«Gulnor» romani, 1-qism
So‘zboshi
Roman muallifi — tanikli turk tilshunosi Professor Axmad Beyjon Erjilosun turk dunyosida nomi chikkan olimdir. U Sovet Ittifokida boshlangan kayta kurishning ilk yillarida O‘rta Osiyo turklari bilan madaniy alokalar o‘rnatish uchun jonbozlik ko‘rsatgan ilk turk munavvarlaridan biri. Mazkur roman o‘sha 80-yillar o‘rtalarida Osiyoga kelgan munavvarning ko‘zi bilan ko‘rilgan manzaralar, uning kulogi bilan eshitilgan so‘zlar va uning yuragi bilan xis kilingan tuygularga yo‘grilgandir.
Bu asar, so‘nggi yuz yilda Turkiya turklari tomonidan O‘rta Osiyo xakida yozilgan yagona asar desak, mubolaga bo‘lmaydi. Turklari va O‘rta Osiyo turklari bir-biridan shu kadar uzoklashgandilar.
Romanning markaziy kaxramoni yosh olim O‘g‘uz turk kavmlarining birligi idealining timsolidir. To‘grirogi, o‘z tarixini yangidan tanib, tom ma'noda uygona boshlagan turk yigitining KGB xodimasi bo‘lgan O‘rta Osiyoli kizga uylanib Turkistonni va Garbiy turklar (Turkiyani)ni birlashtirish uchun birinchi amaliy ishni boshlaydi guyo. Uning Oltoyga kilgan safari xikoyasi nafakat Turkiya turklari uchun, balki O‘rta Osiyo turklari — o‘zbeklar, kozoklar, kirgizlar, turkmanlar uchun xam ibratli xikoyadir. Chunki, o‘z tarixini anglashda kechikish Turkiya turklari kabi O‘rta Osiyo kavmlariga xam taallukli kamchilikdir.
Romandagi vokealar 1986-yildan 2000 yilgacha bo‘lgan vakt orasida yuz beradi. Romanda tasvirlangan personajlarning aksariyati bugun xayotda bo‘lgan kishilardir. Ulardan ba'zilari muallifning yakin do‘stlari, tanishlaridir. Turkiya va Turkiston turklari o‘rtasidagi munosabatlarni kuzatib borayotgan xar bir kishi romanda tasvirlangan vokealarning real xayotdan olinib yozilganiga shoxid bo‘ladi.
Masalan, romandagi professor Eryigit — roman muallifining o‘zi. Boshka to‘kima ism bilan atalgan olimlardan biri Turgut Deniz — xayotda professor Dursun Yildirimdir. Toshkent sayoxatida tasvirlangan personajlardan “Asan Ali” — krimtatar yozuvchisi raxmatli Aydar Usmon bo‘lsa, “Kamol Erkin” — Rauf Parfidir. “Maxmat Ma'ruf” esa, Mamadali Maxmuddir. Shuningdek, romanda shoir Muxammad Solix xam bor. U “Anvar Murot” ismi ostida tasvirlanadi.
“Gulnor” romanidagi bu xujjatli zamin uni ko‘prok o‘kimishli kiladi. Kitob roman deb atalgan bo‘lsa-da, romanlik iddaosidan yirok kamtar bir uslub bilan yozilgan. Muallifni yozuvchilik shuxratidan ko‘prok turk kavmlarining dolzarb muammolari kiziktirayotgani asarning xar saxifasida sezilib turadi. Ammo bu xususiyat uning kadrini tushirmaydi, aksincha, turk kavmlarini bir-biriga yakinlashtirishda kizgin nutklardan ko‘ra kichik bo‘lsa xam, bir amaliy faoliyatning nakadar muximligini bizga eslatib, umum idealimizga baxoli kudrat xizmat kiladi.
Muallif haqida: Professor, doktor Ahmet Bijan Erjilasun, Turkiyaning G‘azi Universiteti Fan Adabiyot fakulteti Turk tili va adabiyoti bo‘limi o‘qituvchisi.
1943 yilda Izmir shahrida dunyoga kelgan. Boshlang‘ich va o‘rta maktabni Izmirda o‘qidi. 1963 yilda Istanbus Universiteti Fan Adabiyot fakultetining Turk tili va adabiyoti bo‘limiga o‘qishga kirdi. 1967 yilda Otaturk Universiteti Fan Adabiyot fakultetida asistetlikni boshlagan. Turkiyaning Qars muzofotidan to‘plagan matnlari asosida «Qars viloyati Shevalari — Tovush bilimi» nomli dissertatsiya bilan 1971 yilda doktorlik unvonini oldi.
