Catira
20 august 2020

O‘zbekistonda AES qurilishi shartnomasi hali tayyor emas

Rossiyaning «Nezavisimaya gazeta» nashriga ko‘ra, O‘zbekistonda atom elektr stantsiyasi (AES)ni qurish bo‘yicha shartnoma hali tayyor emas, Rossiya tomoni bilan muzokaralar davom etmoqda.

Bu haqda dushanba kuni jurnalistlarga O‘zbekiston energetika vazirining o‘rinbosari Sherzod Xo‘jaev ma'lum qildi. «Aytishim mumkinki, biz shartnomaning barcha detallarini muhokama qilish uchun marra chizig‘iga yetib keldik», dedi Xo‘jaev.

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, tomonlar shartnomani «kamchiliklarsiz», o‘zaro manfaatli tarzda imzolash uchun barcha texnik va moliyaviy unsurlarini ishlab chiqishmoqda. Ikki mamlakat rahbariyati imzolash muddatlari bo‘yicha bir-biriga qat'iy shartlar qo‘ymayapti, deya qo‘shimcha qildi u.

Fevral oyi oxirida «Rosatom» davlat korporatsiyasi rahbari Aleksey Lixachyov O‘zbekistonda atom elektr stantsiyasi uchun EPC shartnomasini (shartnoma ishning uch bosqichini o‘z ichiga olgan: loyihalashtirish, uskunalar xaridi va qurilish – tahririyatdan) 2020 yil iyunida imzolash kutilayotganini aytgan edi.

Londondagi Sharq va Afrika tadqiqotlari instituti tahlilchisi Alisher Ilhomov hukumatning O‘zbekistonning Jizzax viloyatida atom elektr stantsiyasini qurish va «Rosatom» bilan tegishli bitim tuzish haqidagi qarori O‘zbekiston manfaatlariga javob bermaydi, deya hisoblaydi.

«Bu stantsiya qurilishi butun mamlakat uchun iqtisodiy jihatdan zararli va xavfli bo‘lgan rejadir. Iqtisodiy nuqtai nazardan, muqobil energiya manbalari, ayniqsa, qayta tiklanadigan energiya turlari O‘zbekistonga atom elektrostantsiyalariga qaraganda ancha ko‘p va tezroq iqtisodiy samara beradi», deydi Alisher Ilhomov.

Joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston Energetika vazirligi «yaqin kelajakda» AES qurilishining atrof-muhitga ta'sirini baholash bo‘yicha mamlakatda va qo‘shni davlatlarda, xususan, Qozog‘istonda jamoatchilik muhokamalari o‘tkazilishi haqida xabar qilgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 august 2025
«Eski ToshMI» Toshkent Davlat Tibbiyot Universitetida talabalarni majburiy ravishda Rossiyaning Nijniy Novgorod shahriga – harbiy holat e'lon qilingan hududga ...
30 march 2023
Rossiya imperiyasi hududlari Alyaska yarim orolidan tortib to Finlyandiya va Polshagacha, Qora dengiz qirg‘oqlaridan to Tinch okeani sohillarigacha, qirg‘oqlarini ...
1 june 2017
30 may kuni ijtimoiy tarmoqda prezident Mirziyoevning bankirlarni keskin tanqid qilgani audiosi paydo bo‘ldi. Videoselektrdan yozib olingan audioda prezident ...
21 january 2023
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman. Sovuqlarda dirdiraëtgan toshkentliklar, siz bilan hamdardman. MS: ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...