Asosiy mavzular
29 august 2024

Qashshoq o‘qituvchi, keraksiz mulk va qabr ta'miriga to‘sqinlik – EP178

Eltuz Portaliga kelgan xatlarni o‘qiymiz. Navbatdagi beshta xat, jumladan rasmiylar munosabati O‘zbekistonning Buxoro, Xorazm va Toshkent viloyatlaridan kelgan. Dastlabki maktub Buxoro viloyatidan. Shofirkondagi Bozorning tashlandiq qismi xojatxonaga aylangan.

Salom qadrli muhlislar, kundalik ko‘rsatuvlarimizni Eltuz Portaliga kelgan navbatdagi xatlarni o‘qish bilan davom ettiramiz. Navbatdagi beshta xat, jumladan rasmiylar munosabati O‘zbekistonning Buxoro, Xorazm va Toshkent viloyatlaridan kelgan.  Dastlabki maktub Buxoro viloyatidan. Shofirkondagi Bozorning tashlandiq qismi xojatxonaga aylangan.

 “Assalomu alaykum, Eltuz! Buxoro viloyati Shofirkon tumani “Shofirkon savdo” majmuasi tadbirkorlari nomidan murojaat yo‘llamoqdamiz. Bozorimiz orqa qismi sanitariya-gigiena talablariga umuman javob bermaydi. Bozorning tashlandiq qismi hojatxona vazifasini bajaradi. U yerdan kelayotgan badbo‘y va qo‘lansa hidga chidashning iloji yo‘q. Bozor ma'muriyatidagi ayrim ishchi-xodimlar ham asosiy ishi qolib, savdoga o‘tib ketgan. Faqat pul yig‘ish bo‘lgandagina bozor ishchisi ekani yodiga tushib qoladi. Mutasaddilar, qolaversa, Prezidentimizdan holatni tekshirib, ijobiy  hal qilib berishlarini so‘raymiz” deya yozmoqda shofirkonlik tujjorlar.

Keyingi murojaat Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanidan. Qo‘shko‘pirlik faol Imorat bobo qabristonidagi Ibodullajon maqbarasini ta'mirlashga obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan to‘sqinlik bo‘layotganini aytmoqda, buning uchun sud uni jarimaga ham tortgan.

Navbatdagi murojaatni Andijon mashinasozlik instituti xodimi yozmoqda. Anglashimizcha u oyligi yoki mansabini oshirishlarini istamoqda.

«Assalomu alaykum, Andijon mashinasozlik institutidan yozyapman.

Institutlarda stajyor o‘qituvchi bo‘lib qancha vaqt ishlash kerak, ishga kirganimizga bu yil 3-yil shunda assistent lavozimiga o‘tish muammo bo‘lib kelmoqda. Sababi o‘qituvchining oyligini ozgina ko‘tarib qo‘yishdi, lekin reyting natijalarga kelgan Skopusda maqola chiqarishni ham stajyor o‘qituvchiga yuklatishadi.

Unda maqola chiqarish 300$ turadi, bu stajyor, endi maqolalarni chiqarishdan ozod qilaylik degan narsalarni o‘ylashmaydi yoki chiqargan ilmiy maqolalaringizga, boshqa narsalar uchun pul ham to‘lamaydi.

Juda ko‘p institutlarda stajyor o‘qituvchi degan lavozim yo‘q bo‘lib ketdi, o‘zi arzimagan pul olamiz, 4 800 000 buni ichida tushlik, yo‘lkira, institutdagi chiqimlarni chiqarib yuborsangiz arzimagan pul qoladi.

Reyting ballari assistent lavozimiga yetgan bo‘lsa muammo qilmasdan assistent so‘ngra katta o‘qituvchi lavozimlarni bersa yaxshi bo‘lardi» deya yozmoqda Andijonlik institut domlasi. Lekin Eltuz muharriri institutning katta o‘qituvchisi bo‘lishni istagan bu domlaning kaftdek xatida kamida 15 ta imlo va stilistik xatolar qilganiga e'tibor qildi. U o‘qitgan talabalarning va o‘qishni bitirib mashinasozlik soxasida ishlayotgan mutaxassislar savodini faqat tasavvur qilish mumkin. Keyingi maktub ham Andijon viloyatidan

EP: Buloqboshiliklar bayramni a qay shukuhda kutib olishadi?

