Catira
1 december 2016

«U bois chiqar quyosh – u bois to‘ladi oy»

4 dekabr kuni prezidentlik saylovida nomzodi qo‘yilgan bosh vazir Shavkat Mirziyoevga laganbardorlik motivlari shu kunlarda o‘zining cho‘qqisiga yaqinlashmoqda.

Shu ma'noda O‘zbekiston huddi Lyudóvik XIV de Burbón taxtga minayotgan davrga mengzaydi. 72 yil podsholik qilgan bu shaxs davridagichalik laganbardorlik hech qaysi davrda bo‘lmagan, uni hatto «Qirol Quyosh» deya atashgan.

Yangi yurtboshiga bag‘ishlangan ilk she'rni esa Lyudovik davri an'analariga xos cubordinatsiyani saqlagan holda, marhum prezidentning yaqin a'yonlaridan sanalgan senator-shoir Iqbol Mirzo boshlab berdi.

Otaning g‘oyalari qoyalardek mangulik,
Sheri mardga munosib arslonpanja izdosh bor.

Saroy shoirligi vakansini ko‘zlab yangi-yangi maddohlar soni ortarkan, ular orasida ilgarigi avtoritar hukmdor o‘rkachini yegan ikki ulug‘ marhum shoir Abdulla Oripov va Erkin Vohidov maqtovlari ham eshitiladi.

Xalq shoiri Halima Xudoyberdievaning «O‘zbekiston tog‘larida Shavkat o‘sdi…» deb boshlanadigan she'ri ayniqsa Shavkat Mirziyoev tarafdorlarining olqishlarini olarkan, jurnalist Ulug‘bek Haydarov «Zomin tog‘larida o‘sgan kaktus u» degan deya kinoya qildi.

Boshqa bir shoir Muhammad Ismoil esa bo‘lg‘usi yurtboshiga bag‘ishlangan o‘zining seriya maqolalarida, yuqoridagi kabi «she'rlar bulog‘i» qanday ochilgani sababini ko‘rganday bo‘ladi:

«Men, xuddi najot kutganday, Shovkat akaning qo‘llarini qattiqroq siqib, iltijo bilan qaradim.

– Halima opa O‘rta Osiyoda tenggi yo‘q shoira. Uni asrash kerak, – dedi Shovkat aka. (iqtibos Muxammad Ismoildan)» Mana qaerda masalaning ildizi! Chunki ayni satrlar Shavkat Miromonovich shoirani «asray boshlagani»dan so‘ng yaralgan.

Kovul-kovrak orasidan,
Changib kelgan bola u.
Mirzacho‘lning to‘fonlarin
Yengib kelgan bola u.

«Kovul-kovrak orasidan changib kelgan bola»ning boshqa karomati ko‘zga chalinmay turib horijdagi faollar, hatto ayrim o‘zlarini muxolifatda deb sanab yurgan shaxslar ham bu mujodalaga bosh qo‘shishdi.

Shularning biri Shavkat Mirziyoev tarafida ekani haqida bayonot bergan «Ozod dehqonlar partiyasi»dan Nodira Xidoyatova, unga hamroh tag‘in horijdagi muxolifatchilar Mirza Anvar Hamidov, J.Mamatov va boshqalar qatorlashib kela boshlashadi.

Ikki oyki ko‘nglim mening xotirjam
Ko‘zlarim TV da axtarar seni
Haëlim to‘lg‘anib hissim bo‘lar jam
Muvaqqat Shavkatim mangu Shavkatim.

Bu bir bahtiërlik so‘nggi ko‘rinmas
O‘zbeklar dunësin yo‘li bo‘linmas
Xorijdagi faollar ham seni der
Muvaqqat Shavkatim mangu Shavkatim.

U bois quësh chiqar – u bois to‘ladi oy…

Deya davom ettiradi moddohlar mushoirasini Ijtimoiy tarmoqda o‘zini «Oltinxon» masjidi qorovuli Sh.J deya tanishtirgan yana bir shoir.

Muxolifat safi borgan sari torayib, Shavkat Mirziyoevning shavkatu-shonini kuylovchilar safi ortarkan, erkin fikri uchun qamoqqa tashlangan jurnalistlar Muhammad Bekjon, Solijon Abdurahmonov, Dilmurod Sayid, huquq himoyachilari A'zam Farmon, A'zam Turg‘un va boshqa minglab siyosiy mahkumlar qariyb chorak asr taxtda qolgan Karimov davri saroy shoirining «Serquyosh» madhiyasini kuylab mahzun qadam tashlashadi…

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 october 2020
Bundan o‘n yil ilgari poytaxdagi o‘rtacha ikkita amaldor tushlikka bir millionga yaqin pul sarflashini eshitib hayron qolgandim.Ular shuncha pulni ...
29 october 2025
Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik va Bag‘dod tumanlarida hokimlar prezidentning “zovurlarni yopiq tizimga o‘tkazish” taklifini faqatgina bir kalima – “ko‘m” deb ...
24 december 2025
1979 yil 24 dekabr kuni Sovet Ittifoqi qo‘shinlarining Afg‘onistonga kiritilishi XX asr oxiridagi eng og‘ir geosiyosiy qarorlardan biri bo‘ldi. ...
13 july 2016
Turli nashrlar va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbeknavo raxbari Farhod Jo‘raevning xonandaga sahnaga chiqish emas, ruhshunosga uchrash tavsiyasini bergani haqidagi xabar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...