Adolatni Uchqo‘rg‘ondan ko‘rsatgan sud tizimi – 2
O‘zbekistondagi sud tizimi nega reforma qilinishi kerakligi haqida boshlab qo‘ygan mavzuni davom ettiramiz.
Videolavhaning birinchi qismi havolasi tasvir ostidagi birinchi komentda.
Vakolatsiz odam nega ariza ëzadi?
Bu xolatdaki paradoks shuki qonunga ko‘ra mutloqo vakolati bo‘lmagan shaxs (Sayfuddinov Sardor) nomidan Bosh prokuraturaga shikoyat ariza tashkillashtirilgan.
Davlat ulushi bo‘lmagan tadbirkorlik sub'ekti(aktsionerlik jamiyati) ga nisbatan tadbirkorliksub'ektlarini himoya qiluvchi qonunlar, Prezident qarorlari va farmonlariga zid ravishda
tekshirishlar tashkillashtirishib, dastlabki tergov harakatlarini olib borishib, oqibatda 19 nafar (shundan 14 nafari 6 oydan ortiq muddat mobaynida qamoqda saqlanmoqda) malakali mutaxassislar va boshqa ishchilarni jinoiy javobgarlikka tortishgan.
.Shamsiddinov va uning qarindosh (“buyurtma jinoyat ishi”ga mutloqo aloqasi bo‘lmagan) larning oddiy qo‘ltaqinchog‘idan tortib, avtomashinasigacha; fermer ho‘jaligi binosidan tortib, turar joyigacha; qonuniy tadbirkorlik sub'ektlarigacha xatlab tashlashgan.
Vaholanki, jinoyat ishi (buyurtma jinoyat ishiga) ga jalb qilinmagan, ishning asl tashabbuskori va buyurmachisi bo‘lgan shaxslar va ularning sheriklari bo‘lgan boshqa shaxslarning birortasining ham mol-mulki hatlanmagan.
“Nega noqonuniy jinoyat ishi qo‘zg‘atib, noqonuniy tergovharakatlari olib bordingiz, nega jinoyat ishi doirasida ayblanuvchi tariqasida jalb qilgan shaxslarningbarchalarini barcha epizodlar bo‘yicha “uyushgan guruh” belgisi bilan ayb e'lon qilgan bo‘lsangiz, jinoyatnatijasida etkazilgan moddiy zarar o‘rnini qoplash uchun ularning barchalarini mol-mulklarini xatlamadingiz ?Oddiy jurnalist bo‘lib men bilgan O‘zR JPK 290-moddasini siz prokuratrura xodimi bo‘lib nahotkibilmaysiz?
Mazkur savolga javob berishda oldin ularga O‘zbekistonRespublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunning44-moddasida belgilangan prokurorlar va tergovchilarning“O‘z xizmat vazifalarimni halol va vijdonan bajarishga, qonun buzilishiga qarshi murosasiz kurashishga, fuqaro, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga tantanaliqasamyod qilaman” mazmunidagi qasamyod matnini eslatishlozim bo‘ladi.
Bu ish bo‘yicha tergov harakatlarini olib borgan va ayblovxulosasini tasdiqlagan prokurorlarni mazkur qasamyodganechog‘lik sodiq ekanligiga shu ishni o‘rganish misolidaguvox bo‘lib turibmiz.
Mol mulkni tortib olish uchun “sud”
Yuqoridagi va quyida bayon qilinadigan asoslifikrlarimizdan xulosa qilish mumkinki, faqat va faqatToxir Shamshiddinov va uning qarindoshlarining mol-mulki va tadbirkorligini prokuratura va sudidoralarining “qo‘li” bilan tortib olishmoqchi bo‘lishib, shu maqsadda real harakat boshlangan.
1994-yil 22-sentyabrda qabul qilingan O‘zbekistonRespublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 1-moddasida Jinoyat ishlarini yuritishning ushbu Kodeksda belgilangantartibi barcha sudlar, prokuratura, tergov, surishtiruvorganlari, advokatura, shuningdek fuqarolar uchun yagonahamda majburiyligi belgilangan.
