Catira
18 may 2020

Zaxarovaning zaharxandasiga madaniyat vaziri Nazarbekovning javobi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mulozimasi Mariya Zaxarova «rasmiy idoralarda o‘zbek tilining majburiy qilinishini kamchilik yoqlayotgani»ni ëzg‘irgani ortidan tarmoqdagi mo‘'tadil vatandoshlar ham tilni himoya qilish borasida faollashdi. Hatto O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi nota jo‘natsin, degan talablar yangradi.

Bi Bi Si jurnalisti Pahlavon Turg‘unov 16 may kuni «Zaxarovaning bayonotidan keyingi sassizlikka qaraganda, O‘zbekistonda nota bilan faqat Madaniyat vazirligi shug‘ullanadi», deb ëzdi. Bu kesatiq gapdan keyin taqdir hazili kabi Zaxarovaga javob madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovdan keldi. Nazarbekov feysbukdagi shaxsiy sahifasida Zaxarovani haddan oshganlikda aybladi:

«Mariya Zaxarovaning fikrlari, avvalo, mana shu me'yor chegarasini oshib o‘tish sifatida baholanadi. Tilimizga nisbatan ko‘rsatilayotgan ta'sir madaniyatimizga aks javobning ilk qadamidir».

Nazarbekovga ko‘ra, bu oddiy tilshunoslik munoqashasi emas, balki «siësiy maqsadli» rejadir:

«O‘zbek tili haqida rossiyalik tilshunoslar fikr bildirishganida to‘g‘ri qabul qilamiz, biroq bu mavzu Tashqi ishlar vazirligi minbarida tilga olingani bekorga emas. Bu yerda aniq reja va siyosiy maqsadlar borligi kunday ravshan.

Men yurt farzandi sifatida tilimizdan qandaydir siyosiy manfaatlar yo‘lida foydalanilishiga mutlaqo qarshiman. Rossiya hukumatidan esa o‘zbek millatining xohish-irodasi, qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni so‘rayman. O‘zbekiston suveren-demokratik davlat sifatida o‘z yo‘lini o‘zi belgilashga qodir mamlakat.

Bu masalada boshqa hamkasblarimizni, jamoatchilikni, o‘zbek tilini or-nomus, milliy g‘urur ramzi deb biladigan barchani bebaho qadriyatimiz – tilimiz himoyasiga chaqiraman».

Ayni paytda Nazarbekovning bu gapi vazirlik munosabati emas, balki xalq artistining ijtimoiy tarmoqda qoldirgan shaxsiy fikri.

Davlatchilik tamoyiliga ko‘ra, bunday tahqirli holatda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisini huzuriga chaqirib, nota berishi kerak.

Ammo tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning o‘g‘li Rossiya vatandoshligini olgan. Manfaatlar to‘qnashuvi deyiladi. Komilov churq etsa, biznesmen o‘g‘liga muammo bo‘ladi.

Nota so‘zining yana bir ma'nosi – musiqiy basta ëzilgan matn deganidir. Yaqin o‘tmishda O‘zbekiston gimni «Assalom, rus xalqi, buyuk og‘amiz», degan so‘zlar bilan boshlanar edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 november 2025
Buxoro shahrida ham bir fojiali holat ro‘y berdi. Hamza ko‘chasidagi 17-ko‘p qavatli uyda yashagan IIB xodimi, uning ayoli va ...
9 january 2026
Farg‘ona viloyati So‘x tumanida aholi hayotiga bevosita ta'sir qilayotgan jiddiy muammo yuzaga keldi. Tumanning Oftobro‘ mahallasida davlat mablag‘i hisobidan ...
7 may 2020
Sardoba suv ombori o‘pirilishidan zarar ko‘rgan aholi haqida reportaj qilish uchun Sirdaryoga borgan O‘zA muxbiri Anora Sodiqova 6 may ...
20 june 2023
Bu sanada O‘zbekistonda haqiqiy ma'noda mustaqillik kuni nishonlanishi kerak, chunki bundan 30 yil burun, 1990 yili respublika parlamenti Mustaqillik ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...