Asosiy mavzular
15 may 2023

Qochqindi Bekzod Musaev nega vazir kursisida ӯtiribdi?

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Germaniyadan kelgan xalqaro tashkilot vakillari bilan uchrashuvni bekor qildi. Uchrashuv oldindan belgilangan edi. Uchrashuvga bir necha soat qolganida vazirlik xalqaro tashkilot vakillariga chiqib, uchrashuv «otmen» bo‘lganini aytishgan. Bundan oldin Qishloq xo‘jalik vazirligi ham ayni tashkilot vakillari bilan uchrashuvni oxirgi minutda bekor qilgan edi. Referendumda nollashgani ortidan O‘zbekiston hukumati yana o‘z qobig‘iga kirib, dunëdan izolyatsiya bo‘lmoqchimi? Bu savolni ayni tashkilot vakillari Samarqandda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘tkazaëtgan tadbirda bildirishadi. Tepaga chiqqan zo‘ldirning tezgina pastga qarab yumalab, oldingisidan ham pastga qulay – bu fizika qonuni. O‘zbekiston «paxta boykoti ҷildi, ishim bitdi – eshshagim loydan o‘tdi,» deb o‘ylasa,  qattiq yanglishadi. O‘zbekistondagi vazirliklar, xususan, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomog‘igacha korruptsiyaga botgan. Bu vazirlikning astronomik o‘g‘irliklari haqida O‘zbekiston prezientligiga nomzod Mirziëev Shavkat bilarmikan? Umuman o‘tmishi qorong‘i bo‘lgan, sal oldinroq iqtisodiy jinoyatlar qilib qochib ketgani ortidan qidiruvga berilgan Behzod Musaev nega yana rahbarlik kreslosida o‘tiribdi? Kimning cho‘ntagi u. Mana bu iqtibos esa xalqaro RFE/RL nashridan:

“Behzod Musaevni ichkarida “Aripovning kassiri”, deyishadi. Musaev IIVda qidiruvda bo‘lgan, aynan talon-taroj uchun. Amerikaga qochib ham ketgan, boshpana ham olgan, deb yozishdi. Lekin Aripov bosh vazir bo‘ldi, oradan hech qancha o‘tmay Musaev ham ishga qaytarildi. Jinoyat ishlariyam, qidiruv ham yopilib ketdi.»

Nega deb birov so‘radimi? Mana biz beramiz shu savolni Behzod Anvarovichga. Muhtaram vazir taniqli ëzuvchi Bulgakov asari qahramoni aytgan bir gapni sizga eslatmoqchiman: «Qo‘lëzmalar ënmaydi». Bu kitob o‘zbek tilida ham bor – «Usta va Margarita» deb ataladi. Darvoqe, bu kitob qahramoni Volandning tsirk bufetchisi bilan dialogi ham siz uchun qiziq Behzod Anvarovich! Kitob qahramoni Voland bufetchiga qarab deydi: «Beshta bank hisobida ikki yuz qirq to‘qqiz ming puling bor ekan¸ bundan tashqari uyingdagi pol tagida ham ikki yuz dona oltin tanga yashirgansan. Holbuki sen 9 oydan keyin medinstititut klinikasining to‘rtinchi palatasida rakdan o‘lasan. Bu pullarni xarjlay olmaysan-ku. «

Yaxshi kitob bu. Qolaversa, Shavkat Miromonovich ham vazirlar kitob o‘qisa sevinadi. @eltuz2022

Tag‘in o‘qing
27 january 2021
Darvozani tambalamagan ekanman. Chiroq yo‘q edi. O‘rnimda cho‘zilib, ko‘zimni yumib yotgandim. To‘satdan hovlimdan ayollarning bir-biri bilan gaplashgan ovozi eshitildi ...
19 april 2023
Salom qadrli muxlislar, bugun 19 aprel, e'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning navbatdagi sonini taqdim etadi. +++ Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi ...
3 february 2016
Mustaqil jurnalist Maloxat Eshonqulova navbatdagi videolavhasida yaqinda o‘zbek turmasidan ozod etilgan mahkum huquq himoyachisi O‘ktam Pardaevga mikrofon tutadi. “O‘zbek ...
18 march 2021
Bahor keldi. Sirdarëdagi o‘riklar oppoq bo‘lib gulladi. Giëhlar tabiatning so‘z erkinligi kabi ko‘kka o‘rladi. Bahordagi qayta tirilish tabiatga xos ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...