Asosiy mavzular
30 january 2020

Koronavirus bois Qozog‘iston Xitoy bilan barcha qatnovlarni to‘xtatdi

Qozog‘iston Xitoyga va Xitoydan yӯlovchilar transporti qatnovini to‘xtatish bilan birga Xitoy vatandoshlariga viza berishni ham cheklamoqda. 

Bu haqda mamlakat bosh vazirining rasmiy saytida xabar berilgan. 

Xabarda aytilishicha, 29 yanvardan Qozog‘iston va XXR o‘rtasida yo‘lovchilar avtobusi, 1 fevraldan yo‘lovchilar poezdi, 3 fevraldan tizimli aviaqatnovlar, shu bilan birga, Xitoy vatandoshlariga viza berish vaqtincha to‘xtatiladi. 

Sharqiy Turkistondagi telekanallardan skrinshot

4-8 fevral kunlari Xalqaro tennis federatsiyasining Federatsiya kubogi saralash matchlarini XXRning Dunguan shahridan Qozog‘istonning Nur-Sulton shahriga ko‘chirish to‘g‘risidagi takliflar inobatga olinmadi.

12-16 fevral kunlari suv polosi bo‘yicha Osiyo saralash chempionati ham  o‘tkazilmaydi.

Qozog‘iston hukumati huzuridagi idoralararo komissiya vaziyatni kunu tun nazorat qilmoqda. 

Sharqiy Turkistondagi telekanallardan skrinshot

29 yanvar holati bo‘yicha Qozog‘istonda koronavirus infektsiyasi bilan xastalangan bemorlar rӯyxatga olinmagan. Mazkur muammo Qozog‘iston hukumati tomonidan alohida nazoratga olingan.

Ko‘pgina davlatlar Xitoyda koronavirusning yangi shakli (2019-nCoV) tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat murakkablashayotgani munosabati bilan mazkur davlat bilan aloqalarni vaqtincha cheklayotgan bir paytda O‘zbekiston hukumati bu borada jiddiy chora-tadbirlar ko‘rmayotgani afsuslanarlidir. 

Hozirgi kungacha O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining “Xitoyga tashrif buyurmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga”, degan bayonoti tarqatilishidan boshqa hech qanday jiddiy choralar ko‘rilgani yo‘q. 

Sharqiy Turkistondagi telekanallardan skrinshot

Unda “vatandoshlarimizning sog‘lig‘iga bo‘lgan ehtimoliy xavf-xatarlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston fuqarolariga Xitoyga xizmat, turistik va boshqa maqsadlarda tashrif buyurishdan tiyilib turishlari qat'iy tavsiya etiladi”, deyiladi.

Xitoy hukumati koronavirus xastaligiga chalinganlar va undan vafot etganlarning aniq sonini yashiraëtgani haqida shov-shuvlar tarqalmoqda.

Rasmiy manbalarda kasallikka chalinganlar soni olti mingdan, vafot etganlar soni esa 132 nafardan sal ko‘p, deya ma'lumot berilmoqda. 

Biroq “Eltuz” bilan suhbatda xitoyliklar hukumat tarqatayotgan rasmiy ma'lumotlar noto‘g‘ri ekanini bildirishdi. 

Biz bilan suhbatda bo‘lgan sharqiy turkistonlik millatdoshimiz Gulinam Emin koronavirus o‘z yurtiga ham kirib kelganini, mintaqada 50 dan ko‘p kishi kasallikka chalinganini, ular orasida bir nafar millatdoshimiz, ya'ni o‘zbek ham borligini, ayni chog‘da Xo‘tan kasalxonasida davolanayotganini ma'lum qildi. 

Ayni paytda bu ma'lumotning rasmiy tasdig‘i ëki inkori “Eltuz”da yo‘q.

Eltuz.com muxbiri

Tag‘in o‘qing
19 may 2016
Eltuz.com nashri fermerlarning bugungi abgor xolatini aks ettirgan rassom Elsevarning yangi karikaturasini taqdim etadi. O‘zbek fermerining boshi yil o‘n ...
23 february 2019
​​Evril Turonning poytaxtni Jizzaxga ko‘chirish haqidagi taklifini ko‘pchilik kulgi ostiga oldi, kimdir paxta qo‘yish sifatida baholadi. Menga esa taklif ...
28 july 2016
Samarqandda markaziy yo‘l chekkasida yashovchi aholiga, tomlarini yangi, maxsus rangdagi shifer bilan qoplash va uyi oldiga bir yarim metrlik ...
2 june 2022
Rassom Tuzdan yangi karikatura eltuz.com
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...