1976 yil iyun oyidan 1977 yilning avgustigacha Amerikaning Sietl shahrida University of Washingtonda mehmon tadqiqotchi o‘laroq ishladi. 1979 yilda »Qutadg‘u bilik»da fe'l» nomli dissertatsiya bilan dotsent bo‘ldi.
1983 yilda qo‘shimcha vazifa bilan ishlayotgan G‘oziy Universitetida Maorif fakultetida Turk tili va adabiyoti bo‘lmida mudir bo‘ldi. 1986 yilda G‘oziy Universiteti Fan Adabiyot fakultetida Professor bo‘ldi va Fakultetning Turk tili va adabiyoti bo‘limini tashkil etdi.
1992 yilda G‘oziy Universiteti Fan Adabiyot Fakulteti Zamonaviy Turk shevalari va Adabiyoti bo‘limini tashkil etgach shu bo‘limda mudir qilib ataldi.Xo‘jatepa Universitetida Yangi Turk Adabiyoti Professori sifatida ish boshlagan Bilge Erjilosun xonim bilan turmush qurgan, ikki farzand otasidir.
Professor Doktor Ahmed Bijan Erjilosunning Turk tili va adabiyoti, zamonaviy Turk lahcha va shevalariga doir ko‘plab asar va maqolalari bor.
Gulnor
(Roman)
Uchoq zulmatga sho‘ng‘ir ekan, O‘g‘uz Duman avvallari faqat ismlarini eshitgan domlalari bilan tanishganidan xursand edi. Ikki kundir ular bilan birga edi. “Otaturk havo maydoni”da uchrashib, registratsiyadan o‘tgandan so‘ng, bir uchoqda Moskvaga parvoz etishgandi. Uchoqda O‘g‘uz professor Mahmat Eryigit yoniga tushdi. Ko‘p gapirishni sevmagan Eryigit O‘G‘izning qaysi fakultetni tugutgani-yu, oliy o‘quv yurti diplomini qaysi mavzuda yozganini so‘rab, qisqa javoblar oldi va yana moviy ko‘kka qarab, jimgina ketaveradi.
“Kosmos” mehmonxonasi ro‘parasidagi Koinot simvoli… Moskvaning bu qismi Sovetlar Ittifoqining kelajagini tamsil etardi… O‘g‘uz beliga bog‘langan kamarlari-la koinotga ilk qadamini tashlandi… so‘ngsiz qorong‘ilik va hayajonli qala-g‘ovur ichida o‘zini yo‘qotgandi u. Ikki soniya avval o‘zining emas, onasining chinqirig‘ini eshitganday edi… U qorong‘u va tor bir bo‘shliqdan, vujudini chirmab olgan to‘rvadan qanday qutulganini birdaniga anglay olmasdi. Mittigina miyasi faqat majhal shakllar va saslarni qayd etgandi…
Belidagi kordonni tortib, fazo kemasiga bog‘liqligini tekshirib ko‘rdi. Bo‘shliqqa tomon ikki odim otdi… va orqasiga qaytdi…
Samimiy harakat bilan uning tizzasiga urib, “qani O‘G‘UZ, aytchi, Toshkentga borayapsan, xursandmisan?”, degan bir ovozni eshitdi, bu professor Arslon xo‘ja edi.
Ha, ular Toshkent uchog‘ida edilar va O‘g‘uz bu safar professor Arslonning yonida edi. Arslon xo‘ja professor Eryigitga hech o‘xshamasdi. Samimiy harakatlari ilk daqiqadanoq O‘g‘uzga ma'qul kelgandi. Xo‘jaga xursandligini aytish uchun bir necha so‘zni fazo bo‘shligiga tashladi, ammo so‘zlarning bu bo‘shliqda harakat etmasliklarini u unutgandi. Qiziq, ovozim chiqmayapti, deya bo‘g‘zini ushlab ko‘rdi O‘g‘uz. Keyin o‘ksirib ko‘rdi.
O‘rxon Nodiy xo‘janing yo‘g‘on ovozi esa fazoda harakat etardi:
–Xo‘jam!, — dedi, O‘rxon Nodiy professor Arslonga yuzlanib, — Eshikning ustidagi yozuvda nima yozilganini bilasizmi?
–Yo‘o‘-q, nima yozilganmish?
–Ne kurit, yozilgan, xo‘jam. Sigaret chekilmasin, degani emish.
