Asosiy mavzular
12 may 2020

Absattorning kundaligi-3. Musodara qilingan nos

Haëtilla damaschi bilan Madina temir reshyotkaning bu yog‘ida, Absattor esa narëg‘ida turardi. Chapani¸ kambag‘al bo‘sayam uncha-muncha odamga gap bermaydigan Absattorning yarim kunda ruhan sinib, cho‘kib qolganini ko‘rgan Madinaning ichi g‘ussaga to‘ldi. Ko‘ziga ësh keldi.

Mana, Absattor turibdi panjaraning ortida¸ agar unga yo‘l-yo‘l kiyim kiydirsangiz, nemis kontslagerida 10 yil ëtgan juhudni o‘zi bo‘lardi-qolardi.

Nihoyat Absattorning tili kalimaga keldi:

– Nosing bormi, Haëtilla?

Haëtilla nos shishasini uzatmoqchi edi, Absattorning tepasida turgan bedapoya pogon:

“Mumkinbas. Nelzya. Byaxga apke”, deb Haëtillaning nos shishasidagi nosni o‘zining shishasiga ag‘dardi. Bir otimni tilining tagiga tashab, bo‘sh shishani Haëtillaga qaytarib berdi.

Boshqa payt bo‘lganida Absattor bu nagliy bedapoya pogonni urib o‘ldirib tashardi. Ammo hozir territoriya uniki. Sekin bo‘ynini qisib, ayanch bir tarzda jilmayib, “Mayli, nachalnik, nelzya bo‘lsa nelzyada”, deb g‘o‘ldiradi. It urishganda yengilgan itlar shunaqa ayanchli bo‘ladi.

Shu payt panjaraning narigi tomonida kimningdir baland bas ovozda qo‘shiq aytgani eshitildi:

“Men sizdan davo topdim, mehribon shifokorlar” .

Bedapoya pogon qo‘rqqanidan ko‘karib ketdi. Darrov besh yuz so‘mlik pulni voronka qilib, og‘zidagi nosni ichiga tupurib, g‘ijimlab otib yubordi. Keyin birdan qo‘lini kozerogga oborib chest berdi.

Panjaraning narëg‘ida nachalnik milisaning o‘zi qo‘shiq aytaëtgan edi.

-E, Madina Ibragimovna. Najot farishtasi. Bormisiz, doktor. Shu kunlarda davleniyam ko‘tarilgan. Ë koronavirus bo‘lib qoldimmi va xa-xa-xa.

Boshliq hammani kuldiradigan askiya aytdim, deb kerilib atrofga qaradi. Atrofdagi milisa bollar dumalab kular, bitta leytenant bo‘lsa, «Yashang, xo‘jayin, tashang beshni!» deb boshliqqa qo‘lini uzatdi.

Boshliq uning qo‘lini olmadi. Birdan yuziga vahshiy tus berib:

“Bo‘ldi qilish! Hamma ish joyiga, shagom marsh. Maskang qani, seni buvingdi silay!«

Atrof suv quyganday jiim bo‘lib qoldi.

Boshliq endi jiddiyroq, ammo muloyim ohangda Madinaga qarab:

“Singlim, xonamga kiring, davleniyamni o‘lchab qo‘ying”, dedi. Madina boshliqqa qarab nozli jilmaydi.

Baland poshna tuflisi bois, tashqariga irg‘ib chiqqan dumbalarini to‘rva ichidagi ikkita handalak kabi o‘ynatgan Madina boshliqning ortidan sallonib chiqib ketdi.

Absattor va Haëtilla baqrayib turishardi. Birinchi bo‘lib Haëtilla o‘ziga keldi. Ko‘zini qisib, oltin tishini ko‘rsatib jilmayib, “Madina sening ishingni hal qilishga ketdi”,  deb shipshidi.

Absattorning ichida bir-biriga zid his tuyg‘ular tug‘ën urardi. Bir tarafdan, Madinaning milisa nachalnikning davleniyasini o‘lchagani uning bu yerdagi polojeniyasini yaxshilaganini tushunardi.

Ikkinchi tarafdan, ichini rashkka o‘xshash his kemira boshlagandi.