Ammo Prokuratura idoralari tomonidan mazkur qonunlartalablariga amal qilinmagan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorigamurojaat qilgan Sayfutdinov Sardorbek Ikramovichningarizasi JPK 325-moddasining 2-qismi talabiga mutloqomos emas.
Mazkur shaxsning arizasi ustav fondida davlat ulushibo‘lmagan yuridik shaxsga nisbatan uning xodimi tomonidanJinoyat kodeksining 167-moddasida nazarda tutilganjinoyat sodir etilganlik holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atishga asos bo‘lmaydi.
Bu barcha uchun yagona hamda majburiy bo‘lgan jinoyat – protsessual qonun talabi!
Bundan tashqari, Bosh prokuror o‘rinbosarining 2022-yil 10-iyundagi jinoyat ishini qo‘zg‘atish haqidagi qaroriningkirish qismida “… jamiyat boshqaruvi raisiA.Sodiqovlarning murojaatlari yuzasidan to‘planganhujjatlar bilan tanishib chiqib, …” jumlasi qayd etilgan.
Vaholanki maqola muallifi ko‘rgan jinoyat ishihujjatlarida jamiyat boshqaruvi raisi A.Sodiqovningmurojaati mavjud emas.
Qonun talabiga ko‘ra, “Asaka yog‘” AJning yuqori boshqaruvorgani jamiyat aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishidir.
Aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasigajamiyatning foydasi va zararlarini taqsimlash kiradi.
Jamiyat kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatiga umumiyrahbarlikni amalga oshiradi, ushbu Qonun va jamiyatustavi bilan aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolatdoirasiga kiritilgan masalalarni hal etish bundanmustasno.
Demak, qonun talabiga ko‘ra, jamiyatning foydasi vazararlarini taqsimlash jamiyat kuzatuv kengashi vakolatdorasiga kirmaydi.
Shu sababli jamiyat kuzatuv kengashi rahbari yoki a'zolarijamiyatning foydasi va zararlari masalasiga aralashishga, muhokama qilishga haqli emas.
Ish hujjatlarda esa mazkur qonun talabiga zid ravishda, jamiyat kuzatuv kengashi a'zosi deb hisoblanayotgan va aynipaytda “arizachi” maqomida turgan S.Sayfutdinovningjamiyat foydasi va zarari muhokama qilingan arizasimavjud.
Bosh prokuror o‘rinbosari esa (ayni paytda jinoyat ishiqo‘zg‘atgan sub'ekt lavozimdan chetlashtirilgan) arizayuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmasdan jinoyat ishiqo‘zg‘atgan.
Bu esa yuqorida qonunlar talablariga mutloqo zid.
1994-yil 22-sentyabrda qabul qilingan O‘zbekistonRespublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 329-moddasiga muvofiq: jinoyatga oid arizalar, xabarlar vaboshqa ma'lumotlar ro‘yxatga olinishi va darhol, jinoyatishini qo‘zg‘atish uchun sabab qonuniyligini va asoslaretarli ekanligini tekshirish zarurati bo‘lgan taqdirda esa, o‘n sutkadan kechiktirmasdan hal qilinishi lozim.
Ushbu muddat jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqama'lumotlar olingan paytdan boshlab hamda to ishniqo‘zg‘atish yoki qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qarorchiqarilguniga qadar yoxud tergovga qadar tekshiruvmateriallari ushbu Kodeksning 587-moddasiga muvofiqprokurorga yuborilguniga qadar bo‘lgan vaqtni o‘z ichigaoladi.
