RTdan va'z: Prokuratura oldida o‘zini ëqqan aël
Karamzin degan rus ëzuvchidan «Rossiya amaldorlari nima qilyapti?» deb so‘rashsa, «O‘g‘irlayapti», degandi. Mendan o‘zbek amaldorlari nima qilyapti, deb so‘rasangiz, “o‘g‘irlayapti bachchag‘arlar”, deyman shartta.
Bu xuddi inqilob arafasidagi olgan ololoqniki degan talvasaga mengzaydi.
Bunday anarxiya yanvar oyida bo‘lsa, albatta, fevralda odamlarning joniga tegadi. Fevral degan so‘zni yaxshi ko‘raman. Turkiston ham mansub bo‘lgan Chor Rossiyasida 1917 yilgi inqilob o‘zgarishlar xamirturushi bo‘lgan edi.
Qo‘qondan chiqqan yurtdoshimiz Kerenskiy turmalar eshiklarini ochib, barchaga erk, ozodlik va haq-huquq bergan edi. Keyinchalik bolsheviklar bu haq-huquqdan foydalanib, haq bergan Kerenskiyni mamlakatdan badarg‘a qilishdi.
O‘zi shunday agressiv toifalar bo‘ladi. Barmog‘ingni bersang, tirsaginggacha yutaman degan. Bu agressiv va ekstremist to‘dalar haq-huquq va erkinlik bergan odamning o‘zini dorga osishni orzu qiladi.
23 fevralda kimlardir bir-birini Qizil armiya kuni bilan muborakbod qiladi. Bu noto‘g‘ri. Cho‘lpon, Fitrat va Qodiriy kabi bobolarimizni Qizil armiya askarlari otib o‘ldirgan.
Fevral oyida shoh Bobur va hazrat Navoiy tug‘ilgan. 20 fevralda esa ustoz shoir Matnazar Abdulhakim tug‘ilgan.
Fevral – qishning so‘nggi oyi.
Bunda qorning taglarida qish, bahor uchun so‘ylaydi olqish.
Hamid Olimjonning bu misralari fevralga atalgan bo‘lsa, ne tong.
Fevraldan keyin mart keladi. 8 mart 14 fevral kuni sovg‘a ololmay qolgan qizlarga atir hadya qilinadigan kun. Bugungi va'zimiz ham ayollar haqida, faqat bu haqda xabarlardan keyin fikrlashamiz.
Mahalliy xabarlar
17 fevral kuni rossiyalik xokkeychilarga prezident Mirziyoev sovg‘a qilgan kvartira kalitlari topshirildi. O‘tgan yili prezident farmoni bilan hali mamlakat sportiga hech bir hissa qo‘shmagan Rossiya xokkeychilariga Toshkent shahri markazidan kvartira ajratishga qaror qilingandi.
Termiz tumani turg‘uni, 39 yashar usta aka temir quvurni ëg‘ochga qoqib, qo‘lbola miltiq yasadi. Kattaroq to‘pponchani eslatadigan miltiq nishonga bexato urishi bilan boshqa miltiqlardan qolishmasdi. Ixtirodan xabar topgan IIB xodimlari xaridor qiëfasiga kirib, miltiqni sotib olish istagini bildirishdi. Termizlik qurolsoz qo‘lbola usulda o‘zi yasagan o‘qotar qurol va 12 dona patronni jami bir million 750 ming so‘m evaziga sotayotgan vaqtida qo‘liga kishan solindi. Usta qamoqda. Miltiq musodara qilindi.
Andijon viloyati Bo‘ston tumanidagi 23-umumta'lim maktabida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Mashhura Solieva maktab direktori o‘rinbosari Gulchehra Sulaymonovaga dars vaqtida pichoq bilan tashlanib, tan jarohati yetkazdi. Direktor o‘rinbosari yarador bo‘lib, shifoxonaga tushdi. Asabiy o‘qituvchini IIB xodimlari tinchitdi.
Xorazm viloyati Shovot tumani markaziy dehqon bozorida sotilayotgan lotereyada Shovot turg‘uni o‘z omadini sinab ko‘rdi va yutug‘iga SPARK mashinasi chiqdi. Ammo o‘sha joyda lotereya sotuvchisi yutuqli lotereyani xaridor qo‘lidan yulib oldi va unga 1000$ taklif qildi. Lekin omadi chopgan shovotlik yigit rozi bo‘lmay, lotereyani berishini talab qildi. Sotuvchi esa u yerdan mingga qo‘yib qochdi. Odamlar quvib uni ushlab militsiyaga berishdi. Ammo lotereya topilmadi. Do‘konchi chaynab yutib yuborgan, degan taxminni IIV tergovchilari ko‘rib chiqmoqda.