«Jamiyatda kichkina odam bo‘lishning yaxshi joyi yo‘q. Nosingni olib chekishadi. Telkangni qo‘lingdan olib ezg‘ilashadi. Pomsh piraduxta ham senga kelganda tugab qoladi. Uyga keb serial ko‘rmoqchi bo‘sang, svet o‘chadi. Daje xotining ham seni nazar-pisand qilmaydi. Ko‘chadan tuzukroq mashina o‘tsa, bollaring havas bilan termulib, senda shunday mashina bo‘lmagani uchun jerkib qo‘yishadi. Bola degan otasi kambag‘al qashshoq bo‘sayam hurmat qilishi kerak. Tarbiya nol. Anavi kuni bollardi gapiga quloq solsam, nuqul boy odamlar haqida gaplashib o‘tirishibdi. Ey, buvingdi silaylar. Boylik muhim emas. Manetda insop bo‘lishi kerak. (Absattor qo‘li bilan ko‘kragiga urmoqchi edi, ammo qo‘lidagi kishanni ko‘rib, yana bo‘ynini qisdi). Odam ma'naviy boy bo‘lsin.  Inson bo‘lsin. Exx, hech kim shuni tushunmaydi, itvachchalar!» deya Absattor battar tushkunlikka tushdi.

Nachalnik dag‘dag‘asi

Bedapoya pogon dalshe nima qilishini bilmay qotgan. Kutish holati. Yarim soatcha o‘tadi. Bir payt oldinda nachalnik milisa, ortida esa Madina uzun-qisqa bo‘lib chiqib kelishdi. Nachalnik milisa qornining tagiga tushib ketgan shimini ko‘tarib, pistolet koburasini to‘g‘illab qo‘yadi. Bir qo‘lida popka. Madina to‘zg‘igan sochlarini yo‘l-yo‘lakay tartibga solib kelar edi. Lab bo‘ëg‘i ham o‘chib ketibdi Madinaning. Nachalnik milisaning afzoi tushuniksiz edi. Xuddi chala bulutli osmonga o‘xshardi. Ëmg‘ir ëg‘adimi, quësh chiqadimi, bilib bo‘lmaydi.

Nachalnik milisa qo‘lidagi popkani ochib, «Boymirzaev kim u?» deb baqirdi.

Bedapoya pogon Absattorning yelkasidan g‘ijimlab oldinga itarib, «mashi», dedi.  Nachalnik «Chiqar byaxga», dedi hukmfarmon ovoz bilan.

Bedapoya pogon qo‘lidagi kalit bilan panjarani ochib, Absattorni chiqardi. Ag‘ini Absattorni o‘zidan eshitamiz.

«Orqamdan mushuk bola kabi changallagan bedapoya pogon meni tashqariga chiqardi. Yelkamni qisib, sekin ilgari jildim. “Stoyat”, dedi nachalnik. Men nachalnikka sekin qarab, qo‘rqib ketdim. U mening delomni o‘qir edi. Keyin birdan koburasidan Makarov pistoletini chiqarib, peshanamga tiradi. “Menga qara, iplaas. Hozir respublikada favqulloda holat e'lon qilingan. Lyuboy minutda senlarni otib tashash polnomochiyasi bor menda. Sen o‘zi kimsan, it. Nega vlastga qarshilik qilding. Nega soldatga qo‘l ko‘tarding. Buyam yetmaganday, oilang, bolang bo‘lib turib shu og‘ir kunlarda koronavirusga qarshi fidokorona  kurashaëtgan tibbiët xodimiga tegajog‘lik qilgansan. Bu gapni aytaëtib, Madinaga bir qarab qo‘ydi. Ma'naviy buzuq odamsan. Qashshoqmisan, haddingni bil, qanjiq, deb qornimga bir musht tushirdi. Og‘riqdan a'zoi badanim qaqshadi. Ichim to‘kilib ketganday bo‘ldi. Mushti qattiq¸ zarb ham shiddatli edi. Rosa trenirovka qilsa kerak grushani mushtlab.  Bir pas jim qoldik. Nachalnik qo‘lidagi popkani keskin ëpdi-da, leytenantga berdi. “Madina Ibragimovna, bering anavi qog‘ozni. Imzo chekdingizmi”, dedi nachalnik. Madina bir varaq qog‘ozni nachalnikka uzatdi. Nachalnik ilonday sovuq ko‘zlari bilan qog‘ozga ko‘z yugurtirib, leytenantga uzatdi. Leytanent qog‘ozni avaylab popkani ichiga tiqib qo‘ydi.

Menga afishani chaynamoqchi bo‘lgan echkiday ijirg‘anib qaragan nachalnik  cho‘ntagidan sigaret olib tutatdi. Palmal sigaret. Ëqimli hidi burnimga kirib xumorimni kuchaytirdi».

Amnistiya

Nachalnik milisa temirday qo‘llari bilan Absattorning bo‘ynidan ushadi va «och og‘zingni», dedi. Absattor og‘zini ochgan edi, nachalnik o‘zi chekaëtgan sigaretni Abdattorning og‘ziga sop qo‘ydi. «Ma, bir- ikki tort».

