Asosiy mavzular
15 december 2020

Buxoro shahri prokurori O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevni korruptsiyada aybladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahri prokurori Jasur Fozilovning prezident Shavkat Mirziyoevga yo‘llagan videomurojaati tarqaldi.

Prokuror bir soatdan oshiqroq vaqt davom etgan murojaatida o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani va bu tekshiruv aslida nima sababdan kelib chiqqani, bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi jinoyatlar, jumladan, uning “Mega Bukhara” yirik tijorat kompleksi qurilishiga aloqadorligi to‘g‘risida batafsil so‘zlagan. 

“Hurmatli bosh prokurorimiz va uning uchta xodimi tomonidan qilinayotgan jinoyatlar haqida aytib bermoqchiman”, deydi Jasur Fozilov bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev va boshqa xodimlarning noqonuniy ishlari haqida to‘xtalib. Shuningdek, u faoliyati davomida rahbarlar tomonidan ko‘rsatilgan bosim, tazyiq va tahdidlarni ham gapirib bergan. 

“Pullarni naqdlashtirish bilan shug‘ullanuvchi firmalarga nisbatan jinoyat ishi tergov qilinishi davrida men tergovchim Sanjar O‘rinovga: “10 mlrd so‘m soliqni yashirgan holati bor. Shu bo‘yicha kim munosabat qilgan bo‘lsa, milliard so‘mdan ko‘p “oborot” qilganlarning hammasini chaqirasan. Kimlar naqdlashtirib olgan bo‘lsa, hammasining javobgarlik masalasini hal qilasan va bu firmaning haqiqiy egasini top”, deganman. Shu chaqirilganlar orasida “Yopiq bozor”ni qurayotganlar bor”, deydi Fozilov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tergovga chaqirilganlar kelmagandan keyin tergovcha majburiy keltirish to‘g‘risida qaror berilgan. IIB xodimlari majburiy keltirishga borganida mojarolar boshlangan. 

“Ular menga 20 marotaba telefon qilgan. Men olmaganman. Viloyat prokuroriga ham chiqqan. Qaytarib telefon qilib chiqsam, sen o‘zingdan ketib nima qilyapsan, dedi. O‘zi bir soxta firmaning rahbari, hammayog‘i jinoyat bo‘lsa, biron narsani tushunmaydi”, deydi Fozilov. 

Bu voqealardan so‘ng Buxoro viloyati prokurori unga telefon qilib: “Bilasizlar-ku buning orqasida kim ekanini. Senga muammo kerakmi? Ular bosh prokurorning odamlari! Ular seni yo‘q qilib yuborishadi-ku”, deya tahdid qiladi.  

Shuningdek, Jasur Fozilov jinoiy ishlar boshida bosh prokurorning o‘zi turgani bois, uning ustidan ham tekshiruv o‘tkazilishi kerakligini ta'kidlaydi.

Murojaatda aytilishicha, qurilish sohasidagi bosh prokuror boshchiligidagi jinoiy ishlarning ko‘lami keng: “Bizning hurmatli bosh prokurorimiz butun jinoyatchilarning ustida o‘tirib olib… ko‘p kriminali bor. Uning xalq bo‘yniga osgan narsasi bir trillionga boradi. Butun Buxoro xalqi qoni va sho‘riga qurilgan ob'ekt. Tan olish kerak, bu juda katta investitsiyali ob'ekt. Bunday savdo markazi hamma joyda ham yo‘q. Ammo bunday jinoiy yo‘l bilan emas…”.

Shu sababli Fozilov o‘zidan jinoyatchi “yasash”ga urinishlar bo‘layotganini qayd etadi.   

“Menga nisbatan tergov harakatlari borasida administratsiya kelsa to‘g‘ri bo‘ladi. Men halollik bilan harakat qilganman. Men o‘z jinoyatlarim uchun javob berishga tayyorman. Bu ish adolatli bo‘lish kerak. Meni xalq eshityapti. Agar adolatli bo‘lmasa, xalq norozi bo‘ladi”, deydi u tergov jarayonlarining adolatli tashkil etilishini so‘rab. 

Shuningdek, Jasur Fozilov 22 yildan beri bu sohada ishlab kelayotgani, tizimdagi kirdikorlar, bosh prokurorning ukasi tomonidan Piskent tumanida klaster tuzilib, fermerlarni qon qaqshatayotgani haqida soatlab gapirish mumkinligini aytadi.  

Tag‘in o‘qing
11 september 2018
Toshkent shahrining Yunusobod tumani hokimi, 42 yashar Baxtiyor Abdusamatov o‘z ish kabinetida 7 sentyabr kuni 400 ming AQSh dollari ...
2 july 2025
Filadelfiya, AQSh – AQSh prokuraturasi ma'lum qilishicha, ikki o‘zbek – 30 yoshli Bekzod Raxmatov (Oxaë shtatida yashaydi) va 31 ...
4 april 2018
Bog‘chadagi bolalarni urgani videosi tarqalgan, Jizzax shahrining «Navro‘z» nomli 39-bog‘cha tarbiyachisi 37 yashar Mohira Mamatqulova ishdan bo‘shatildi. Uch nafar ...
4 january 2026
1962 yil 4 yanvarda Nyu-York metrosida yuz bergan voqea nafaqat transport tizimi, balki texnologiya dunyosi uchun ham haqiqiy inqilob ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...