Audio-kitob
8 january 2022

«Kechir, amma!» 1-qism

Hikoyamiz qahramoni qirq bilan ellik orasidagi dehqonobodlik yigit. Toshkentning eski pedinstitut yaqinidagi Bobur ko‘chasida, to‘rt qavatli g‘ishtin uylardan birida yashaydi. Rasman elektrosetda pul undiruvchi bo‘lib ishlaydi. Ammo asosan shahar ko‘chalarida taksichilik qiladi.

Qahramonimizning ismi Xolli familiyasi Berdiev. Bo‘ynida katta xoli bilan tug‘ilgani uchun Xolli deb ism qo‘yishgan. Toshkentda u xotini Komila bilan yashaydi. Bir o‘g‘il bir qizi bor.

Komila Xolliga uzoq qarindosh. Komilaning passportdagi ismi Kamilla. U tug‘ilganida Xollining ammasi unga bu ismni qo‘ygan. Fortepiano muallimi bo‘lgan amma italiyan bastakori Vivaldiga sodiq murid edi.

Qarindoshlardan birining oilasida navbatdagi qiz tug‘ilib, ismini qiz tug‘ilishi «To‘xtasin» deya To‘xtaxon qo‘yishmoqchi bo‘lganida amma bunga qarshi chiqib, zamonaviy ism qo‘yishni taklif qilgan. Xullas, Dehqonobod tog‘-toshlarida tug‘ilgan qizga Kamilla deb ism qo‘yildi. Kamilla bu bastakor Vivaldining onasi venetsiyalik Kamille Kalikchiodir. Dehqonobodlik Kamilla hali beshikdaligidaëq undan 8 ësh katta Xolliga unashtirilib qo‘yildi.

Shu o‘rinda amma haqida gapirsak.

Aytganim kabi, amma fortepiano muallimi. Ammaning ismi To‘lg‘anoy.1973 yili Qarshi shaxrida yangi ochilgan madaniyat saroyida 10 yashar dehqonobodlik To‘lg‘anoy ismli qiz fortepionada Vivaldining «yil fasllari» kompozitsiyasidan parcha chalib beradi. Madaniyat saroyi ochilishida qatnashgan SSSR madaniyat vaziri Yekatrina Furtseva bu qizni olqishlab, o‘zi bilan Moskvaga olib ketadi. To‘lg‘anoy Moskvadagi Gnesinыx musiqa maktabi fortepiano bo‘limida o‘qiydi. O‘sha paytda Chexoslovakiya poytaxtida bo‘lib o‘tgan Vivaldi musiqa festivalida qatnashib, Chexoslavakiya fortepianochilar uyushmasi diplomini oladi.

Moskvadagi Gnesinыx maktabida o‘qib yurgan paytida To‘lg‘anoy o‘pkasini shamollatadi. 9-sinfni bitirib, Dehqonobodga qaytadi. Bu paytga kelib To‘lg‘anoyning xomiysi Furtseva allaqachon o‘lib ketgan edi. Dehqonoboddagi maktabda o‘ninchi sinfni bitirgan To‘lg‘anoy Toshkentdagi Nizomiy nomli pedinstitut musiqa bo‘limiga o‘qishga kiradi. Bitirgach uni institutda o‘qituvchi qilib olib qolishadi. Bobur (o‘sha paytda Pedagoglar ko‘chasi) ko‘chasidan kvartira berishadi. Hozir Xolli yashaëtgan kvartira bu. Ammo Moskvada orttirgan kasal bois Xollining ammasi To‘lg‘anoy 23 ëshida olamdan o‘tadi. Er qilmagan To‘lg‘anoy o‘z uyini jiyani Kamillaga vasiyat qilib qoldiradi. Dehqonobodda tuzuk quruq ishni boshini tuta olmagan Xolli Kamilaga uylanib, Toshkentga ko‘chib kelib, ammaning uyida yashay boshlaydi.