Absattor palmal sigaretni yutoqib tortdi. Ichida huzur-halovat his qila boshladi.

Nachalnik esa otashin nutqini davom ettirdi:

«Bilasanmi, hozir avvalgi zamon emas. Yangi rahbarimiz rahmdil. Qotil¸ seriyniy ubiytsa¸ pedofil va o‘g‘rilarni qamoqda ushab o‘tirmay, amnistiyaga tushirib chiqarvoryapmiz. Milliard dollar o‘marganni ham kechirib, jazoni uslovniyga almashtirdik. Mana,  Turkiyadayam 90 ming zekni uyiga qo‘yvorishibdi. Gumanizm deydi buni. Xudoga shukr qil. Ëki Madina Ibragimovnaga rahmat de. Koronavirus paytida doktorlarning aytganini hatto prezident bajaradi. Madina Ibragimova seni kafillikka olib tilxat ëzib berdi».

Shundan keyin nachalnik Absattorning og‘zidagi sigaretni olib,  bedapoya pogonning og‘ziga tiqdi va «Yech kishanni», dedi.

Bedapoya pogon sigaretni qattiq tortib, tutunni burnidan pag‘a-pag‘a chiqardi-da, kalitni olib,  kishanni yecha boshladi.

Mana, kishan yechildi. Absattor uvishib qolgan qo‘llarini uqaladi. Shu paytgacha qo‘rqib turgan Haëtilla ham jonlanib, Absattor tarafga qadam tashladi. Nachalnik bo‘lsa belkurakday katta  qo‘lini Absattor oldida paxsa qilib gapirardi:

«Kishan yechilganni esla. Kishan taqilganni emas. Mening mushtim emas, mehrim ëdingda qolsin. Madina Ibragimovnaga rahmat deyishni unutma. Shu hamshira kafillikka olmasa, seni umring qamoqda chirirdi. Hey damaschi, byaxga kel. Sening oshnang 15 sutkani uyida o‘tirib o‘tkazadi, tushundingmi. Mas'uliyat sening bo‘yningda. Bo‘ldi, ketish. Ruxsat hammaga».

Nachalnik tezda chiqib ketdi. Leytenant eshikni ko‘rsatdi. Absattor¸ Madina va Haëtilla tashqariga chiqishdi. Yashasin ozodlik!

Davomi bor. G‘oya, rasm va matnlar muallifi

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
2 march 2024
Termiz shahrida uylari buzilib, o‘rniga yangi ko‘p qavatli uylardan yangi uy va'da qilingan 200 nafarga yaqin fuqaro uch yildan ...
29 january 2019
Marhum prezident Islom Karimovning suyangani uni salkam payg‘ambar o‘rnida ko‘rgan yoshlar va qariyalar edi. U bir parcha non uchun ...
26 november 2022
Nukusdagi voqealarni o‘rganish bo‘yicha parlament komissiyasi taklifi va Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi iltimosnomasiga ko‘ra, namoyishlarda qatnashib O‘zbekiston muntazam armiyasi va ...
14 april 2025
O‘zbekistondagi sud tizimi nega reforma qilinishi kerakligi haqida boshlab qo‘ygan mavzuni davom ettiramiz.  Videolavhaning birinchi qismi havolasi tasvir ostidagi birinchi komentda.  Vakolatsiz odam nega ariza ëzadi? Bu xolatdaki paradoks shuki qonunga ko‘ra mutloqo vakolati bo‘lmagan shaxs (Sayfuddinov Sardor) nomidan Bosh prokuraturaga shikoyat ariza tashkillashtirilgan.  Davlat ulushi bo‘lmagan tadbirkorlik sub'ekti(aktsionerlik jamiyati) ga nisbatan tadbirkorliksub'ektlarini himoya qiluvchi qonunlar, Prezident qarorlari va farmonlariga zid ravishda  tekshirishlar tashkillashtirishib, dastlabki tergov harakatlarini olib borishib, oqibatda 19 nafar (shundan 14 nafari 6 oydan ortiq muddat mobaynida qamoqda saqlanmoqda) malakali mutaxassislar va boshqa ishchilarni jinoiy javobgarlikka tortishgan. .Shamsiddinov va uning qarindosh (“buyurtma jinoyat ishi”ga mutloqo aloqasi bo‘lmagan) larning oddiy qo‘ltaqinchog‘idan tortib, avtomashinasigacha; fermer ho‘jaligi binosidan tortib, turar joyigacha; qonuniy tadbirkorlik sub'ektlarigacha xatlab tashlashgan.  ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...