Ushbu modda birinchi qismida ko‘rsatilgan muddat ichidatergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, uning davomidaqo‘shimcha hujjatlar, tushuntirishlar talab qilib olish, shuningdek shaxsni ushlab turish ushbu Kodeks 162-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq shaxsiy tintuv vaolib qo‘yish, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, ekspertiza o‘tkazish, taftish tayinlash, tezkor-qidiruvtadbirlarini o‘tkazish haqida topshiriqlar berish mumkin. Tergovga qadar tekshiruv vaqtida boshqa tergovharakatlarini o‘tkazish man qilinadi.
Prokuratura idoralari tomonidan mazkur qonunlartalablariga amal qilinmagan.
Mazkur ish bo‘yicha “arizachi” Sardorbek Sayfutdinovningarizasi prokuratura idoralarida ro‘yxatga olinmaganhamda A.Sodiqovning murojaati jinoyat ishihujjatlarida mavjud emas.
Prokuratura idoralarida jinoyatga oid ariza vahabarlarni ro‘yxatga olish hamda ko‘rib chiqishga oididoraviy tartib-qoidalarda jinoyatga oid har bir arizayoki habar ro‘yxatga olinishi shartligi, shuningdekarizaning qaysi varag‘iga va varaqning qaysi qismigaro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi sana va raqam qo‘yilishi, ariza ko‘rib chiqish uchun kimga yo‘naltirilganligi(ijrochi), rahbar yoki mas'ulning familiyasi, ismi valavozimi, uning ustxati qayd etilishi lozimligi qat'iybelgilangan.
Jinoyat ishi hujjatlarida bunday ma'lumotlar mavjudemas.
“N” xarfi nimaning kodi?
Sardorbek Sayfitdinov arizasining yuqori qismida doiraichida “N” belgisi va undan pastroqda chap tomonda qo‘lyozmashaklda “Dushanba 10 ga keladi” degan yozuv mavjud.
Bu yozuvlar nimani anglatadi, kimning yozuvi ? Ma'lumemas.
Bundan tashqari, ariza yuzasidan jinoyat ishini qo‘zg‘atishuchun sabab qonuniyligini va asoslar etarli ekanliginitekshirish zarurati bor yoki yo‘qligi nuqtaiy nazaridanJPK 329-moddasi talabi asosida tergovga qadar tekshiruvo‘tkazilmagan.
Qonun talabiga ko‘ra, qanday protsessual harakat qilish shart edi?
Eng achinarli holat shundaki, ayblov xulosasining 3-bet, 1-xatboshisida “Jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga “Asakayog‘” AJdao‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda to‘planganhujjatlar asos bo‘lgan” degan jumla yozilgan.
Ishga birlashtirilgan, boshqa tadbirkorlik sub'ektlarigaham qonunga zid jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrdagi “Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatini davlattomonidan nazorat qilish to‘g‘risida qonuni”ni 2, 6, 9-moddalariga ko‘ra:
tergovga qadar tekshirishlar chog‘ida va qo‘zg‘atilgan jinoyatishlari bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvlarinio‘tkazish tartibi jinoyat-protsessual qonunchiligi bilantartibga solinadi.
Qonun talabiga ko‘z yumilgan
Bosh prokuror o‘rinbosarining 2022-yil 10-iyundagi jinoyat ishini qo‘zg‘atish haqidagi qarorida jamiyatning54,4 mlrd so‘mlik mulklarini o‘zlashtirish yo‘li bilantalon – taroj qilingalik holati bo‘yicha jinoyat ishiqo‘zg‘atilgan.
Demak, qonun talabiga ko‘ra, tekshiruvga xo‘jalik yurituvchisub'ektning faqat qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilan bog‘liqfaoliyati qamrab olinishi mumkin edi.
Biroq, amalda esa, jamiyatning bir necha yillik moliya-xo‘jalik faoliyati tekshirilib, qonun talablariga amalqilinmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 19-noyabrdagi “Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarni tekshirishnitashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida”gi PF-2114-sonli Farmonining 1-bandiga ko‘ra:xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning faoliyati Prokuratura, ichki ishlar vaDavlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan faqatqo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha tergov tartibidatekshiriladi. Bunda mazkur sub'ektlarning faqatqo‘zg‘atilgan jinoiy ish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatitekshirilishi mumkin, bu haqda tekshirishni tayinlashto‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilishi lozim. Prokuraturaidoralari tomonidan mazkur qonunlar talablariga amalqilinmagan.
