Asosiy mavzular
9 september 2021

Demokratiya maydoni

Demokratiya maydoni. Men hozir turgan joy shunday ataladi. Turkiyaning O‘rta yer dengizi sohilida joylashgan, bor-yo‘g‘i ikki yuz ming kishi yashaydigan shu kichik shaharchadagi boqqa ayni monument o‘rnatilgani ortidan u shunday nom oldi. Bu monumentdan 240 kilometr narida Yevropa Ittifoqi a'zosi va Shengen bo‘lgasi Kipr. Chapga qarab huddi shuncha yursangiz, diniy nizolar bois bir-birini o‘ldiraëtgan Suriyaga yetib borasiz. 

Muntazam tanqidlarga qaramay, Turkiya Yaqin Sharqdagi demokratik qadriyatlar puturdan ketmagan barqaror hudud bo‘lib qolmoqda. Neft, gaz va boshqa qazilmalari bo‘lmagan bu yurt turg‘unlariga ko‘ra, ularning taraqqiy qilishi demokratiya bois amalga oshgan. 

Darvoqe, demokratiya monumenti joylashgan bu shaharchani mamlakat prezidentiga muxolif bo‘lgan Jumhuriyat xalq partiyasi mansublari boshqaradi.

Mahalliy saylovda xalq prezident partiyasiga emas, muxolifatga  ovoz berdi.

Eng so‘nggi mahalliy saylovda Turkiyaning deyarli barcha katta shaharlarida muxolifat g‘alaba qozongan edi. Turkiyaning eng yirik shahri bo‘lmish Istanbuldagi mer saylovida muxolifat nomzodi Akram Imomo‘g‘li g‘olib bo‘lgani demokratiya g‘alabasi o‘laroq talqin qilindi.

Bu shaharchadagi demokratiya maydoni Turkiyada yagona emas. Turkiyaning o‘nlab shaharlarida shunday maydonlar bor.

O‘tgan yili Marmara dengizidagi orolga «Demokratiya va erkinlik oroli», deya nom berilgan edi.

Istanbul yaqinida joylashgan bu orolning avvalgi nomi Yassioda (Yassiorol) bo‘lgan.

Bundan 61 yil oldin bu orolda Turkiya bosh vaziri Adnan Menderes, tashqi ishlar vaziri Fotih Rushtu Zo‘rlu va moliya vaziri Hasan Po‘latxonning sud jarayoni bo‘lib o‘tgan va ularga o‘lim qarori chiqarilgan edi.

Adnan Menderes Turkiyada demokratiya qaror topishi uchun mujodala qilgan siësatchi o‘laroq tarixda qolgan. 

Demokratiya va erkinlik oroli markazida joylashgan «Demokratiya» maydoni atrofida 500 kishilik Adnan Menderes kongress markazi binosi, 1200 kishiga mo‘ljallangan sport majmuasi va muzey binosi qad ko‘targan. Shuningdek, orolda restoranlar, demokratiya va erkinliklar muzeyi, balandligi 24 metr bo‘lgan demokratiya mayog‘i mavjud.

Ammo keyingi 17 yil mobaynida Turkiyaning demokratiya maëg‘i ekani shubha ostiga olindi. 

O‘tgan yillar davomida Turkiya jamiyati turli qutblarga ajrab ketgani aytildi.

Istanbulning sobiq bosh imomi Fathulla Gulan boshchiligidagi diniy sekta demokratiya ildiziga bolta urishga chog‘langani aksar turklar nazarida jiddiy xatar edi. 

Buning fonida mamlakat matbuot erkinligi, sud tizimi va inson huquqlari reytinglarida pastga quladi.

Ammo demokratiyaning asosiy unsurlaridan bo‘lgan saylov muxolifat umid qilgan yagona najot bo‘lgani o‘rtaga chiqdi.

Kech bo‘lsa-da, muxolifat barcha katta shaharlarda g‘alabaga erishdi.

«Eltuz» jamoasi gaplashgan aksar turklar nazarida, bundan chiqarilgan eng muhim xulosa shuki, Turkiyada hali-hamon hayot va demokratiyadan hech kim voz kechmoqchi emas. 

Qadimgi Rimda joriy qilingan demokratiya bugunga kelib butun dunëda davlat boshqaruvining eng maqbul uslubi bo‘lib qolaëtganini Turkiya misolida ko‘rish mumkin. 

Demokratiya – bu erkin, adolatli va muntazam o‘tkaziladigan saylovlardir. Bunday saylov tizimi Turkiyada mavjud. Turkiya hukumatining javobgarligi va xalq oldida hisob beraëtgani ham reallik. Mavjud tanqid va cheklovlarga qaramay, turk jamiyatida fikr erkinligi yo‘qolib ketmadi. 

Muqobil va mustaqil axborot manbalariga kirish imkonlari butkul bekitilmadi. 

Rivojlangan fuqarolik jamiyati, uchinchi sektor, jamoat tashkilotlari muxtoriyati va ularning davlat institutlari faoliyatiga ta'sir o‘tkazish salohiyati butkul bartaraf bo‘lmadi. 

Turk vatandoshlari  nisbatan mustaqil jamoalar yoki tashkilotlar, shu jumladan, siyosiy partiyalar tuzish huquqiga ega.

Bu demokratiya maydoni. Bu maydon barcha uchun ochiq. O‘nglar ham, so‘llar ham, dini, irqi va siësiy moyilliklari turlicha bo‘lganlar ham ënma-ën, biriga toqatli bo‘lib yuradigan maydon. Emas oson bu maydon ichra turmoq, Tsitseron panjasiga panja urmoq.

eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 july 2016
Bugun Markaziy Osiëda ishlab chiqarilaëtgan “xontaxta” filmlarining chuchmal qaxramonlari odamni zada qilar ekan, o‘tgan asr kinoekranlarini to‘ldirgan jiddiy san'atkorlar ...
14 november 2025
Gulnor xayolga o‘xshagan bu g‘aroyib yerga qanday kelib qolganini tushunolmay garang edi. Bo‘ri uvlashi, yashil ko‘zlar va kulrang yollarni ...
7 april 2024
Salom qadrli muxlislar, Eltuz portaliga kelgan co‘nggi 5 ta maktubni o‘qib eshittiramiz, ular O‘zbekistonning Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlaridan kelgan. Xatlar oqimi davom etmoqda, muammolar yechimini to‘liq ta'minlash uchun Eltuz kanaliga obuna bo‘lish, layk ...
30 november 2020
«Eltuz”ga yaqin va bir-biridan mustaqil manbalarning xabar berishicha, kelayotgan dekabr oyida O‘zbekistonning kuchishlatar tizimlarida rahbarlar almashinuvi kutilmoqda. “Vazirlarni almashtirish ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...