Asosiy mavzular
14 july 2024

Yoqib yuborilgan bug‘doy, buzilgan bozor va maktab direktorlari uchun o‘lpon – EP166

Eltuz Portaliga navbatdagi beshta maktub O‘zbekistonning Toshkent, Xorazm, Surxondaryo va Namangan viloyatlaridan kelgan. Dastlabki murojaat  Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidan. Zarbdor MFY Zarbdor ko‘chasida joylashgan fermerga tegishli bug‘doy dalasi yoqib yuborilgan.   Murojaatga ilova qilingan suratlarda yong‘in oqibatida bug‘doy dalasidan tashqari, atrof muhitga, daraxtlarga ham zarar yetganini ko‘rish mumkin. Yong‘in kim va nima sababdan kelib chiqqani hozircha Eltuzga noma'lum.

Keyingi murojaat Xorazm viloyatining Yangiariq tumanidan. Maktab  direktorlari bolalarning yozgi dam olish lageri uchun ulardan tuman hokimligi 2,8 million so‘mdan to‘lov talab qilayotganini Eltuzga bildirmoqda.

“Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi maktab direktorlari nomidan murojaat yo‘llayapmiz. Tuman hokimligi maktab direktorlaridan bolalar lageri uchun 2,8 million so‘mdan mablag‘ talab qilmoqda.  O‘zi 3,5 million so‘m maosh olsak, birovning bolalari uchun lager pulini to‘laymizmi?

Bundan tashqari, hokimlik talabiga ko‘ra, maktab direktorlari qo‘l ostidagi xodimlarini xonadon solig‘ini to‘latishga majburlashi kerak. Maktab rahbarlariga vakolatidan tashqari talablar qo‘yilishi holati to‘xtalishini so‘raymiz” deya arz qilmoqda Yangiariqlik maktab direktorlari.

Keyingi murojaat Surxondaryo viloyatining Termiz shahridan. Obodonlashtirish tashkiloti ishchi xodimlari o‘z raxbarlaridan noroziliklarini bildirishgan.

+++

“Termiz shahri obodonlashtirish tashkiloti ishchi-xodimlari nomidan murojaat qilyapmiz. Tashkilotimiz rahbari faoliyatidan norozimiz. Uch-to‘rt yil oldin ham tashkilotimizga rahbar bo‘lgan bu shaxs byudjet pulini talon-toroj qilgani sababli qamoq jazosiga hukm qilingan edi. 2024 yil boshlarida qamoqdan ozod bo‘lgach, avval obodonlashtirish tashkilotimizga injener bo‘lib ishga joylashdi. Hozir esa u tag‘in rahbar. U ishchilarga mahbusday muomala qilib boshladi. Ertalab soat 6 da belgilangan yig‘ilishga kechikmaylik deb taksida kelamiz.  Maoshimiz 2 million so‘mga ham bormaydi, uni har kuni taksiga sarflasak, oilaga qanday yetkazamiz?

Yig‘ilishga kechikib borganlarni ishdan haydayman deb do‘q-po‘pisa qiladi. Oldingi rahbarligi vaqtida byudjet pulini tolon-toroj qilgani haqida ko‘rsatma bergan ishchilarga tazyiq o‘tkazib qiynayapti. Avval qamalgan odam rahbarlik lavozimida ishlashi mumkinmi?

Surxondaryo viloyati hokimligi tashkilotimizga munosib  rahbar tayinlasa yaxshi bo‘lardi” deya yozmoqda tashkilot ishchilari.

Keyingi shikoyat Suvsizlikdan ekinlari qurib qolayotgan, Surxondaryoning Qiziriq tumani fuqarolaridan kelgan.

“Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani Zarbdor MFY Bo‘yrachi qishlog‘idan murojaat qilyapmiz. Tomorqamizni sug‘orish suv  berilmayapti. Suvsizlikdan ekinlarimiz qurib qolyapti. Suv bo‘yicha mahalliy mutasaddilarga murojaat qildik, ammo tinglashmayapti. Iltimos, bizga amaliy yordam berishsin” deya yozmoqda bo‘yrachi qishlog‘i turg‘unlari.

Va nihoyat so‘nggi shikoyat ayvon va reklama bannerlari buzib tashlanayotgan Namanganlik tadbirkorlardan.

“Namangan viloyatidan murojaat qilyapmiz. Toshkent–Vodiy yo‘nalishida, Qamchiq dovonidan tushib, Namangan postidan o‘tganda boshlanadigan patir bozorida tadbirkorlik qilamiz. Namangan viloyati Pop tumani kadastr bo‘limi xodimlari kelib, asossiz ravishda tirikchilik qilib kelayotgan tadbirkorlarning ayvon (naves) va reklama bannerlarini buzib tashlayapti. Shu maqsadda kran va maxsus mashinalar olib kelishdi. Buzish uchun hujjat va asos so‘rasak, bu og‘zaki topshiriq deb ishlarida davom etishyapti. Bu yerda yuzlab odam  tirikchilik qiladi, oila boqadi. Hurmatli Prezidentimiz tadbirkorlarga katta imkoniyat yaratib beryapti. Bizning masala ham ijobiy hal etilsa yaxshi bo‘lardi” deya yozg‘irmoqda namanganlik tadbirkorlar.

Va bu sizga yetkazganimiz bugungi so‘nggi maktub edi. Eslatamiz, eltuz portali telegramdagi alohida sahifadir. U erga xatlar uchun maxsus bot o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham chop qilishga intiladi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Agar ko‘rsatuvimizni qo‘llab quvvatlamoqchi, yoki ayrim yopiq videolarni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz super raxmat tugmachasini bosing.  Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
14 september 2025
Shavkat Mirziyoev davrida yirik “mega-loyiha”lar orqali infratuzilmani yangilash va mamlakatning tashqi qiyofasini o‘zgartirish harakati kuchli kuzatilmoqda. Yangi muzeylar, aeroportlar, ...
16 may 2017
Ishsizlik – O‘zbekistondagi eng og‘ir muammolardan biri. Ko‘p yillar davomida millionlab o‘zbekistonliklar tirikchilik yo‘lida aksariyat Rossiyaga ketishdi. O‘zbekiston Rossiya ...
3 july 2018
Uychida tuman ahlini haqorat qilgan Majburiy ijro byurosining tumandagi bo‘limi rahbari oqsoqollarning hassasi ta'mini tatib ko‘rdi. (Foto: Melis Abzalovning ...
5 may 2015
Institutning birinchi kursida o‘qiganim 1980 yilda mang‘itlik shoir Mansur Axmedov bilan jo‘ra edik. Mansur Axmedov bir kuni menga Abdulla ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...