Rossiya bizni bosib oladimi, bayrog‘imizni yulib olib yerga tashlab, bizni qul qiladimi, bizga baribir. Qorin to‘q, cho‘ntak but bo‘lsa bo‘lgani», deyishdi.

Ulug‘ shayx G‘azzoliy odam bilan hayvonni solishtiradi: «Hayvon qorni ochsa, ovqat yeydi. Charchasa, uxlaydi. Hirsi qo‘zisa, juftiga qo‘shiladi. Odam ham ayni ishlarni qiladi. Ammo unda bir farq bor, – u ham bo‘lsa, aql zakovotdir».

G‘azzoliy o‘lchoviga ko‘ra, “faqat qornim to‘ysin “ deganlar shunchaki hasharotlarmi?

“Tomimizda kimning bayrog‘i hilpirasa bizga baribir», degan gapni uyalmasdan aytadigan zamonlarga ham yetdik.

Ustozim, marhum shoir Matnazar Abdulhakim “Manqurtlar uchun to‘kin dasturxon bayroq bo‘la oladi”, degan edi.

Keyin bu fikrni Matnazar og‘a o‘z she'rlarida ko‘p marta “Bu yurtning bayrog‘i supradir”, deya ifoda qildi.

Matnazar og‘a odamlardagi ikkiyuzlamachilikni sevmas edi.
Hozirgina «men Temur avlodiman, Boburning nevarasiman» deb turgan odamning birdan «o‘risga qul bo‘lsak, qornimiz to‘yadi. Ketni qisgan boy bo‘ladi», deb turlanishidan Matnazar og‘a oshkora hazar qilar edi.

Matnazar og‘adan bayt budir:

Maqtovlarga berilganda erk,
Garchi osmonlarning oyimiz.
Qarg‘asalar qarg‘ish tekkudek,
Yo‘qdir biror halol joyimiz.

Matnazar og‘aning 2008 yilda ëzgan bir she'ri bor. Bu she'r O‘zbekistonda 2008 yili chop qilingan “Javzo tashrifi” kitobiga kiritilgan.

Bu she'r mamlakat chekkasida ko‘rinmasgina bo‘lib o‘tirgan shoir qalb ko‘zi bilan mamlakat siësiy vaziyatini siësatshunosdan ko‘ra aniqroq kuzatganiga dalildir:

Bulbullar ketgandir bu go‘zal yerdan¸
Bo‘stonda dard bilmay yashaydi qarg‘a.
Nolalar chekmaydi, fig‘on tortmaydi¸
O‘qrayib-o‘qrayib qag‘illar gulga.
Zaharlab navqiron merosxo‘rlarni,
Shum kampir egalik qilmoqda mulkka.

Matnazar og‘a “yugurgani somonxonagacha” bo‘lgan bu xalqning og‘zini lag‘monning ipi bilan bog‘lash mumkinligini ëzar ekan, oqibati nima bo‘lishini ham ta'kidlab ketgan edi.

Natija

Bog‘lar — cho‘l, tog‘laring talqona chiqdi,
Rost deb aytganlaring yolg‘ona chiqdi.
Daryo deb qazganing do‘ndi zaxkashga,
Qasr deb qurganing — molxona chiqdi.

Darhaqiqat, O‘zbekiston matbuoti mustaqillik qasri deya ataydigan oshiën molxona, uning sokinlari esa mol bo‘lib chiqdi.

G‘azzoliy aytganidek, qorni ochsa, ovqat yeydigan, charchasa, uxlaydigan, hirsi qo‘zisa, juftiga qo‘shiladigan hayvon. Rossiyadagi kampirlarni zo‘rlagan o‘zbek mardikorlari hikoyasining esa matbuotda siyqasi chiqib bo‘ldi.

Bugun marhum shoir og‘amiz Matnazar Abdulhakim she'riyati prizmasi orqali ko‘ringan manzara shunday.

