Asosiy mavzular
18 march 2024

Chala qurilgan uy, isrof bo‘layotgan suv va ko‘mib yuborilgan ariq – EP127

Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyat maktubini o‘qib eshittiramiz. Ular O‘zbekistonning Buxoro, Toshkent va Andijon viloyatlaridan kelgan. Dastlabki murojaatni Buxorolik ko‘zi ojiz vatandoshimiz yo‘llagan. U  chala xolda topshirilgan turar joy uyidagi noqulayliklar haqida viloyat hokimiga videomurojaat tayyorlagan.  

Keyingi murojaat Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidan. Videoda ichimlik suvi ko‘chaga oqib isrof bo‘layotgani aks etgan.

«Assalomu alaykum eltuz! Iltimos tegishli ma'sullarga yetib borsin.

 Toshkent viloyati, Bo‘ka tumanidagi holat. Shundoqqina Suvoqava Davlat Unitar Korxonasining burni ostida joylashgan ko‘cha boshidan oxirigacha suv toshib yotibdi. Achinarli tarafi 1 haftadan beri tonnalab suv uvol bo‘layotgan bir vaqtda qancha insonlar bir tomchi suvga zor.

Baraka topgur SUVOQAVAda biror ko‘zi ochiq inson yo‘qmi? Trubani yamay olmasang o‘chirib qo‘y, Uylarni zax olib ketdiyu.» deya yozmoqda Bo‘ka turg‘uni.

Navbatdagi maktub Andijonning Bo‘ston tumanidan. Tumanning ”Obod” mahallasidagi fuqarolar havfli, qo‘l bola simyog‘ochlar, chang va loy bosgan ko‘cha haqida yozishmoqda, ular yillar davomida ayni hududda yashab kelishmoqda.

”Bizning mahallaga tuman hokimi bir necha bor kelib, simyog‘och va yo‘llarimizni ko‘rgan. Lekin muammoni hal qilgani yo‘q. Svet juda past ishlaydi. Suv qaynatish uchun soatlab vaqt ketadi. Yo‘limiz ham loy, chang bo‘lib ketadi. Ko‘chamizga ariq ham kelmagan. Mevalarni sug‘orishda qiynalyapmiz. Bizga ariq ham kerak” deydi murojaatchi.

Ko‘rsatilgan muammo bo‘yicha tuman hokimligi va tegishli tashkilotlardan ijobiy yechim kutib qolamiz.

Keyingi maktub Buxoroning Olot tumanidan. Videoda navbatdagi simyog‘och aks etgan. U Nurobod mahallasida joylashgan.

Va so‘nggi maktub Toshkent shahrining Sergeli tumanidan.

«Assalomu alaykum, Toshkent shahri, Sergeli tumani, Sputnik 16A dagi holat.

Ariq o‘tkazilgan, lekin «Xushnud» mahallaga kirishdagi ariq qum bilan berkitib tashlangan. Suv bechora qaerdan oqib o‘tishni bilmay sarson. Bu ko‘r ko‘rona qilinib ketgan ishlar» deya izohlaydi poytaxt ko‘chasidan o‘tgan ariq ahvoli aks etgan videoni toshkentlik Eltuz obunachisi.

Va bu sizning e'tiboringizga bugun havola etganimiz beshta murojaatning so‘nggisi edi.

Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izohlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib bizga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi. Bilmaganlar uchun yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u erga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
26 august 2016
Bag‘dod tumani mahalla faollaridan biri, eltuz.comga har bir qishloqda yashovchi 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan har uch kishi bir ...
10 june 2016
Bugun, 10 iyun – toshkentliklar uchun og‘ir yo‘qotish, eng ekologik jamoat transporti bo‘lgan tramvay so‘nggi manzilga kuzatilganini yana bir ...
7 february 2017
Shu kunlarda hokimlar, prezidentning viloyatga qachon kelishi xaqida fol ochishmoqda. Mirziyoevning istagan vaqt, istagan hududni borib ko‘rish xohishi, viloyat ...
29 june 2017
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Sudya och ekan, prokuror to‘q ekan. Sudyaning alvasti kabi xotini, yiqilay deb turgan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...