Vasiyatga ko‘ra, uyning bir burchagidagi Zimmerman degan Pragadan keltirilgan pianino va uning ënida turgan qora ebonit telefon apparati va devordagi ikki romkali lavha joyidan jilmasligi shart. Lavhalardan biri Chexoslovakiyada berilgan diplom, yana birida esa Antonio Vivaldi portreti edi. Butun uy o‘n marta remont qilingan bo‘lsa ham, shu burchak o‘zgarishsiz qolaëtgan edi.

Hikoyaning davomnini Xollining o‘zi aytib beradi.Xollining hikoyasi «Toshkentda yashashning o‘zi bo‘lmaydi. Yaqin yaqinlargacha propiskasiz uchaskavoy mentga o‘lpon to‘lab yashadim. Ishim «nervinniy». Hech kim svetga pul to‘lashni istamaydi. Elektrosetdan oladigan oyligim yetmaydi. Kreditga olgan Neksiya bilan kira qilaman. Bugun kreditni ëpmasang, moshinangni so‘t orqali tortib olamiz, degan xat keldi. O‘zi katta summa emas. To‘rt million sakkiz yuz ming so‘m. Ammo qani shu summa. Qarz so‘rab yig‘lab borsang, uvillab, ho‘ngrab chiqishadi. Hech kimda ortiqcha pul yo‘q. Yo‘q i vsyo. Nima qilay? Bersang ber o‘sha so‘tingga, istasang obchiqib otib tasha. Yo‘qchilik jonimga tegdi. Uyda hech vaqo yo‘qligidan xotin bollarni olib, Dehqonoboddagi enasini uyiga ketgan. Qarindoshlar bir qoshiqdan bersa to‘yishadi.»

Telefon

Shu gaplarni o‘ziga o‘zi gapirgan Xolli kiyimini hem yechmay o‘ringa cho‘zildi. Tush ko‘rdi. Tushiga ammasi kiribdi. «Xollijon bolam, nega menga telefon qilmaysan? Ammajoning seni sog‘indi,» dedi rahmatli amma. Xolli cho‘chib uyg‘ondi. «Qanaqa telefon? Ammam zamonida so‘tka yo‘q edi-ku.» Birdan burchakdagi qora telefon jiringlab boshladi. O‘sha ebonitdan bo‘lgan qop-qora telefon. Bu telefon 1989 yildan beri ishlamay ëtgan o‘lik matoh edi. Nega jiringladi? Xolli karaxt bo‘lib, telefonga qarab turardi….

Rassom Tuz

(davomi bor)

Tag‘in o‘qing
30 november 2023
Turkiyaning Sakarya shahrida fohishalik bilan shug‘ullangan 49 nafar o‘zbekistonlik xotin qo‘lga olindi. Qayd etilishicha, Sakarya viloyat politsiya boshqarmasi Jamoat tartibini saqlash bo‘limi Axloq byurosi guruhlari, Sakarya Bosh prokuraturasi boshchiligida joriy yilning 25 noyabr kuni kechqurun Sakaryaning Qorasu tumanida 10 ga yaqin manzilda reyd o‘tkazgan.   Operatsiya davomida jami 61 nafar ...
21 october 2016
«Xalq so‘zi» gazetasi (19.10) O‘zbekistonda 4 dekabrda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovi kampaniyasida ishtirok etayotgan jurnalistlar uchun amaliy seminar o‘tkazilgani ...
7 august 2018
Tushishim bilan «Nimaga imillaysan hayvon, kurortga keldingmi!?» deb yelkamga, belimga besh-olti marta rezina to‘qmoq bilan ayamasdan urishadi, «delo» bo‘yicha ...
1 december 2025
Kambag‘allikni Qisqartirish va Bandlik vazirligi faoliyati yuzasidan jamoatchilikda bir qator savol va tashvishlar paydo bo‘lmoqda. Ayrim manbalarda ta'kidlanishicha, vazirlikning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...