Catira
20 august 2020

O‘zbekistonda AES qurilishi shartnomasi hali tayyor emas

Rossiyaning «Nezavisimaya gazeta» nashriga ko‘ra, O‘zbekistonda atom elektr stantsiyasi (AES)ni qurish bo‘yicha shartnoma hali tayyor emas, Rossiya tomoni bilan muzokaralar davom etmoqda.

Bu haqda dushanba kuni jurnalistlarga O‘zbekiston energetika vazirining o‘rinbosari Sherzod Xo‘jaev ma'lum qildi. «Aytishim mumkinki, biz shartnomaning barcha detallarini muhokama qilish uchun marra chizig‘iga yetib keldik», dedi Xo‘jaev.

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, tomonlar shartnomani «kamchiliklarsiz», o‘zaro manfaatli tarzda imzolash uchun barcha texnik va moliyaviy unsurlarini ishlab chiqishmoqda. Ikki mamlakat rahbariyati imzolash muddatlari bo‘yicha bir-biriga qat'iy shartlar qo‘ymayapti, deya qo‘shimcha qildi u.

Fevral oyi oxirida «Rosatom» davlat korporatsiyasi rahbari Aleksey Lixachyov O‘zbekistonda atom elektr stantsiyasi uchun EPC shartnomasini (shartnoma ishning uch bosqichini o‘z ichiga olgan: loyihalashtirish, uskunalar xaridi va qurilish – tahririyatdan) 2020 yil iyunida imzolash kutilayotganini aytgan edi.

Londondagi Sharq va Afrika tadqiqotlari instituti tahlilchisi Alisher Ilhomov hukumatning O‘zbekistonning Jizzax viloyatida atom elektr stantsiyasini qurish va «Rosatom» bilan tegishli bitim tuzish haqidagi qarori O‘zbekiston manfaatlariga javob bermaydi, deya hisoblaydi.

«Bu stantsiya qurilishi butun mamlakat uchun iqtisodiy jihatdan zararli va xavfli bo‘lgan rejadir. Iqtisodiy nuqtai nazardan, muqobil energiya manbalari, ayniqsa, qayta tiklanadigan energiya turlari O‘zbekistonga atom elektrostantsiyalariga qaraganda ancha ko‘p va tezroq iqtisodiy samara beradi», deydi Alisher Ilhomov.

Joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston Energetika vazirligi «yaqin kelajakda» AES qurilishining atrof-muhitga ta'sirini baholash bo‘yicha mamlakatda va qo‘shni davlatlarda, xususan, Qozog‘istonda jamoatchilik muhokamalari o‘tkazilishi haqida xabar qilgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 january 2016
O‘zini “Millat peshvosi”, xotinini “Islom aëllari peshvosi”, o‘g‘lini korruptsiyachilar peshvosi qilib belgilagan Imomali Rahmon qizi Ozodani prezident ma'muriyati rahbari ...
13 march 2018
Toshkentning Mirza Yusuf masjidi imomi Rahmatullo Sayfuddinovga 9 mart kuni «Ozodlik» radiosini la'natlab, unga «janoza o‘qigani» ortidan Vazirlar Mahkamasining ...
16 february 2017
13 yanvar kuni kechga yaqin Stokgolmning janubida 35 yoshlardagi chimkentlik Shuhrat ismli o‘zbek muxojiri janjal ortidan pichoqlab o‘ldirildi. Voqea ...
24 march 2025
So‘ngida Turk xalqi uyg‘ondi. Tek millat o‘laroq butunlashdi. Haqsizliklarga, xalqning qonini ichib nonini yarimta qilaëtganlarga¸ yo‘qsillashtirib qashshoq qilgan adolatsizlikka ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...