Bosh prokuror o‘rinbosarining 2022-yil 10-iyundagi jinoyat ishini qo‘zg‘atish haqidagi qarorida jamiyatning54,4 mlrd so‘mlik mulklarini o‘zlashtirish yo‘li bilantalon – taroj qilingalik holati bo‘yicha jinoyat ishiqo‘zg‘atilgan.
Demak, qonun va Farmon ko‘ra, tekshiruvga xo‘jalikyurituvchi sub'ektning faqat qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilanbog‘liq faoliyati qamrab olinishi mumkin edi.
Biroq, amalda esa, jamiyatning bir necha yillik moliya-xo‘jalik faoliyati tekshirilib, Farmon talablarigaumuman amal qilinmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadalrivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni hartomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitinisifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlarto‘g‘risida”gi PF-4848-sonli Farmonining 3-bandiga muvofiq:
2017 yilning 1 yanvaridan boshlab: tadbirkorliksub'ektlarini rejadan tashqari tekshirishlarning barchaturlari bekor qilinadi.
Tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini, shu jumladan, jinoyat ishlari doirasidagi muqobil tekshirishlarningbarcha turlari bekor qilinadi;Prokuratura idoralaritomonidan mazkur qonunlar talablariga amal qilinmagan.
Tergovchi tomonidan faqat va faqat T.Shamsiddinovningta'sischiligidagi va uning qarindoshlari (“buyurtmajinoyat ishi”ga mutloqo aloqasi bo‘lmagan)ningta'sischiligidagi tadbirkorlik sub'ektlarida muqobiltekshirishlar o‘tkazilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari vaqonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanadatakomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5490-sonli Farmonining 5-bandida belgilanishicha:
2018-yil 1 sentyabrdan tadbirkorlik sub'ektlarifaoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqish tegishlitadbirkorlik sub'ektlari tomonidan qonunbuzarlik sodiretish xavfi darajasidan kelib chiqib, tekshiruvnitashabbus qilishni nazarda tutuvchi “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshiriladi;
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorliksub'ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlarTekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimidaro‘yxatga olinishi shart;
Tekshiruvlarni elektron ro‘yzxatga olish yagona tizimdaro‘yxatga olinmagan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatidao‘tkaziladigan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi.
Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimidaro‘yxatga olinmagan.
Bu esa o‘z navbatida tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatidao‘tkaziladigan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi.
Tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida o‘tkazilgantekshiruvlarning natijalari nazorat qiluvchi organlartomonidan tekshiruv tamomlanganidan keyin uch kundavomida Tekshiruvlarni elektron ro‘yhatga olish yagonatizimiga kiritilmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagiTadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniymanfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (keyingio‘rinlarda – vakolatli organ) tomonidan Tadbirkorliksub'ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarnimuvofiqlashtirish va nazorat qiluvchi organlar tomonidantekshiruvlar o‘tkazilishining qonuniyligi ustidan nazoratamalga oshirilmagan.
Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning faoliyati Prokuraturaorganlari tomonidan tergov tartibida faqat qo‘zg‘atilganjinoiy ish bo‘yicha tekshirilmagan.
Mazkur sub'ektlarning faqat qo‘zg‘atilgan jinoiy ishbilan bog‘liq bo‘lgan faoliyati tekshirilmagan, aksincha, birnecha yillik moliya-xo‘jalik faoliyati tekshirilgan.
Tergovchi esa bu haqda tekshirishni tayinlash to‘g‘risidagiqarorda ko‘rsatmagan.
Sud tizimi reformasiga oid mavzuning muxim qirralarinavbatdagi lavhamizda. Bizni kuzating. Uydagi gapniko‘chaga chiqaramiz.
