Asosiy mavzular
2 june 2024

AESga qarshi forishliklar, qisqargan yo‘l va surilgan bedazor – EP154

Salom qadrli muxlislar, Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta shikoyat maktubini o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlaridan kelgan.

Dastlabki murojaat Xorazm viloyatidan. Urganch tumanida mahallaning asosiy yo‘lini yopib uy qurishmoqda.

Keyingi shikoyat Surxondaryodan.  “Open byudjet”da g‘olib chiqqan yo‘l loyihasi nega qisqarishga tushdi?

“Surxondaryo viloyati Bandixon tumani Bag‘rikeng mahallasidan yozmoqdamiz. Mahalla ahli aprel oyida “Open byudjet” portali orqali 3 kmlik yo‘lni asfaltlash loyihasida g‘olib chiqqan edi. Negadir 3 kmlik asfalt yo‘l 2,5 kmga qisqartirilibdi. O‘zi yo‘llarimiz 40-45 yil oldin barpo etilgan. Iltimos, “Open byujet”da tasdiqlangan loyihaga ko‘ra  3 km yo‘lni asfaltlab berishsin” deya talab qilmoqda bandixonliklar.

Navbatdagi shikoyat Qashqadaryodan. Ko‘kdalada aholi elektr muammolaridan qiynalmoqda

«Assalomu alaykum Eltuz! 

Biz Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani O‘tamayli mahallasi, Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi uylarda yashovchi fuqarolar tomonidan shikoyat yubormoqdamiz. 

Mahallamizda elektr quvvati kamligi sababli kundalik hayotimizda turli noqulayliklar yuzaga kelmoqda.  Bu muammo ko‘plab xonadonlarga ta'sir ko‘rsatmoqda va yashash sharoitlarini ancha qiyinlashtirmoqda. 

21-may kuni Transformatorimiz qayta ta'mirlashnishiga qaramay yana buzildi. 

Mahallamiz uchun qo‘shimcha transformator o‘rnatilishi, eski simyog‘ochlarni yangisiga almashtirish va agar kerak bo‘lsa yangi simyog‘ochlar o‘rnatilishini hoxlaymiz. 

Sizlarning yordamingiz bilan mahallamizda yashash sharoitlarini yaxshilashga umid qilamiz!» deya yozmoqda Ko‘kdala turg‘unlari.

Bir guruh jizzaxliklar esa Rossiya quradigan AYeS loyihasiga qarshiligini bildirmoqda.

 “Jizzax viloyati Forish tumani Amir Temur va Mustaqillik MFYlar aholisi nomidan murojaat qilyapmiz. Kuni kecha Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari uchrashuvida Forish tumanida AYeS qurilishi bo‘yicha shartnoma imzolandi degan xabarlarni eshitib xafa bo‘ldik. Xalqdan bir og‘iz so‘ramay, AYeS quriladimi? Bu ona vatanimiz bo‘lgan O‘zbekiston uchun xavf emasmi? AYeS ajal emasmi? Agar uni Rossiya quradigan bo‘lsa, biz loyihaga qarshimiz. Vatan bizniki, ajdodlarimizdan qolgan merosimiz, biz vatanimizda bunaqa inshoot qurilishini yoqlamaymiz. Bir umr chiroqsiz, sham yoqib o‘tsak ham AYeS qurilishiga qarshimiz. Rahbarlarimiz aholi talabini inobatga oladi degan umiddamiz” deya norozilik bildirishmoqda forishliklar.

Va so‘nggi shikoyat Toshkent viloyatidan. Tadbirkor beda o‘rilgan yeriga noqonuniy traktor solinganidan shikoyat qilmoqda…”

Va bu sizga yetkazganimiz bugungi so‘nggi maktub edi. Eslatamiz, eltuz portali telegramdagi alohida sahifadir. U erga xatlar uchun maxsus bot o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham chop qilishga intiladi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Agar ko‘rsatuvimizni qo‘llab quvvatlamoqchi, yoki ayrim yopiq videolarni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz super raxmat tugmachasini bosing.  Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
9 may 2016
GM Uzbekistan shirkatiga aloqador yuqori mulozimlar uzoqlikka yugurish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatmoqda. Avtosanoat ishi bilan bog‘liq ikki MXX mulozimi ...
5 august 2020
Kiev markazida bankni portlatish bilan tahdid qilgan O‘zbekiston vatandoshi bir necha soat davomida muassasa direktorini garovda ushlab turganidan so‘ng ...
23 november 2025
L’EXPRESSVA THE INSIDERSURIShTIRUVIGA KO‘RA,VOQYeA INSTsYeNIROVKA BO‘LGAN Bugun O‘zbekistonda «tadbirkor va bankir» deb ardoqlanaëtgan Qahramonjon Olimovning shu yil ëzda Frantsiyada ...
7 march 2019
Gulnora Karimovaning umumiy tartibdagi qamoqqa o‘tkazilishi va farzandlarining dunyoga sharmanda bo‘ldingiz deb jar solishi mavsum-mavsum bo‘lib davom etadigan serialni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...