–O‘rxon, tushunildi, besh soat sigaret ichmaymiz…
O‘g‘uz esa, (xayolida) Moskva ko‘chalarida edi. Binolarning yuksak devorlaridagi yirik g‘ishtlar, kim biladi, necha yuz yillarning saslarini o‘zida yashirgan. Darvoza va derazalarning ochiq turgani yo‘qdi. Ular ham bahaybat va yuksak edi. Kim biladi, qancha umrning majorolariga shohid bo‘lar. O‘g‘uz darvozalardan birini ochib, ichkari kirmoq istadi, ammo kuchi yetmadi. Kirganda ham, rus hayoti haqida nima bilardi-ki…
Ozoriy bir yigit ularni bir xususiy restoranga olib borgandi. Ozariy yigit Turkiyadan kelgan domlalarning “vodka” ichishni istamaganini ko‘rib, hayron bo‘lgan bo‘lsa ham, u tajribali ekanini ko‘rsatdi. Rasmiy kursi 68 kopeek bo‘lgan dollarni 2 rubldan almashtirib bergandi. Bu “restoran” deyilgan makon avvallari xususiy uy bo‘lganligi ko‘rinib turardi. Yog‘li go‘shtlar bo‘lgan tovaqlarni stollarga qo‘ygan Lyudmila balki bu uyda turmush ko‘rgandi. Uning tirsillagan boldirlarida xuddi bu uyda kechirilgan turmush xotiralari titrab turardi. Gagarin fazoga chiqayotganda nimani o‘ylagan ekan-a? Yankaga qarshi qozongan g‘alabasini o‘ylaganmikan? Yoki fazoda Tangrini ko‘rishni o‘ylagan edimi?… Ammo tarix Shumerdan boshlangandi. Tangri ilk odamni Messopotamiyada yaratgandi. Ilk odam bir nufta, bir tomchi qondan yaratilgandi. U g‘alati zim-ziyo bir to‘rvani yorib chiqqandi, ammo yana qandaydir Kordonga bog‘liq edi.
O‘g‘uz qo‘llarini beixtiyor kamarlariga tekkizgandi. Uchok havo bo‘shlig‘iga duch kelganday, bir oz silkinib qo‘ydi.
“Kosmos” mexmonxonasining zalida Mahmat Eryigit xo‘ja hikoya qilayotgandi:
–Sietllda Arslon Alptekinning uyida yeganim o‘zbek mantisi hech esimdan chiqmaydi. Bug‘da pishgan mantilar har biri kaftimday kelardi. qancha yeganimni bilmayman, ammo bunaqa mantini so‘ngsiz yeyish mumkinday tuyulgandi…
So‘ngsiz ham son bo‘ladimi?, deb o‘yladi O‘g‘uz.
Keyin savolni teskari qo‘ydi: son so‘ngsiz emas, so‘ngli (tugaydigan) bo‘lolmasdi. Hech narsa so‘ngli bo‘lishi mumkin emasdi. Borliqning so‘nggiga yetish imkoni yo‘qdi. U holda nega odam to‘rvani yorib, tashqari chiqdi?…
Dijla va Firot daryolari birlashgan joyda bir dengiz bor edi, dengizning o‘rtasida esa Adn jannati bor edi. Shumer afsonalari muqaddas kitoblarning ilk matnlaridan tashkil topgandi. Tangri odamlarni yer yuziga yuborganda ular qanday ko‘paydi?…
Har uyda bir iloh bor edi va bu bir bo‘lgan Tangriga yoqmasdi. Odamlarni to‘fon bilan jazoladi. Gagarin maktabda diniy darslar o‘qiganmidi? Bir ortadoks rohibning va'zlarini tinglaganmidi?… Piyozsimon qubba naqadar muhtasham edi! Kreml maydonidagi bu kafedral (cherkov)ning ichiga kira olmagandilar, lekin O‘g‘uz sut rang jubba kiygan rohiblarning (ilohiylarini) diniy qo‘shiqlarini xuddi eshitayotganday edi. Yuz yillarcha bu kafedraldan “ilohiylar” aytilgandi va Tangri ularni bir yerga qayd etgan bo‘lishi kerak edi. Qiziq, inson ovozining fazoda abadiy qolishi to‘g‘rimi? Agar shunday bo‘lsa, professor Eryigit kabi Oshkinni ham omadli deb bo‘lmasdi. Istambulning Yashilko‘y havo maydonida uchrashgandan beri professor Somiy Oshkinning gaplashganini hech ko‘rmadi. Ko‘zoynak taqqan bu yumaloq boshli xo‘janing ismini avvallari hech eshitmagandi. Uzoq yillar xorijda ishlaganini aytishdi. Xorijda uzoq yillar ishlagan yana bir xo‘ja bor edi, O‘g‘uzni eng ko‘p qiziqtirgan ham o‘sha domla edi. Professor Tarik To‘ra sayohat boshlangandan beri guruhdan ayrilganday maqomda to‘rardi. Ko‘pchilik u bilan suhbatlashishni istayotganini aytib bo‘lmasdi. Faqat O‘rxon Nodiy xo‘ja Tarik To‘radan ora-sira ba'zi narsalarni so‘rab ko‘yardi xolos. U eng omadli kishi edi. Fazoda uning ovozi qancha miqdorda qayd etilgan ekan-a? Bu ovozlar bir kuni inson tarafidan kashf qilinajakmi? U xolda O‘g‘uz Kreml devorlari orqasida gaplashilgan gaplarni tinglashni istagan bo‘lardi. Chor va uning malikalaridan ham, Sovet rahbarlarining gapirgan gaplarini tinglashni xohlardi. Yangi tarix bo‘lishiga qaramasdan, ularning davri o‘tgan asrlardan ham maxfiyroq edi. Politbyuro suhbatlarini qayd etadigan voqeanavis malaklar, shubhasiz, bor edi. O‘g‘uz birdan Ollohning Basir va Olim ekanini xotirladi. U har narsani ko‘rar va har narsani bilardi. Zotan, butun qilinishi lozim bo‘lgan ishlar va barcha so‘ylanishi kerak bo‘lgan gaplar azaldan “Lavhi mahfuz”da qayd etilgandi-ku!
