Asosiy mavzular
16 april 2025

Adolatni Uchqo‘rg‘ondan ko‘rsatgan sud tizimi 3-qism

Javobgarlikka tortilsin

Aslida farmon talablariga amal qilmagan nazorat organlarining mansabdor shaxslari tadbirkorlik sub'ektlari ruxsatsiz tekshirilganligi va ularning xo‘jalik faoliyatiga noqonuniy aralashilganligi uchun yetkazilgan iqtisodiy zararning o‘rni qoplangan holda javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka ham tortilishi lozim. Bu qonun talabi.

Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tasarrufidan Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tasarrufiga o‘tkazilganligiga umuman amal qilinmagan.

Prokuratura tergovchini buni bilmasa ham kerak.

Ishni yuritgan tergovchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-sentyabrdagi “Tadbirkorlik sub'ektlari uchun ma'muriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6314-sonli Farmon talablariga amal qilmagan.

Tergovchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentyabrdagi “Tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-374-sonli qarorida belgilangan talablariga amal qilinmagan

Tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida ro‘yxatga olinmagan.

Demak, tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida mazkur tizimda ro‘yxatga olinmagan tekshiruvlarni o‘tkazish noqonuniy hisoblanadi!

Tadbirkorlik sub'ektlari faoliyati tekshiruvlari tashabbusi bilan chiqish tegishli tadbirkorlik sub'ekti tomonidan qonunchilik buzilishi sodir etilishi xavfi darajasidan kelib chiqqan holda xavfni tahlil etish natijalari asosida nazorat qiluvchi organlar tomonidan belgilangan tartibida, ya'ni yuqorida qayd etilgan normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshirilmagan.

Tadbirkorlik sub'ektlari faoliyati tekshiruvlarini muvofiqlashtirish hamda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilishining qonuniyligi ustidan nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan amalga oshirilmagan.

Tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatining nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlari Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinmagan.

Tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatining o‘tkazilgan tekshiruvlari natijalari nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar tugatilgandan keyin uch kun ichida Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritilmagan.

Demak, tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatining Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinmagani uchun o‘tkazilgan tekshiruvlari qonunga xilofdir.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 1-moddasiga muvofiq, jinoyat ishlarini yuritishning ushbu Kodeksda belgilangan tartibi barcha sudlar, prokuratura, tergov, surishtiruv organlari, advokatura, shuningdek fuqarolar uchun yagona hamda majburiydir.

O‘R JPK 22-moddasiga ko‘ra, tergovchi, prokuror jinoyat yuz berganligini, uning sodir etilishida kim aybdorligini, shuningdek u bilan bog‘liq barcha holatlarni aniqlashi shart.

Prokuratura tergovchisi tomonidan mazkur qonun talablariga amal qilinmagan.

Sudlar, prokuratura, tergov, surishtiruv organlari, advokatura, shuningdek fuqarolar mazkur qonun talabiga qat'iy amal qilishlari shart, hech kim qonunni o‘zi hoxlaganicha talqin qilishi va tadbiq etishga haqli emas.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosarining 2022-yil 10-iyundagi jinoyat ishi qo‘zg‘atish haqidagi qarorida “Asaka yog‘” aktsionerlik jamiyati ta'sischilari, mansabdor shaxslari va boshqalar jamiyatning juda ko‘p miqdordagi mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilishda ifodalangan jinoyatni quyidagi holatda sodir qilishganligi ko‘rsatilgan, xususan: jamiyat mansabdor shaxslari mansab vakolatini suiiste'mol qilib, “Asaka yog‘” aktsiodorlik jamiyati hamda “Trastbank” xususiy aktsiodorlik bankining Andijon filiali o‘rtasida 2022-yil 3-fevralda tuzilgan shartnomaga ko‘ra, bankdan 18 oy muddatga, 6,5 foiz ustama to‘lash sharti bilan olingan 4 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘i evaziga joriy yilning 31-yanvaridan 13-martiga qadar birja savdolari orqali 70 ta holatda

