Asosiy mavzular
18 november 2020

«Iltimos, yordam bering»: The North Face Xitoy qamog‘idagi uyg‘urning botinka ichidan topilgan xati bo‘yicha surishtiruv boshladi

The North Face kompaniyasi sankt-peterburglik shaxsning ayni markadagi yangi botinka ichidan topgan, mahkum uyg‘urning yordam so‘ragani bitilgan xati yuzasidan ichki surishtiruvini boshladi. Bu topilma haqida “Bumaga” nashri yozgan edi.

Shimoliy poytaxt turg‘uni Arslan Gibadullin botinka ichidan bir parcha qog‘oz topib olgan, unda ingliz tilida bunday jumla yozilgan edi: «Yordam bering. Men Xitoy qamog‘idaman. Iltimos, yordam bering. Uyg‘ur». Shundan so‘ng Gibadullin The North Facega murojaat qildi.

Kompaniyadagilar avvaliga unga poyabzal ishlab chiqarishda majburiy mehnatdan foydalanmasliklarini bildirishdi. Bundan tashqari, shirkatning mintaqaviy menejeri Gibadullinning botinkasi hech qachon Xitoyda bo‘lmagani, qadoqlash ma'lumotlariga ko‘ra, u Vetnamda ishlab chiqarilganini bildirdi.

Shunga qaramay, The North Face vakillari vaziyatni surishtirishga va'da berishdi va peterburglikdan xatni, chekni, botinkani va poyabzalning original qutisini jo‘natishni so‘rashdi.

Uyg‘urlar shimoli-g‘arbiy Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida yashaydigan turkiy xalqlardir. Ularning aksariyati musulmonlar.

Human Right Watch ma'lumotlariga ko‘ra, hukumat ko‘p yillardan beri bu xalqni ta'qib etib keladi, buning uchun qiyofani aniqlaydigan videokuzatuv uskunalari va «siyosiy qayta tarbiyalash» lagerlaridan foydalanadi.

Xitoy matbuoti fotosi: Uyg‘urlar uchun Shinjondagi "qayta tarbiyalash" lageri

Bu lagerlar uyg‘urlar, qozoqlar, qirg‘izlar va boshqa turkiy ozchilik vakillari sudsiz va tergovsiz qamaladigan qamoqxonalardir. Lagerlarning sobiq mahkumlari u yerda mansabdor shaxslar tomonidan shafqatsiz munosabatlar – bosimlar, kaltaklanish, qiynoq va zo‘ravonliklar, ta'qib va mehnatga majburlash hollari haqida hikoya qilishadi.

Avstraliya Strategik siyosat instituti (ASPI) ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoy hukumati «qayta tarbiyalash lagerlari»dagi mahkumlarni mashhur shirkatlar, jumladan , Apple, Google, Lacoste, Nike, Puma va boshqa kompaniyalar mahsulotlarini ishlab chiqarishga majburlashmoqda.

Novaya gazeta”dan «Eltuz» tarjimasi

Tag‘in o‘qing
28 september 2025
Rassom Tuz
29 march 2017
Prezident Mirziyoevning 7 martdan kuchga kirgan qarori ortidan dori darmon taqchillashuvi bilan bog‘liq jiddiy muammolar kelib chiqmoqda. Andijon shahridagi ...
15 august 2019
«Zangiotaga voronokda olib ketyapti. Mashinadagi hammasi yosh yigitlar, faqat men 60 yoshdaman. Yoshlar tinmay chekishyapti, nafas olishga havo yetishmaydi. ...
31 july 2019
1 avgust kuni O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun test imtihonlari boshlanadi. Bu hashaki shpargalkalar davri tugab, ular o‘rniga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...