Chet el xabarlari
Germaniyaning Frankfurt shahri sharqidagi Xanau shaharchasidagi ikki chilimxonaga noma'lum kishilar qurolli hujum uyushtirdi. Bild va ARD telekanalining ëzishicha, kamida 8 kishi o‘ldirilgan. Qotil hujumchi qochishga ulgurdi. Hujum sabablari ochiqlanmadi.
20 fevraldan boshlab koronavirus epidemiyasi bois Xitoydan Rossiyaga vaqtinchalik kirish taqiqlandi. Bundan norozi Rossiya sayyohlik shirkatlari tovon puli talab qilishmoqda. Ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra, turoperatorlarning bundan ko‘radigan zarari 3 milliard rubldan 30 milliard rublgacha yetishi mumkin.
Keldi ochilur chog‘ing
Keldi ochilur chog‘ing, o‘zliging namoën qil¸
Parchalab kishanlarni har tomon parishon qil¸
Maktab anjuman borg‘il¸ unda fikr ochib gohi¸
Ilm-fan tig‘i birlan zulm bag‘rini qon qil.
Bundan 90 yil muqaddam o‘zbek shoiri Hamzaning o‘zbek aëllariga xitoban aytgan bu misralari bugun ham dolzarbday tuyuladi.
Hali mart kelmasidanoq, oy ham, kun ham xotinlarga qarab chiqa boshladi. Boëvut tumaniga xotin hokim saylandi. Umuman, yangi O‘zbekiston tarixida beshdan ziëd ayol hokim bo‘lgan. Shundan ikkitasini shaxsan tanir edim. Biri Bog‘ot tumani hokimi rahmatlik Shakarjon opa bo‘lsa, yana biri Xorazm viloyatini 1991 yilgacha boshqargan Reymajon opa edi.
Ammo o‘zbek maqollarida aëlning roli kamsitilganini ko‘ramiz. Aël boshlagan to‘y tarqaydi, deyishadi.
Ammo tarixga qarasak, Britaniyani eng kuchli qilgan Margaret Tetcher, Germaniyani qudratli qilgan Angela Merkel ekanini ko‘ramiz.
Ularning fonida o‘zbek aëlining rangi tussiz, boshi egik, ruhi so‘niq ko‘rinadi.
Davr evrilishlari chorrahasida qolgan o‘zbek aëlining bugungi haëti, uning bugungi qiëfasi na oq va na qora – u haëtning o‘zi kabi rangindir. O‘zgarishlar davri qismatini belgilagan ayrim aëllar misolida ana shu ranginlikka bir nazar tashlaylik.
Bugungi o‘zbek aëllari turmushining jamiyat ichidagi manzarasiga nazar tashlasak, o‘zbek aëlining bugungi qiëfasi turli shamoyillarda namoën bo‘laëtganini ko‘ramiz.
O‘zbek aëli – oila boquvchi tadbirkor. O‘zbek aëli – oilaning o‘tidan kirib, kulidan chiqadigan temir xotin.
O‘zbek aëli – Dubay, Istanbul islovatxonalarini obod qilaëtgan fohisha. O‘zbek aëli – o‘z farzandini pul evaziga sotaëtgan bolafurush.
O‘zbek aëli – ilojsizlikdan bilagiga igna tiqqan narkoman. O‘zbek aëli – Moskva ko‘chalarini supuraëtgan mardikor, farrosh.
O‘zbek aëli – o‘zi yemasdan bolalariga yedirgan ona, akasi haqida qayg‘urgan singil, ukalarini yetaklagan opa, olisdagi nabiralariga telefonda ertak aytaëtgan buvi.
G‘afur G‘ulom aytganidek, o‘zbek xotinlari mujassam iffat, mujassam nafosat, mujassami or.
Saidani Arabistonga kim jo‘natdi?
O‘tgan haftada korrutsionerlarning o‘g‘irlagan pullarni saqlashi uchun eng sevimli joy bo‘lgan Dubayda Ayollar global forumi bo‘lib o‘tdi, unda prezidentning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoeva so‘zga chiqdi.
Bir yo‘la uning gender tengligi komissiyasi a'zosi ekani ham ayon bo‘ldi.
Oddiy insoniy mantiq va adolat tuyg‘usi mamlakatni eng yaxshi, eng munosib vakillari bo‘lgan ayollar tamsil qilishi kerakligini anglatmaydimi?
Masalan, eng taniqli shifokorlar yoki boshqa sohalardagi yuqori malakali mutaxassislar, yoki ayollar huquqlari bo‘yicha faollar yo‘qmi? U yerga kimni jo‘natishdi? Hozirgacha biror-bir kasbiy sohada yoki ijtimoiy faoliyatda o‘zini namoyon qilmagan prezidentning qizini.
