Asosiy mavzular
31 january 2022

«Kechir, amma!» 5-qism. Telefon

(Rassom Tuz hikoyalari. Davomi, boshi o‘tgan sonlarda)

Xolli uyga kelib, divanga ënboshladi. Moyka egasi bo‘lib boyish orzusi uning haëlini band qilgan edi. Xollining ko‘zi burchakdagi qora ebonit telefonga tushdi. Qandaydir ta'ma va tushunarsiz ishtiëq bilan telefonga boqdi. Bu telefon o‘rnatilishi bilan bog‘liq tafsilotlarni Xollining sulolasidagi barcha ëd biladi.

1986 yili To‘lg‘onoydan Chexoslavakiyadagi «Hudebni rozhledy» jurnali muxbiri telefonda intervyu olmoqchi bo‘ladi. Ammo, To‘lg‘onoyning uyida telefon yo‘q edi. U paytda telefon o‘tkazish uchun kamida 10 yil navbatda turilar edi. SSSR madaniyat ministri Petr Demichev o‘sha paytda komfirqa kotibasi bo‘lgan Ra'no Habibovnaga telefon qilib, chexoslavaklar qiziqaëtgan toshkentlik fortepiano muallimasining uyiga telefon o‘tkazishni iltimos qiladi. O‘sha kuni O‘z SSR aloqa ministri Komiljon Rahimovning o‘zi qo‘lida telefon solingan korobka bilan kelib, telefon o‘tkazib ketadi. Ilk telefon qilgan odam Petr Demichev bo‘ldi. Komil og‘ani o‘zi trubkani olib «Zdravstvuyte, Pyotr Nilovich. Skazano. Sdelano,» deb raport berdi. Besh minut o‘tib, qo‘mfirqa kotibasi Ra'no Abdullaeva telefon qilib, To‘lg‘onoy bilan gaplashdi. Ra'no Abdullaeva onalarcha g‘amxo‘rlik bilan To‘lg‘onoyning institutdagi faoliyatidan tortib Deqonoboddagi yaqinlarigacha so‘rab surishtirdi.

Beherovka likeri

Shundan keyin Chexoslavakiyadan muxbir telefon qilib, To‘lg‘onoy bilan suhbat qildi. Rus tilida bo‘lib o‘tgan suhbat Vivaldi musiqasi haqida edi. Oradan bir oy o‘tib, Chexoslavakiyaning Moskvadagi elchixonasi xodimi suhbat e'lon qilingan jurnaldan bir necha nusxa, Vivaldi asarlaridan tarkib topgan gramplastinkalar to‘plami va bir shisha Beherovka likeri olib keladi. Beherovka likerini Xollining otasi Quvondiq aka ichib ko‘rib, kompotga o‘xshash narsa ekan deya, ortidan yana 50 ta aroq quyib ichgandi. Xullas, o‘sha tarixiy telefon apparati. Xolli roppa-rosa bir oy oldin 9 fevral kuni bu telefon «tilga kirganini» esladi:

«Ha bir oy bo‘ldi. Koshki yana ammam tushimga kirib. Eh Xollijon, o‘sha orzu qilgan moykangni senga obersam, xursand bo‘lasanmi, deb so‘rasa.»

Xolli o‘zining ta'magirligidan uyaldi.

«Yigit moli – yo‘lda. O‘zim ishlab topaman. Ammamni ruhini bezovta qilmay.»