“EXPO COLOR PRINT TEXT”, “BAXODIR LOGON TEXTIL”, “GLOBAL TEXTIL SOLUTIONS”, “RUSUZBEKTEKS”, “LUX YAN TEX”, “NAMANGAN PAXTA TEKS”, “TOSHBULOQ TEKS”, “SURXON COTTON TEXTILE CLUSTER”, “SAHOVAT TEKS CLUSTER”, “MUSAVARTEX”, “BST CLUSTER AGROKOMPLEKS”, “TCT AGRO CLUSTER”, “XO`JAOBOD FAYZ-M”, “WBW ROMITEX”, “MYeRGAN TYeKS”, “ChUST TUMAN ELITA URUG‘ChILIK XO‘JALIGI”, “UYChI ELITA URUG‘ChILIK” MChJ, “HAMZA EXPO ART TEXTIL”xususiy korxonasidan 48,3 mlrd so‘mlik 11.038 tonna chigit xarid qilinib, undan jami 54,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsada, ushbu mahsulotlarni shartnoma, yuk xati va boshqa tegishli hujjatlarsiz jamiyatdan olib chiqib ketib hamda ularni o‘zlarining shaxsiy manfaatlari yo‘lida sarflab yuborib, jamiyatning 54,4 mlrd so‘mlik, juda ko‘p miqdordagi mulklarini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon toroj qilishganligi qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuror o‘rinbosari JPK ning bir nechta moddalari (JPK 321, 322, 325-moddasining 2-qismi)ga asoslanib, “Asaka yog‘” aktsionerlik jamiyati mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 167-moddasi 3-qismining “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

(E'tibor bering: qarorning kirish qismida “ “Asaka yog‘” aktsionerlik jamiyati ta'sischilari, mansabdor shaxslari va boshqalar jamiyatning juda ko‘p miqdordagi mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilish”ganligi qayd etilgan bir vaziyatda qaror qismida “ta'sischilar” “va boshqalar” so‘zlari shubxali tarzda tushirib qoldirilgan. Bu esa o‘z navbatida kelgusida dastlabki tergov harakatlarini faqat va faqat bir tomonlama olib borilishiga zamin yaratgan.)

Jinoyat ishi 2021-yil (aslida 2022-yil bo‘lishi kerak) 16-iyunda Andijon viloyat prokuraturasi 21-bo‘lim tergovchisi N.Odilov tomonidan ish yurituviga olinib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 382-moddasi 3-qismining 11, 19-bandlarida prokuror prokuratura tergovchisi yurituvidagi ishlar yuzasidan jinoyatlarni ochish va jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash uchun zarur choralarni ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berishi;prokurorning ushbu Kodeks (JPK) da nazarda tutilgan tartibga muvofiq dastlabki tergov organlariga ishlarni qo‘zg‘atish va tergov qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatmalari ana shu organlar uchun majburiyligi belgilangan.

Ushbu qonun talabidan kelib chiqib, Andijon viloyat prokuratura uyushgan jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurash bo‘lishi boshlig‘i, adliya kichik maslahatchisi Z.F.Boyzoqovning 2022-yil 8-avgustdagi 21/83-22-raqamli “YoZMA KO‘RSATMASI” aynan mazkur ish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 1871-moddasining 2-qismiga mutloqo mas tarzda tadbirkorlik sub'ektini taftish qilishda faqat uning qonunchilikni buzganligi faktlari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida amalga oshirilib, taftishga tadbirkorlik sub'ektining faqat qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilan bog‘liq faoliyati qamrab olinganligi qayd etilib, ayrim tergov harakatlarini o‘tkazish yuzasidan majburiy ko‘rsatma berilgan.

Jinoyat ishi 2022-yil 19-sentyabrda 21-96568/21-raqamli xat bilan nazorat tartibida o‘rganib chiqish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i, adliya katta maslahatchisi L.A.Jalovning 2022-yil 26-sentyabrdagi 19/10-22-343-raqamli “Ko‘rsatma”sida T.Shamshiddinovning ko‘rsatuvida jamiyatning faoliyatini yuritish uchun bankdan olingan 4 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘ining 3.663.600 AQSh dollari qismini kim, qachon va qay tartibda olganligini ko‘rsatib, “Aziz xoji” hisobida mahsulot hisobidan tushgan 28 mlrd so‘m (2.545.455 AQSh dollari) mablag‘ saqlanayotganligini hamda I.Abduraxmanov, X.Raxmatullaev va S.Sayfutdinov “Alfa Farxod” MChJning 18.093.999.000 so‘mlik maxsulotlarini olib chiqib ketib, talon-toroj qilishganligini qayd etib, mazkur vajlar tergov harakatlari jarayonida yetarlicha o‘rganilmaganiligi ko‘rsatilgan.

