Asosiy mavzular
9 august 2025

Daladagi chiqindi, majburiy mehnat va eskirgan suv minorasi

Eltuz navbatdagi 5 ta xat O‘zbekistonning Farg‘ona, Toshkent va Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanidan kelgan.

Marg‘ilondagi halokatli yo‘llar, Farg‘onadagi chiqindi bilan ifloslangan bug‘doy dalalari, To‘rtko‘ldagi majburiy mehnat va Zangiotadagi sanitariya fojiasi – bularning hammasi odamlarning haqiqiy hayotidagi muammolar! Va ularni sizga O‘zbekistonlik hamkorim Shaxina Abdurazzoq qizi o‘qib beradi. Dastlabki maktub Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahridan. Maktubga shaharning qoq markazidagi ko‘cha aks etgan video ham ilova qilingan.

Keyingi maktub ham Farg‘ona viloyatidan Beshariq tumanida Bug‘doy ekilayotgan dalaga mashinada chiqindi olib kelib to‘kilmoqda.

Navbatdagi shikoyat esa Qo‘qon shahridan. Eskirgan suv minorasi almashtirilmayapti. Buning oqibatida ichimlik suvi isrof bo‘lmoqda.

To‘rtinchi maktub Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanidan. 33 maktab o‘quvchilari majburiy mehnatga jalb qilingan. Ular dars o‘rniga sinfxonalarni supurish bilan band.

So‘nggi beshinchi maktub egasi  esa Toshkent viloyati Zangiota tumani “Bahor” supermarketi yonidagi dehqon bozoridagi sanitariyaga zid holatga e'tibor qaratadi.

Kelayotgan xatlarda aks etganidek, ma'muriy mas'uliyatsizlik – aholining kundalik azobiga aylanmoqda.

Lekin yuqoridagi muammolarni hal qilish faqat rasmiylarning emas, barchaning ishi. Shu bois, o‘z hududingizdagi nosozliklar, muammolar haqida Eltuzga yozing. Biz faqat birgalikda jamiyatni yaxshi tomonga o‘zgartira olamiz!

Video sizga manzur bo‘lsa, layk bosing, kanalga obuna bo‘ling – ko‘proq odamlar bu haqda bilib olsin! Shuningdek, fikringizni kommentariyada qoldiring – kimdir sizga ko‘mak berishi mumkin! 

Tag‘in o‘qing
9 january 2026
Farg‘ona viloyati So‘x tumanida aholi hayotiga bevosita ta'sir qilayotgan jiddiy muammo yuzaga keldi. Tumanning Oftobro‘ mahallasida davlat mablag‘i hisobidan ...
19 october 2015
Eltuz manbalariga ko‘ra, tuman bo‘yicha hozircha uchta maktab o‘quvchilarining paxta terimiga chiqarilgani haqida aniq ma'lumotlar bor. Bular Oltinko‘l tumani, ...
1 december 2016
4 dekabr kuni prezidentlik saylovida nomzodi qo‘yilgan bosh vazir Shavkat Mirziyoevga laganbardorlik motivlari shu kunlarda o‘zining cho‘qqisiga yaqinlashmoqda. Shu ...
22 february 2017
63 yoshli siyosiy mahkum Muhammad Bekjon qamoq muddatini to‘liq o‘tab bugun ozodlikka chiqqani inson huquqi faollarining quvonchiga sabab bo‘lmoqda. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...