Asosiy mavzular
21 february 2021

Berdimuhamedovning qarindoshini musobaqada yenggan o‘zbek o‘ldirildi

Turkmanistonda 14 yoshli dzyudochi Sulaymon Tursunboev jangda prezidentning qarindoshiga «yutqazib berish»dan bosh tortgani uchun o‘ldirildi. Fojea fevral oyining boshlarida sodir bo‘lgan, ammo bu haqda shu kunlarda ma'lum bo‘ldi.

Dzyudo turnirida Sulaymon Tursunboev o‘z raqibi – Turkmaniston Ichki ishlar vazirligining yosh kursantiga taslim bo‘lish taklifini oldi. Sulaymon rad etdi hamda nafaqat shu bellashuvda, balki butun turnirda g‘alaba qozondi.

Shundan so‘ng darhol o‘spirinni noma'lum shaxslar o‘g‘irlab ketishdi. Bola qattiq kaltaklandi va ko‘chada chala o‘lik holda topildi. Yon-atrofdagilar unga tez yordam chaqirishdi. Og‘ir ahvoldagi o‘smir 500 chaqirim masofadagi Ko‘hna Urganch tumani kasalxonasiga yetkazildi va bir necha kundan so‘ng o‘sha yerda o‘ldi.

Taniqli turkman faoli Sulton Ochilova videomurojaat yozib, unda prezident Gurbanguli Berdimuhamedovni aybdorlarni topish va jazolashga chaqirdi. Ammo bu amalga oshishi ehtimoldan yiroq.

Gap shundaki, Sulaymon jangda yutqazib berishi kerak bo‘lgan sirli kursant joriy prezidentning o‘g‘li Sardor Berdimuhamedovning xotiniga qarindosh bo‘lib chiqdi.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bir hafta oldin o‘g‘li Sardorni o‘ziga o‘rinbosar va mamlakat Oliy nazorat palatasiga rais etib tayinlagan edi.

O‘ldirilgan Tursunboev Turkmanistonning asosiy yerli aholisi bo‘lgan o‘abeklar vakilidir. Turkmanistondagi o‘zbeklar soni haqida rasmiy ma'lumot yo‘q, ammo ularning soni mamlakat aholisining 10 foizmga yaqin ekani aytiladi. Bu ko‘rsatkich Qirg‘iziston va Tojikistonda 15 foizni tashkil qiladi.

1991 yilda Sovet Ittifoqi qulashi ortidan Turkmanistondagi o‘zbek gazeta-jurnallarini chop qilish to‘xtatilgan¸ maktablarda o‘zbek tilida dars berish bekor qilingan edi. Turkmanistondagi o‘zbeklar vakili «Eltuz» muxbiri bilan suhbatda o‘zlarini kamsitilgan deb bilishini aytgan edi.

Markaziy Osiëdagi aholisi eng ko‘p bo‘lgan O‘zbekiston qo‘shni davlatlardagi birodarlari bilan yaqin aloqa o‘rnatib, ularning tarafini olishi haqidagi xavotirlarga qaramay, rasmiy Toshkent tashqaridagi o‘zbeklar muammolarini inkor etib kelishi kuzatiladi.

Tag‘in o‘qing
25 july 2016
Shu tariqa yigirmanchi asrda boshlanib yigirma birinchi asrda ham 15 yil yashagan video-vasvasaga nuqta qo‘yiladigan bo‘ldi. Yaponiyaning Sony shirkati ...
16 september 2024
Germaniya kantsleri Olaf Sholtslning Markaziy Osiyoga birinchi borishi bir yil oldin Berlinda ëyinlangan «strategik mintaqaviy sheriklik» g‘oyasini qo‘llab-quvvatlash ishorasi ...
7 may 2021
Rassom Kirpi
9 june 2017
1948 yilning 9 iyunida YuNYeSKO qarori bilan Xalqaro arxivlar kengashi (XAK, International Council on Archives, ICA) tashkil etildi. Ayni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...