Asosiy mavzular
4 april 2021

Nozim jallod o‘ldi

O‘zbekiston jazoni ijro etish tizimida “birinchi raqamli jallod” sifatida nom chiqargan Nozim Jumaev birinchi aprel kuni Buxoroda ko‘mildi. Bundan oldin u qamoqda noma'lum sabablarga ko‘ra o‘lgan edi. 

Nozim Buxarskiy laqabi bilan tanilgan 61 yoshli Nozim Jumaev 2015 yilda qamalgan edi. U giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash bilan bog‘liq jinoyatda aybdor deb topilgandi. 

Bundan roppa-rosa bir yil oldin, 2020 yil 1 aprelda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi matbuot xizmati axborot tarqatib, “sog‘lig‘i ëmonlashgan” Jumaevning gumanitar asosda ozod qilinmasligini bildirgan edi. 

“Navoiy viloyatidagi 11-jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkum Nozim Jumaev uyushgan guruh tarkibida jinoyat sodir etgani sababli unga nisbatan Jinoyat kodeksida ko‘rsatilgan, muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan insonparvarlik dalolatnomalari qo‘llanilmaydi”, deyilgandi xabarda.

Bu bayonot faollarning Nozim Jumaevning afv qilinishi ehtimolidan tashvish bildirganiga javoban e'lon qilingan edi. 

Inson huquqlar faollari Jumaevning koloniyada kauchuk qo‘g‘irchoqni do‘pposlaëtgani va kirib kelaëtgan 2020 yil bilan tabriklaëtgani aks etgan videotasvirlarni taqdim qilgan edi.

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi qamoqxona sobiq mahbuslaridan biri go‘ëki diabet kasaliga chalingani vajidan Jumaevga koloniyada alohida yaxshi sharoit yaratib berilganini aytgan edi. 

Xo‘sh, birinchi aprel kuni janozasi o‘qilgan Nozim jallod kim? Mahbuslar orasida “Palach” (Jallod), “Loxmach” laqablari bilan nom chiqargan Nozim Jumaev 2014 yil dekabr oyida qamoqqa olinib, 2015 yilda yuqorida eslatilgan ayblarda ayblanib 20 yilga qamalgan edi.

U 2014 yili Moskvadan Toshkentga maxsus chaqirtirilib, MXXning sobiq xodimlarini so‘roq qilish chog‘ida qatnashishga jalb qilinganidan keyin qamoqqa olingani aytiladi. Nozim Jumaev xodimlarning “tilga kirib¸ iqrornoma”ni tezroq ëzishini ta'minlab bergan.

2014 yili MXXning 12 xodimi hibsga olingani haqida “Ozodlik” ma'lumot bergan edi. Nozim Jumaevning Bekoboddagi qamoqxonada MXX xodimlariga beshafqat muomalasi yaqinlarini dahshatga solgan va ular kameralarga “Jallod” kirmasligi uchun katta o‘lpon to‘lashga majbur bo‘lishgan.

Milliy xavfsizlik xizmatining (hozirgi Davlat xavfsizlik xizmati) 12 nafar sobiq xodimi noqonuniy tadbirkorlik, korruptsiya va davlat mablag‘larini o‘zlashtirish borasida o‘z aybiga iqror bo‘lishiga Nozim Jumaev “hissa qo‘shgan”.

Ular uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganidan keyin, 2014 yilning dekabr oyida Nozim Jumaevning o‘zi ham hibsga olingandi.

Kriminal dunëga yaqin tadbirkorning “Ozodlik”ka 2014 yilda aytishicha¸ Buxorodagi “Moviy gumbazlar” restorani Nodir Jumaevga sovg‘a qilingan.

O‘zbekistonlik jurnalist Aleksey Volosevichning so‘zlariga ko‘ra, kriminal dunë qoidalariga zid tarzda ma'muriyat bilan hamkorlikda ish olib boradigan shaxslar o‘zbek qamoqxonalarida ko‘plab topiladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 may 2018
Prezident Mirziyoevning Andijonga safari shaharni begona ko‘zlardan to‘sish, oshiqcha ehtiyot choralari va mulozimlarning odatiy laganbardorliklari bilan o‘tdi. Prezident o‘tadigan ...
11 august 2018
O‘zbek turmasida eng uzoq qolgan jurnalist Muhammad Bekjon kitobining navbatdagi bobida Jasliq koloniyasidagi har shanba o‘tkaziladigan hammom kuni, mahbuslarni ...
6 november 2018
Farg‘ona viloyati notarial idoralarining bir guruh sobiq xodimlari o‘zlariga nisbatan Milliy xavfsizlik xizmati (hozirgi Davlat xavfsizlik xizmati) tomonidan uyushtirilgan ...
17 may 2023
1976 yilning 8-17 aprelida O‘zbekistonning tabiiy gaz olinadigan hududida joylashgan Gazli shahrida birin-ketin turkum yer qimirlashlari yuz berdi. Dahshatli ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...