Asosiy mavzular
2 may 2024

Ta'mirga muhtoj yo‘l 60 yillik uy va navoiyliklar noroziligi

Salom qadrli muxlislar, Eltuz portaliga kelgan co‘nggi 5 ta maktubni o‘qiymiz, ular O‘zbekistonning Qashqadaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlaridan kelgan.

Xatlar oqimi davom etmoqda, muammolar yechimini ta'minlash, shuningdek kanalimizning alohida sahifasiga kirib privatga o‘tkazilgan videolarni  ko‘rish uchun Eltuz kanaliga obuna bo‘lish, layk bosish va superrahmat tugmachasini bosib kanalni qo‘llab quvvatlash tavsiya qilinadi va biz xatlarni o‘qishda davom etamiz.

Dastlabki maktub Qarshi shahridan. Prokuraturaga chaqirtirilgan fuqarolar ko‘chada kutib sarson bo‘lishganidan shikoyat qilishmoqda.

“2024 yil 27 aprel, shanba kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri prokuraturasi mas'ullari 15-20 kishini prokuraturaga chaqirtirishdi. Lekin ularni qabul qilmay, prokuratura binosi yonida sarson qilishdi. Tushlikdan keyin soat 14:30 bo‘lishiga qaramay, fuqarolar ko‘chada issiqda tik oyoqda kutdik. Kutib charchaganlarning ayrimlari oxir-oqibat uyiga qaytib ketishga majbur bo‘ldi. Bu holatni qanday izohlash mumkin?” deya yozadi qarshilik muxlis.

Rasvo ko‘chalar turkumidan navbatdagi maktub esa Navoiy viloyatidan. Navbaxor tumanidan o‘tadigan yo‘l bir necha yildan buyon ta'mirga muhtoj.

 “Navoiy viloyati Navbahor tumanidan murojaat qilyapmiz. Hududimizdagi yo‘l bir necha yildan buyon ta'mirlab berilmaydi. Aholi ancha vaqtdan buyon sarson. Aholi yo‘l ta'mirlanishini talab qilsa, IIB xodimi fuqarolarni qonunbuzarlik va jarimadan ogohlantirdi. Hokimlik yo‘lni ta'mirlab berishini so‘raymiz” deya shikoyat qilishmoqda navbaxorliklar.

Shofirkonda esa uy shirkati yashovchilardan pul talab qilib sudga berdi. Kvartira egalari esa,  uyning ahvoli achinarli ekanidan shikoyat qilmoqda…

«Assalomu alaykum Eltuz. Biz sizga Shofirkon tuman Kalmakon MFY 14-uy fuqarolar nomidan yozyapmiz, umidimiz sizdan.

«Farhod Farrux Omad: MChJ shirkati 14-uy uchun har oy kommunal to‘lovlar oladi, lekin hech qanday xizmat ko‘rsatmaydi, muammolarimizni hal qilib ber, keyin pul to‘lov qilamiz desak, yoppasiga sudga berdi, domda kanalizatsiya yo‘q, ko‘chada xojatxona bor unga hatto 1 ta eshik qo‘ymaydi.

1960-yillarda qurilgan uyda «dimaxotlari» ishlamaydi, qurilgandan buyon biron marta fasad qilinmagan, atrofi qumzor tikanzor bo‘lib yotibdi, mashina qo‘yish uchun joylar yo‘q, tez yordam kerak bo‘lib qolsa yo‘lga bitta mashina kirsa o‘tib bo‘lmaydi.

Bu shirkatni tekshiradigan bironta idora va mas'ullar bormi? Sizdan iltimos bizga yordam bering, talabga javob bermaydigan dom shirkatiga to‘lovlar to‘layapmiz, har yili va'da berib hech narsa qilishmaydi.» deya yozmoqda shofirkonliklar.

Navoiyda esa xalq ko‘tarildi, IIB hodimlari ularni qo‘rqitmoqda

«Assalom aleykum Tuz og‘a. Xalq ancha vaqtdan buyon sarson. 

Hokimiyat bilan IIB esa fuqarolarni qo‘rqitib, jarima qilib, davlatga qarshi chiqishda ayblamoqda. Bitta yo‘lni necha yillardan buyon ta'mirlab berolmaydilar. Holat Navoiy viloyati Navbahor tumanida yuz bermoqda.»

Dehqonobodda esa tadbirkorning yeri buzi tashlandi. So‘nggi maktub Qashqadaryodan.

«Salom, men tadbirkorman. 2024-yilning fevral oyiga qadar qonuniy tarzda tadbirkorlik bilam shug‘ullanib keldim.

Lekin, Dehqonobod tuman hokimligi tomonidan ogohlantirishlarsiz tadbirkorlik sub'ektimni soliq to‘lamagansan, yerni noqonuniy egallagansan degan vajlar bilan buzib tashlashdi.

Iltimos janob Prezident bizga yordam bering» deya yozmoqda dehqonobodlik Eltuz obunachisi.

Va bu sizga yetkazganimiz bugungi so‘nggi maktub edi. Eslatamiz, eltuz portali telegramdagi alohida sahifadir. U erga xatlar uchun maxsus bot o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham chop qilishga intiladi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Agar ko‘rsatuvimizni qo‘llab quvvatlamoqchi, yoki ayrim yopiq videolarni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz super raxmat tugmachasini bosing.  Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
20 october 2025
1999 yili Londondagi IWPR nashri muxbiri sifatida Turkmanistonga safar qilib turkum maqolalar ëzgan edim. O‘sha paytda «Turkmanlar erkin yashamasa ...
11 february 2025
Ma'lumki joriy yilning 9 fevralidan boshlab men Eltuz Bosh muharriri Qudrat Bobojonov ta'tilga chiqqan edim va buning sabablarini hech ...
30 january 2026
To‘g‘ri gap tug‘ishganingga yoqmaydi. Mahalla yettiligi deb nomlangan yugurdaklar bir sutkada nechi soat ishlashi kerak o‘zi? Toshkent shahar Mirzo ...
25 may 2021
O‘zbekistonda yaqinda o‘tkazilgan so‘rovnoma respondentlarning 10 foizdan ko‘prog‘i oiladagi zo‘ravonlikka qarshi emasligini ko‘rsatdi. Bu mamlakatdagi gender munosabatlardagi tashvishga soladigan holatdir. Bu haqda Eurasianet nashri yozdi. 15 may kuni BMTning Oila xalqaro kuniga bag‘ishlab ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...