Catira
12 february 2020

Yaxshiyam Saida teatrni sevarkan. Sevmasa nima bo‘lardi?

Gapning qisqasi, «Ilhom» teatrini o‘z o‘rnida qoldirishga erishildi. Ammo Toshkentdagi «Ilhom» teatri atrofida gap chuvalashdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda «Ilhom» teatr borligini, teatr binosi qaerda joylashganini biladiganlar ham, bilmaydiganlar ham birday ayyuhannos solishdi.

«Ilhom» teatri joylashgan «Ofelos plaza» MChJga tegishli bino Mirziëevlar oilasiga, aniqrog‘i, kuyoviga tegishli ekaniga oid xabarlar ham yangradi.

Mulk shubhali podpolkovniklar orqali Mirziëev oilasiga quda bo‘lgan polkovniklarniki, degan gaplar ham chiqdi.

Bunday xabarlar ortidan o‘z binosidan «Ilhom» teatrini haydab chiqarish tadorigini ko‘rgan mulk egasi bo‘lmish «Ofelos plaza» MChJ rahbariyatining qulog‘ini tortib qo‘yadiganlar topildi.

Bu ishga dastlab prezidentning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoeva aralashdi. U boshpanasiz qolishi mumkin bo‘lgan «Ilhom» teatrini himoya qilishini bildirdi.

«Ilhom» teatri bilan bog‘liq vaziyatga izoh bermoqchiman. Men o‘zim teatr san'ati muxlisiman. Ushbu masala atrofida aytilayotgan tashvishli gap-so‘zlarni eshitib, sizni ishontirib aytamanki, biz teatrimizni hech kimga xafa qildirib qo‘ymaymiz! «Ilhom» – madaniy hayotimizning faxri!» deb yozdi S.Mirziyoeva tarmoqdagi sahifasida.

Qarang, “Men o‘zim teatr san'ati muxlisiman”, dedi. Mabodo muxlisi bo‘lmasa, teatr ko‘chaga quvilarmidi?

Saida Mirziyoevadan chiqqan sadodan unumli foydalangan madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 11 fevral kuni teatrga borib, bino direktori bilan uchrashgani va «teatrni o‘z o‘rnida saqlab qolish»ga erishganini bildirdi.

Xullas, «Ilhom» teatri joyida qoladigan bo‘ldi.

Katta ehtimol bilan tarmoqda «Ilhom» teatridan qo‘lingni tort, kuyov!» degan sadolar yangramaganida, Saida Mirziyoeva teatr san'ati muxlisi bo‘lmaganda, «Ilhom» teatri jamoasi ko‘chada qolishi ham mumkin edi!

Holbuki, bugun nafaqat «Ilhom» teatrining, balki Ӯzbekistondagi barcha teatrlarning ahvoli maqtagulik emas. Ko‘p teatrlar qator-qator muammolar iskanjasida qolmoqda. Ma'naviyatimiz, madaniyatimiz, san'atimiz, teatrimiz rivojlanayotgani haqida jar solayotgan hukumatning esa mazkur sohaga e'tibori past.

Ismi-sharifi sir qolishi sharti bilan bizga bugungi teatrlar ahvoli haqida ma'lumot bergan soha mutaxassisining aytishicha, mamlakatimizda teatrlarga munosabat o‘zgarishi uchun hali ko‘p ishlar qilinishi kerak. Ko‘p gaplar qog‘ozda qolib ketyapti. Yoshlar uchun hech qanday sharoitlar yӯq.

Yangi spektakllarni sahnalashtirishga Madaniyat vazirligining Teatrlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Muqaddas degan ayol yo‘l bermaydi. Asosiysi, spektakllar uchun kiyim masalasi jiddiy muammo. Tomoshabinlarni jalb qilish qiyinligi haqida gapirmasak ham bӯladi.

Eltuz muxbiri

Tag‘in o‘qing
23 november 2025
Jurnalist Navbahor Imomova yozadi: Itni ham, bitni ham mehmonga chaqirib, tekin boqib, yana qo‘liga bebaho durdonalarni tutqazib, ta'zim qilib ...
19 march 2021
Rassom Elsevar
4 october 2016
Yaqinda hammasi zo‘r bo‘ladi! Sizga rahmat, Shavkat aka! O‘zbek internet segmentida kelgusidagi ijobiy o‘zgarishlar va ularga yangi hukumat erishishi ...
18 march 2023
Rassom O‘rumbay Oxunovning yuz yillik tavalludiga bag‘ishlanadi Qirg‘izistondagi birinchi professional rassom O‘rumboy Oxunov 1923 yil 21 martda Navro‘z bayrami ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...