Hamda kelgusi tergov harakatlari davomida T.Shamshiddinovning vajlarini mutaxassisi ishtirokida tekshirilib, jinoyat ishining mazkur qismi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilish lozimligi ko‘rsatilgan.

Bir tomonlama malakasiz tergov biroq, prokuratura tergovchisi Bosh prokuraturaning qonuniy va majburiy bo‘lgan ko‘rsatmasini umuman bajarmay, tergov harakatlarini faqat va faqat bir tomonlama olib borgan.

Tergovchi o‘zining mazkur harakatlari bilan tergov organlari uchun yagona hamda majburiy bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 22-moddasida belgilangan haqiqatni aniqlash printsipi, ya'ni tergovchi jinoyat yuz berganligini, uning sodir etilishida kim aybdorligini, shuningdek, u bilan bog‘liq barcha holatlarni aniqlashi shartligi; ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqilishi kerakligi; ishda yuzaga keladigan har qanday masalani hal qilishda ayblanuvchini yoki sudlanuvchini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan holatlar aniqlanishi va hisobga olinishi lozimligi talablariga umuman amal qilmagan.

Buning natijasida, mazkur ishda “buyurtmachi” rolini o‘ynagan shaxslarning o‘zlari qayd etilgan jinoyatni sodir etganiklari jinoyat ishi hujjatlarida aniq va ravshan ko‘rinib, isbotlanib turibdi.

T.Shamshiddinovning dastlabki tergovdagi va sudga bergan yozma ko‘rsatuvidagi jamiyatning faoliyatini yuritish uchun bankdan olingan 4 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘ining 3.663.600 AQSh dollari qismini kim, qachon va qay tartibda olganligi, “Aziz xoji” (Ro‘ziev Aziz) hisobida mahsulot hisobidan tushgan 28 mlrd so‘m (2.545.455 AQSh dollari) mablag‘ saqlanayotganligi; I.Abduraxmanov, X.Raxmatullaev va S.Sayfutdinovning “Alfa Farxod” MChJning 18.093.999.000 so‘mlik maxsulotlarini olib chiqib ketib, talon-toroj qilishganligi o‘z isbotini topmoqda.

Endi “jinoyat ishi” doirasida “jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zarar” deb baholanayotgan summani ishdagi hujjatlar va sudda aniqlangan hamda isbotlangan ma'lumotlar bo‘yicha tahlil qilamiz:

Ayblov xulosasida “Asaka-yog‘” AJning moliya-xo‘jalik faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan soliq auditi bo‘yicha “dastlab” va “keyingi” o‘tkazilgan tekshirishda quyidagilar ko‘rsatilgan:

2022 yil 25 iyuldagi narxga asosan QQS bilan 52.529.360.700 so‘m (QQS siz 45.677.705.000 so‘m) va 2022 yil 30 dekabrdagi narxga asosan QQS bilan

55.523.646.400 so‘m (QQS siz 48.281.431.800 so‘m) kamomad aniqlangan.

Tag‘in o‘qing
16 february 2017
Rossiya matbuoti, 14 fevral kuni Kaliningrad aeroportida yonida 15 kg quruti bo‘lgan O‘zbekiston vatandoshi ushlangani haqida xabar berdi. Ma'lum ...
9 march 2024
Salom qadrli muxlislar Eltuzga kelayotgan so‘nggi beshta maktubni o‘qib eshittiramiz. Ular O‘zbekistonning Namangan, Toshkent, Jizzax, Buxoro va Xorazm viloyatlaridan ...
15 august 2023
O‘tgan shanba, 12 avgust kuni Toshkent shahar sud tibbiy eksperti Akrom Suleymanov hibsga olindi.Akrom Suleymanov bir shaxsning ishini bitirib ...
18 october 2015
Shoxrux Aliboev, 2013 yilning 27 iyunida ota onasidan ajratilib bolalar uyiga topshirilgan edi. +video
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...