Komil Yashinning “Inqilob tongi” spektaklidagi mazlum rolini o‘ynagan Amin Turdiev “Ahvolimiz tomoshabopmi?” deydi.

Spektakldagi bu jumla aytilganidan keyin ruslar Buxoroni ishg‘ol qiladi.

Buxoro bir olma kabi uzilib ruslarning qo‘liga tushadi. Chunki amir bachchabozlik, ovqat yeyish va o‘g‘irlikdan boshqa narsani o‘ylamagan.

Chunki mullalar davlatchilik va milliy manfaatni kufr deb bilishgan. Chunki oddiy xalq avom, boylar johil, askarlar esa och bo‘lgan.

Bu davr haqida Avaz O‘tar ëzadi:

Sipohi pora istar,
Mullo ijora istar,
Bechora chora istar,
Bir chora zamon bormu.

Bu chora “millatparvarlik” degan siyqa kalimaga joy bo‘lganiga Matnazar og‘a chin dildan ishonar edi.

Matnazar og‘aning eng sevgan hikoyasi ulug‘ islom olimi Najmiddin Kubroning mo‘g‘ullarga qarshi qo‘lida qurol olib kurashgani haqida:
«Din ahllari va ayniqsa so‘fiylarning o‘z ichiga ëshurunib, millat uchun kurashmagani aytiladi.

Boz ustiga, mullalar chor askarlariga Toshkent darvozasini ochib bergani ta'na-dashnom bilan eslanadi.

Ammo so‘fiy Najmiddin Kubro qo‘liga qilich olib, bosqinchilar bilan kurashib, o‘z davlati va millatini himoya qiladi.

Tengsiz kurashda Najmiddin Kubro mo‘g‘ullar sanchgan o‘nlab nayzalar zahmidan yiqilar ekan, so‘ng damda panjalari bilan dushman bayrog‘ini g‘ijimlaydi.

Millat qahramoni Najmiddin Kubro yerga yiqilar ekan, o‘zi bilan birga dushman tug‘ini ham yerparchin qiladi.

Matnazar og‘a uchun, qolaversa, men kabi u kishining ukalari uchun bu vatanparvarlikning go‘zal hikoyasi edi.

Garchi Chingizxon Najmiddin Kubroga ko‘p pul hamda lavozimlar va'da berib, evaziga faqat bir narsa – qarshilik qilmaslikni so‘ragan edi.

Ammo Shayx Najmiddin Kubro o‘z davlatini bosqinchilardan himoya qilishni dushman qo‘lidan ehson olib tirik yashashdan afzal deb bildi.

Bobom Shayx Najmiddin Kubro qo‘lida,
G‘ijimlanib qolgan manfur tug‘laring.

Chirib-chirib ëtar Urganch yo‘lida, – deb ëzgan edi marhum shoir og‘amiz.

Assalom, O‘zbekiston, juma muborak.

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
18 march 2022
Mana yana xafta aylanib, siz bilan yuzma yuzman. Bu xafta ichida butun  taraqqiyparvar dunë Rossiya bosqiniga qarshi mardonavor kurashib ...
22 january 2018
Rasmda ko‘raëtganingiz «Setra» avtobusi oldida selfiga tushgan Maqsad O‘zbekistonning 52 vatandoshini so‘nggi manzilga eltgan avtobusning tirik qolgan haydovchisi. Bu ...
13 february 2018
Prezident Mirziyoev 13 fevral kuni Davlat bojxona qo‘mitasi raisi general Muidjon Tohiriyni ishdan olib, o‘rniga Murodjon Azimovni tayinladi. O‘zbekiston ...
23 november 2016
Avvaliga ijtimoiy tarmoqda feyk akkauntlar orqali tarqalgan, Gulnora Karimovaning o‘lgani yoki tirikligiga oid xabarlar tezgina o‘zini jiddiy deya sanagan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...