Catira
22 may 2023

Rassom Tuz: Adabiyot universiteti nadur?

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich «o‘z atrofiga qarindosh urug‘ini yig‘ib, kamida bir nechta podstavnoy firma ochib, kontrakt pullarini ularga kachat qilarkan. Tipa tender-mender otkat». 

Eltuzga kelib tushgan bu shikoyatni ëzgan arizachining o‘zi bilan shaxsan bog‘landik. 

Yuzini ko‘rdik, videoni ëqib, propiskasi va pasport danniylarini oldik. (qoida shunaqa. Anonim bilan ishlamaymiz) Shundan keyin u kishiga qarab, ëzganlaringizni yana tasdiqlaysizmi, deb so‘radik.

Arizachi bu universitetda o‘qitish va o‘qishdan boshqa «lyabaya biznes xorosha» degan fikrda sobit. 

«Xullas, 4-5 ta firma hammasi Universitet glavniy bugalterining qarindosh-urug‘i nomiga ochilgan. Agar tekshirsa, o‘sha tenderda qatnashgan va yutgan, doimiy yutib yurgan firmalar hammasi o‘shalarniki ekan. Tenderniyam yutib beruvchisi bor. Remont va jihozga deb, pul chiqarishib olishadi, yashshamagurlar. Otkat qiladi polniy»

Yana bir iddao: «O‘g‘li Shohrux Sirojiddinov shu yil shu universitet doktoranturasini bitirdi. Adabiyot bo‘yicha. Abdug‘ani Nasriddinov, ya'ni rektorning sobiq yordamchisi Alisher Navoiy universitetida korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i qilib tayinlanibdi.» 

(Nepotizmga qarshi bo‘lim boshlig‘i bo‘lsa yanayam mos tushardi.) 

Rektorning o‘g‘li 50% ulushdor,  Abdug‘ani – 25%, Nurbek degan zamdekan – 25 %.

Arizachining yana iddao qilishicha, may oyida litsenziya olib ochilgan yangi universitet ta'sischilarining yarmi rektorning «jigarlari», yarmi ya'ni ulushning – 50 % foizi uning o‘g‘liga tegishli. 

«O‘g‘li eshakmiyadek darajada tuppoy», deydi arizachi. 

Ammo bu iddao sal bo‘rttirilgan, chunki eshshaklar miyasi ancha rivojlangan. Eltuz arizachi iddaosida eshshaklar haqorat qilingan, deb biladi. 

«Qanday qilib amaldagi rektorning o‘g‘li universitet ochadi, oddiy o‘qituvchi bo‘lsa?» deb so‘raydi o‘z maktubida arizachi.

Shikoyatchi iddaosiga ko‘ra, «Shuhrat Samariddinovich 7 yilda universitetni yeb bitirgan. Hatto devorlar kemirib tashlangan»

Yana bir iddao esa – boshqaruv menedjmenti ogorodiga tosh. 

«Faqat sodiq qullar va o‘ziga yaloqilarni olib qolgan. Rektorjonim, rektorjonim, deya oyog‘ini yalashga tayër, ammo yer yumaloqligini bilmaydigan darajada savodsiz tipni dekan qilib qo‘ygan. Butun tizimda laganbardor yugurdaklar yurishibdi tirjayishib,» deydi ariza ëzg‘uchi mardum. 

Bu institut xodimlariga «Adabiët nedur?» deb savol bersangiz, tushunmaydi. Ammo «Adabiët universiteti nedir?» degan savolga javoblari tayër: «Bu pul ajriqlarini o‘radirg‘on o‘roqdir»

Mosholloh. Alxamdillox. Tangri ërlaqasin. O‘qishga biznes deb qarashning ëmon tarafi yo‘q. Kim ujin abersa, o‘sha bilan tantsa qiladi, anavi go‘zal qiz – bu o‘ris maqoli. «Kto devushku ujinaet, tot yeyo i tantsuet….» (Maqolam o‘lsin har joyga suqilmay) 

Ammo o‘qish biznesi degan narsada «o‘qish» degani ham bor. U qanday? 

«Eski qobiqqa o‘ralib qolgan. Til islohotini amalga oshirisha olishmadi. O‘zbek tili bo‘yicha bitta lotin yozuvini yo‘lga qo‘ya olishmadi. Chunki butun fikr xayol universitetni yeb bitirish»

Arizachiga savol berdik. «Adabiët universitetining yeyiladigan yana nimasi qoldi?» 

Savol ritorik bo‘g‘ani uchun javob ritorik sukutdan iborat bo‘ldi.

Endi yana bir gap. Jurnalistik aqida bu ikki kishining arra tortishiga o‘xshaydi. Sen u ëqqa tortasan, men – bu ëqqa. Asnoda to‘nka ikkiga ayriladi. Shu aqidaga ko‘ra, bu barcha ëzganlarimiz – arizachining iddaosi. Uning gapi. Uning diydiësi. 

«Yo‘q unday emas, mana bunday» deyishga orzumandlar bo‘lsa Eltuz ularga ham minbarning to‘rini beradi. Marhamat rad qilsin. Rektor orzu buyurib, gapiraman desa, bosh ustiga. 

«O‘g‘lim 50 foiz do‘lyada emas», desin. Agar deya olsa… Bemalol. 

(Rasmda Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich o‘tkir nigoh bilan bizga qarab turibdi)

Shu yerda to‘xtab tin olay. Alisher Navoiyning bir gaplari bor. 

Nima devdilara bobomiz?

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
2 october 2019
«Yozarning sasi» ruknida «Eltuz» nashri marhum shoir Rauf Parfining o‘z do‘sti Muhammad Solihga bag‘ishlagan kitobidan o‘qigan she'riy turkumni muxlislar ...
18 april 2020
Mana, azizlar, qatordan xato bo‘lmay, yana siz bilan yuzlashganimdan baxtliman. Holbuki, bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor.  Bugun odamlar ...
22 october 2025
O‘zbekistonda Kreml siyosati tarafdorlarining ta'siri sezilarli darajada kuchamoqda. Ularning gap-so‘zlari Rossiya rahbariyatiga bo‘lgan shaxsiy simpatiya yoki Sovet Ittifoqiga nisbatan ...
29 june 2019
Tepada o‘tirganlar kaptarning butiga xat solib menga jo‘natishdi. Shu yaqin orada 9 ta aël prezident tarafidan kechirilib, qamoqdan chiqarilar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...