Bechora inson. Yer va ko‘k orasida so‘ngsizlikni axtargan ojiz tafakkur. U tor to‘rvadan qutilib, o‘zini so‘ngsizlikda his etdi. Aslida uning eshitgan va bilganlari nihoyatda cheklangandi. Butun fazoda fotih kabi aylanib, yulduz urushlarini muhokama qilayotgan inson, aslida, hozirgina pilladan chiqqan ipak qurtiga o‘xshardi va yaqinda qo‘padigan qiyomatda yo‘q bo‘lib ketishi kerak edi.
Oydamir xo‘ja, har holda, na qiyomatni, na tangrini o‘ylardi. O‘g‘uzning eng oson munosabat ko‘rgani xo‘ja shu professor So‘nar Oydamir edi. Oq sochli, oq mo‘ylovli, tatar yuzli professor Oydamir yengil mavzulardan so‘z ochib, uzoq suhbatlasha olardi. Uning bu qobiliyati O‘g‘uzning ishini ancha yengillashtirgandi.
O‘g‘uz ikki kundan beri Oyshaxonim xo‘ja bilan gaplasha olmagandi. U hay'atning eng yoshi ulug‘laridan bo‘lgan domla Oysha Qilichdan bir oz tortinardi.
Professor Eryigit:
–Bu sayohatda hammadan ham ko‘proq Boymirza Hayitning bo‘lishini xohlardim, — degan edi bir yemakda. Keyin u Boymirza Hayitni Anqaradagi uyida mehmon qilganini, birgalikda Komiljon Otaniyozovning plastinkasidan qo‘shiqlar tinglaganliklari va Hayitning O‘zbekiston hasratini tushuntirgandi.
O‘g‘uz Boymirza Hayitning maqolalaridan birini o‘qigandi. Fitrat va Cho‘lponning ham o‘sha paytda o‘rgangandi. Cho‘lponning “kulgan boshqalardir, yig‘lagan menman” misrasini yana bir necha yerda uchratgandi.
1938 yilning qishi Sibirda yana ham sovuqroq keldi. Uylarning devorlaridagi og‘och to‘nkalar bu qahraton va surgunlar nafasini yaxshilab emgandi. Aslida bu devorlar ham tarixni o‘z vujudlariga yozgan bir matnlar edi. O‘g‘uz faqat inson ovozini emas, ko‘z ilg‘amas bir qimirlash ham yo‘q bo‘lmayajagini, uning ham yozilib abadiy qolajagini o‘ylardi.
Temurning Camarqandini ko‘rish mumkinmikin?
Temurning harakatlari fazoga yozilgan bo‘lsa va ularni biz tomosha qilabilsaydik, muhtasham film ko‘rgan bo‘lardik…
Ulug‘bek fazolarni tadqiq etarkan, u yuksaklarda odamzotning taqdirini axtarganmidi? Yulduzlar siljishida bu taqdirning gizlanganini o‘ylaganmidi-ki, ularni ipidan-ignasigacha tekshirgandi?
Lavhi mahfuz balki so‘ngsiz fazo bo‘shlig‘i edi va Shumerlardan buyon shu kungacha odamzot ko‘zlarini ko‘kka tikkandi.
O‘g‘uz darchadan qaradi: zulmat yorishib, g‘ira-shira osmon so‘ngsiz ko‘rinardi. Shuuri g‘ira-shiralik uchida osilib qoldi, ko‘z qaboqlari tafakkurini ohista o‘rtdi…
(Davomi bor)
