Asosiy mavzular
7 june 2021

Bloger Sattoriyning advokati va yaqinlari apellyatsiya sudidan umid qilishmoqda

Advokat Umid Davletov termizlik bloger, 42 yoshli Otabek Sattoriy ishi yuzasidan apellyatsiya shikoyati kiritgani, lekin hali sud kuni belgilanmaganini «Eltuz»ga bildirdi. 

Shuningdek, u Sattoriy bilan oxirgi marta sud hukmi o‘qilgan kuni uchrashgani va suddan yaqinlari bilan uchrashishi uchun ruxsatnoma olib berganini aytdi. Bir oy oldin Sattoriyni ahvoli qoniqarli ekani, unga nisbatan qiynoqlar qo‘llanilmaganini bildirdi.

2021 yil 10 mayida chiqarilgan sud hukmi bo‘yicha Otabek Sattoriy “takror va ko‘p miqdorda tovlamachilik” va “tuhmat”da ayblangan, unga 6,5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

“Men ushbu hukmdan mutlaqo norozi ekanimni va barcha epizodlar bo‘yicha ayblovlarni rad etganimni 19 may kuni kiritgan apellyatsiya shikoyatida bayon qildim”, dedi advokat Davletov «Eltuz»bilan telefon orqali suhbatida.

Sattoriyga qo‘yilgan sakkizta epizod bo‘yicha u davlat idoralarda ishlaydigan mulozimlarni videoga olib, tasvirni tarqatmaslik evaziga pora talab qilgani bildirilgan. 

Advokat Davletov hukmdagi barcha  ayblovlar uydirma va yolg‘on guvohliklar, tasdiqlanmagan dalillarga asoslanganini ta'kidlamoqda.

Sattoriyning singlisi Farangizning so‘zlariga ko‘ra, ular ehtimol boshqa viloyatda o‘tishi kutilayotgan apellyatsiya sudidan umid qilishmoqda. 

Yutub va telegramdagi «Xalq fikri» kanallari asoschisi Otabek Sattoriy 2020 yilning 30 yanvar kuni Termiz shahrida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi xodimlari tomonidan hibsga olingan edi. 

Blogerni uning singan telefoni o‘rniga keltirib berilgan, qog‘oz paketga o‘rog‘liq yangi telefonni olayotgan paytda «daliliy ashyo bilan» ushlashgan.

Eltuz.com 

Tag‘in o‘qing
5 june 2019
«Ozodlik» radiosining Moskvadagi muxbiri, Rossiya vatandoshi va taniqli tarixchi 45 yashar Umid Bobomatov O‘zbekistonga kiritilmadi. U 4 iyun kuni ...
4 october 2016
SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasining 1938 yil 4 oktyabrdan 16 oktyabrgacha bo‘lgan sayyor yig‘ilishlarida 507 nafar o‘zbekistonlik siyosiy maxbuslar ...
6 april 2018
Prezident Shavkat Mirziyoevning moliya tizimi va tender «o‘yinlar»ini tanqid qilgani ortidan O‘zbekistonda ochiq tender savdolari bekor qilindi va davlat ...
14 october 2023
Eltuz portaliga kelgan so‘nggi beshta maktubni o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Farg‘ona, Andijon viloyatlaridan va Rossiyaning Tatariston Respublikasi turmasidan kelgan. Dastlabki ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...