«Assalomu alaykum hurmatli ELTUZ jamoasi. Andijon viloyati Buloqboshi tumani, Qumg‘uzar MFYdagi 5 qavatli turar-joylardan murojaat qilyapmiz!

Mustaqilligimizning 33 yilligini shunday shukuhda kutib olyapmiz!  Juda ko‘p murojaatlarimiz hanuzgacha bartaraf etilmagan. Bechora xalq shu domning aholisi shunday yozib iltimos qilyapti, aslida shu darajagacha tashlab qo‘ygan mas'ullarga chora ko‘rishning iloji bormi?

Shuncha yig‘ilgan mablag‘ faqatgina ish haqi uchun emasdir! Bularga yaxshiroq xizmat tekshiruvi tayinlab, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish kerakdir balkim.

Bularni nazorat qila oladigan yagona organ prokuratura menimcha! Iltimos sizlardan shu holatni yoritib bering, biz ham bayramni chiroyli oʻtkazaylik!» deya yozmoqda buloqboshidagi axlatlar uyumi orasidagi domda yashovchilar. Savodi borlar o‘qishi mumkin. Uy devorida ham qora, ham oq rangda axlat to‘kma deb yozilgan.

Ko‘rsatuvimiz so‘nggidan Chirchiq shahar hokimligining rasmiy munosabati o‘rin olgan.

«Ijtimoiy tarmoqlarda “Suv havzasidagi maxsus “yomkost”lar talon-toroj qilinyapti” mavzusidagi murojaat yuzasidan hokimlikning bildirishicha, “Toshkent suv ta'minoti”AJ shahar va tuman filiallari bo‘yicha 2023-yil qora metall topshirish rejasini bajarilishi to‘g‘risida berilgan ma'lumotga asosan, 1990-yildan buyon “TOShKYeNT SUV TA'MINOTI” AJ Chirchiq shahar filiali  “Ochiq suv havzasi” bo‘limi hisobida turgan inventer raqami 6044 hamda 6045, narxi 00 bo‘lgan  asosiy vositalarni  ta'mirlashning imkoni yo‘qligi sababli ularni balansdan chiqarish  dalolatnomasi tuzilgan.

2024-yilda o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra tegishli xulosa berilgan va a'zolar ishtirokida yaroqsizlik dalolatnomasi tuzilgan. Hozirgi kunda tindirish inshootlariga tegishli maxsus idishlar, ya'ni “yomkost”larning  qoldiq summasi mavjud emas. Bu to‘g‘risida ma'lumotnoma ham taqdim etilgan.» deyiladi hokimlik rasmiy munosabatida.

Ya'ni suv ta'minoti idorasining asosiy vositalari bo‘lgan baklar korxona balansidan chiqarilgan. Va bu sizga yetkazganimiz bugungi so‘nggi murojaat edi. Eslatamiz, eltuz portali telegramdagi alohida sahifadir. U erga xatlar uchun maxsus bot o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham chop qilishga intiladi. Eslatib o‘tamiz, ayni soniyalarda kanalimiz obunachilari soni 672 mingdan oshdi.  Kanalimizga obuna bo‘ling. Agar ko‘rsatuvimizni qo‘llab quvvatlamoqchi, yoki ayrim yopiq videolarni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz super raxmat tugmachasini bosing.  Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
22 september 2015
Zayniddin Asqarov jasadi 2010 yilning 11 oktyabr kuni turmadan uyiga qaytarildi. Aytilishicha, SNB xodimlari mayitni tez dafn qilish va ...
5 november 2025
Okeannni oshib o‘tib Amerika Qo‘shma Shtatlariga keldim.  Vashingtondagi pasportchi qiz «safardan maqsad?» deb so‘radi. Men bu qizga «Amerikani dunë ...
3 october 2016
Kasb bayramlarini o‘zbek tibbiyot xodimlari har yili paxta dalalarida o‘tkazishga majbur. Shugina emas, ularni o‘zbek hukumati «qora ishchi kuchi» ...
6 february 2018
Istanbuldagi Otaturk qo‘nalg‘asida 1 kilo 75 gramm qoradorini Toshkentga olib ketaëtgan 35 yashar O‘zbekiston vatandoshi S.K ushlandi. Turkiyadagi «Hurriyat» ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...