Nega aynan uni jo‘natishdi? Ta'kidlash joizki, O‘zbekistonning birinchi oilasi Dubay hukmdori shayx Muhammad ibn Roshid al-Maktum oilasining do‘stidir. Masalan, o‘tgan yozda prezident Mirziyoevning o‘g‘li, kuyovi va nabirasi Dubay hukmdori o‘g‘lining to‘yida ishtirok etgan va o‘tgan yilning noyabr oyida Mirziyoevning kuyovlari O‘zbekistonda Qizil kitobga kirgan qushlarni ovlagan Dubayning valiahd shahzodasi sharafiga ziyofat bergan edi.
Ochiq-oydin ko‘rinadiki, Saida Mirziyoevani o‘z sohasining mohir mutaxassisi bo‘lgan shaxs sifatida emas, balki prezidentning qizi bo‘lgani uchun taklif qilishgan.
Mayli, maydalashib o‘tirmaymiz, uning allaqaysi ayollar forumida ishtirok etishi shoxlab ketgan korruptsion hokimiyatning kirdikorlari fonida hech narsani o‘zgartirmaydi.
Biroq agar Saida O‘zbekistonni munosib tarzda tamsil qilgan yoki biror aqlli nutq so‘zlagan bo‘lsa edi, ushbu epizod haqida gapirishga o‘rin ham qolmasdi.
Biroq u nimalarni gapiryapti? Uning forumdagi gaplariga ko‘ra, «eng qiyin vazifa – bu ayollarni, ularning yaxshi hayotga munosib ekanliklariga ishontirish» emish. Bundan chiqadiki, O‘zbekistondagi ayollar shu qadar gap uqmas ekanki, ularni yaxshiroq yashashlari kerakligiga ishontirish katta bir muammo ekan? Bu jiddiy gapmi?
Demak, iqtisodni vayron qilgan va mamlakat byudjetini o‘margan davlat idoralari mutlaqo aybsiz ekan-da?
Unda nima uchun erkaklar uzoq vaqt davomida Rossiya va boshqa yurtlarga pul ishlash uchun ketishmoqda, xotinlari va bolalarini oylar davomida otasiz, qarovsiz qoldirishmoqda?
Nega unda alamzada ayollar umidsizlikdan o‘z farzandlarini sotishmoqda?
Siyqasi chiqqan turli teleko‘rsatuvlar orqali ayollarga har doim ularning joylari qaerdaligi ko‘rsatiladi. Ularga yaxshi xotin va itoatkor kelin bo‘lib uyda o‘tirishlari, uy ishlarini qilishlari, bola boqishlari kerakligi uqtiriladi.
Eng muhimi, itoatkorlik, aqlni ishlatish va o‘zligini anglash ularga emas. Din peshvolari ham ayollarga shuni uqtiradi.
Natijada mas'uliyatsiz erkaklar fonida chorasiz ayollar o‘z bolalaridan kechishga va sotishga tayyor bo‘lishadi.
Otasi prezident bo‘lguniga qadar hech kim tanimagan Saida Mirziyoeva, aftidan, o‘zi o‘ylab topgan, yaxshi yashashni istamaydigan, buni tushuntirish ham qiyin bo‘lgan alaqaysi ahmoq ayollar haqida gapirmoqda.
Bu ayollar o‘zlarini yaxshi yashashga nomunosib deya bilisharmish. Nahotki yangi malikamizning miyalarida shakllangan dunyo tasavvuri shu darajada bo‘lsa?
Mayli, dabdurustdan Saidani ahmoqlikda ayblamaylik. Ehtimol, uning nutqini spitchrayterlari yozib berishgandir, ehtimol bu gaplarni Xotin-qizlar qo‘mitasidagilar o‘ylab topgandir.
Aytgancha, ushbu ayollar qo‘mitasi o‘tgan yili jinoyatga moyil bo‘lgan 23 toifadagi ayollar ro‘yxatini tuzgan edi.
Xotin-qizlar qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, barcha ishsiz ayollar, uzoq vaqtdan keyin uylariga qaytgan, ajrashishni istayotgan ayollar, vaqtincha Toshkentda yashaydigan, ro‘yxatdan o‘tmagan ayollar, yolg‘iz onalar va hatto barcha nogiron ayollar jinoyatga moyil ayollar toifasiga kirarkan!
Saida Mirziyoeva uni Dubayda boshqa bir martabali ayol Ivanka Tramp bilan tanishtirishganini aytib maqtandi. Uning ham asosiy fazilati yanada qudratliroq bo‘lgan boshqa bir prezidentning qizi bo‘lgani edi.
O‘zini yoqqan ayol
Men uchun kechgan haftada o‘z uyini himoya qilib bolta ko‘targan aël prezident qizidan ko‘ra qadrliroqdir.