Erta gullagan o‘rik

Shu payt telefon jiringladi. O‘sha qadim zamondan qolgan yumaloq gardishli qop-qora telefon. Xolli qo‘rqib ketdi. «O‘z orzularingizdan qo‘rqing. Bu orzular ijobat bo‘lishi mumkin,» degan gapni esladi. «Nahotki, ammam telefon qilyapti? Narigi dunëda ham aloqa sistemasi bor ekanmi?» Xolli borib, trubkani ko‘tardi. Trubkada Vivaldi bastalagan «yil fasllari» turkumidagi «Ëz» kompozitsiyasi chalinardi. Bir ozdan so‘ng «Chekeyte prosim» («kuting») degan chex tilida sas keldi. Xuddi oldingi safardagiday. Keyin yana savol javob. Bu safargi savollar ham xuddi avvalgiday boshlandi. Ism. Familiya. Ammo keyingi savollar sal boshqacha edi. Ammaga o‘tkazilgan telefon raqami qanday edi, deb so‘raldi. Xolli bu raqamni aniq eslaydi. 55 146 40 86. Ammani intervyu qilgan chex muxbirning ismi. «Ehh ismi nima edi?» Xolli kalovlanib qoldi va uning ko‘zi devordagi romkaga tushdi. Romkalangan shisha ostida «Hudebni rozhledy» jurnalida bosilgan maqola turardi. Muxbirning ism sharifi ham bor edi. «Vashek», dedi Xolli. Shundan keyin telefondagi odam xuddi oldingi kabi trubkani qo‘yib zarur bo‘lgan summani dollar ekvivalentida tering, dedi. Xolli trubkani qo‘yib qayta ko‘tardi. Telefon gardishidagi 5 raqami ëzilgan teshikka barmog‘ini suqib aylantirib qo‘yib yubordi. Keyin xuddi shu tarzda to‘rt marta nol raqamini terdi. Vivaldining «Ëz» degan kompozitsiyasi yangradi. Keyin robotga o‘xshash ovoz nima qilish haqida batafsil instruktsiya berdi.

Maktub

Xolli bu instruktsiyani qo‘l telefoniga ëzib oldi. Bu instruktsiyaga ko‘ra Xoli Turkiyadagi ATV telekanali sahifasiga kirib Kenan İmirzalıoğlu degan o‘rtakashga xat ëzishi kerak edi. Xolli oldin maxsus formani to‘ldirdi.

Ism¸ familiya, adres va kontakt uchun telefon. Keyin Xolli o‘zbek tilida maktub ëzdi. Mana Maktub. «Muhtaram Kenanbey, ammam tushimga kirib, Kenanbeyga maktub ëz, dedi. Aslida, Ammam bir oy oldin tushimga kirgan edi. Bugun ammam menga sizga maktub ëzishimni ishorat qildi. Mana ëzib o‘tiribman. Ëzaëtib derazadan qarasam, o‘rik gullabdi. Bu yil o‘rik erta gulladi. Sovuq urib ketmasa bo‘ldi. Ammam rahmatli musiqaga o‘qiyman deb, Moskva sovuqlarida o‘pkasini shamollatgan edi.

Oqibat tuzalmay o‘lib ketdi. Ammam bizning sulolada yagona o‘qimishli aël edi. Fortepiano muallimi edi. Klassik muzikani sevardi. Ammam haqida soatlab gapirishim mumkin. O‘zim haqda hech narsa deëlmayman. O‘ldirgan qurbaqam yo‘q. Svet idorasida oddiy klerkman. Tirikchilik uchun ertadan kechgacha baranka aylantiradigan kirakash. Kenanbey, sizga aytadiganlarim shu. Xatimga javob qilsangiz, ammamning ruhi shod bo‘lardi. Xolli Berdiev. Toshkent shahri. 9 mart.»

Xatni ëzib bo‘lgan Xolli tugmani bosib, maktubni jo‘natib yubordi. Xollining qalbini chuqur xuzun va sog‘inish qoplagan edi. Xolli endi moykaga ega bo‘lib boyib ketish haqida o‘ylamas, balki behudaga sovrilaëtgan umridan afsuslanardi. Zotan Xollida tovushlarni bir biridan ajratish qobiliyati bor. Yaxshigina musiqiy hofizasi bor. Xolli uni o‘qitmagan otasi Quvondiq akadan ranjidi.

Davomi bor

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
3 april 2016
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anievaning o‘zbek tilini bilmasligi haqida ijtimoiy tarmoqda qoldirgan izoxi shov shuvga sabab bo‘ldi. 38 ...
3 february 2022
Shvetsiyadan qochqinlik maqomini olgan o‘zbek faoli Muhiddin Qurbonov 2 fevral kuni  saraton kasalligidan vafot etdi. Bu haqda Eltuzga xabar ...
13 january 2023
O‘zbek kinosi shimoldagi «urishqoq» davlat emas, balki Garbdagi taraqqiyparvar davlatlar bilan hamkorlik qilayotgani quvonarli holdir. Sal oldin VGIKning filiali ...
5 april 2016
«O‘zbekenergo» gapni «mamlakat energetika xavfsizligi, eksport majburiyatlari va elektr energiyasiga tobora ortib borayotgan ehtiyojlarni qondirish uchun «O‘zbekenergo» tizimidagi elektr ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...