Qashqadaryo viloyati prokuraturasi binosi oldida19 fevral kuni ertalab soat 9-10 lar atrofida Muqaddas Mustafoeva o‘z ustiga benzin sepib, o‘t qo‘ydi.
Bu aëlning mash'ala kabi ëngan tanasi labini shishirgan prezident qizining nozli nutqidan ko‘ra ta'sirli emasmi?
Sen ënmasang
Men ënmasam,
Biz ënmasak,
Qanday qilib
Qorong‘ulikni
Oydin qilamiz?
Nozim Hikmat she'ri edi bu. Ba'zan oddiygina qo‘shiqqa solib aytiladigan she'r bizga eng yuqori minbarlardan turib aytilgan nutqdan ham ko‘proq ta'sir qiladi.
Dunyoda borligingdan quvonadirman
Tarmoqdagi baqir-chaqirlardan bezib Matnazar Abdulhakimning bir she'rini esladim.
She'r tiqilinch avtobus ichidagi shovqin-suron tasviri bilan boshlanadi.
Kimdir hamënini oldirgani bois dod solgan. Yana birov tiqilinchda oëg‘ini bosib olgan xotinga o‘shqirgan. Kimdir kelini, yana kimdir qaynonasini qarg‘agan.
Baqir-chaqir, so‘kinish va haqoratlar yig‘indisi bo‘lgan ëqimsiz shovqin.
Shunda kimdir magnitofon tugmasini bosib, qo‘shiq qo‘yadi.
Otajon Xudoyshukurov kuylagan «Dunëda borligingdan quvonaman» degan qo‘shiq.
Birdan hamma jim bo‘ladi.
Dunëda boshqa bir odamning borligidan quvonadigan yana bir odam mavjudligidan hayratlanishadi.
Nafrat o‘rnini huzun va halovat egallaydi.
Hazoraspdan Urganchgacha bo‘lgan 70 km yo‘lning davomini avtobus ahli jimgina qo‘shiq tinglagan holda uzun o‘y surib ketishdi.
Endi avtobus tiqilinch emasligi, dunë kengligi va unda shodligu quvonchga ham joy borligi aën bo‘lgandi…
Qorong‘u dillarni yoritib birdan
Jaranglay boshladi nurafshon so‘zlar.
Alanglab turdi-da bunday sehrdan,
Mo‘ltirab qoldilar o‘qraygan ko‘zlar.
Xonanda chekardi kassetada oh,
Kimningdir kimgadir zorligi uchun.
Yurakdan hayqirib quvonardi goh
Birovning dunyoda borligi uchun.
Ilg‘ab har bir so‘zdan qutlug‘ ziyoni,
Ko‘zlarini ochdi bir parcha voha.
Har yurakda pinhon ming bir dunyoni
Yoritib yubordi Otajon og‘a.
Sarob yo‘qolgandek shu bir nafasda,
Ketdi anduhlarni yangroq kuy olib.
Boya maymunlardek edik qafasda,
Endi-chi, turardik mulzam, uyalib.
Yigitni indamay tushundik bizlar,
Bildik, g‘amimizni yeganligini.
Angladik, dunyoda musaffo hislar
Abadiy barqaror ekanligini.
Yigit bir bekatda tushib qolgan so‘ng
Bir-birovga boqib jim o‘yga toldik.
Eng baxtli tush birdan kelgan kabi o‘ng,
Mashina keng ekan, biz payqab qoldik.
Esladik: hamisha shodlanganmiz-ku,
Kimningdir bizlarga zorligi uchun.
Hozir ham safarga otlanganmiz-ku,
Kimningdir dunyoda borligi uchun.
O‘sha avtobus ichida men ham bor edim. Qo‘shiqni eshitib, eng avvalo, onam ko‘z oldimga keldi. Onam mening dunëda borligim uchungina hech bir ta'masiz quvonadigan zot. Men ham onamning borligi va tirikligi uchun quvonaman. Menga ta'lim bergan ustozimning dunëda borligi uchun ham quvonaman. Farzandlarim oëg‘iga tikan kirmagani uchun ham quvonaman.
Dunëda borligingdan quvonadirman.
Baqir-chaqir, urush-to‘polon, mushtumzo‘rlik avjiga chiqqan bir paytda kimdir tugmani bossin.
Jimgina ichimizga ko‘milib, Otajon og‘a qo‘shig‘ini eshitaylik. Jag‘imiz bir oz dam olsin. Nafrat, kin va adovatdan olisda bizni yaxshi ko‘radiganlarni o‘ylab, ichimiz ërishsin.
Dunëda biz yaxshi ko‘radigan va bizni yaxshi ko‘radiganlar bor va ular sog‘u salomat bo‘lsin.
Assalom, O‘zbekiston, juma muborak!
Rassom Tuz
