Asosiy mavzular
7 september 2025

O‘zbek fermeri: «Haqiqat aytilishini istayman»

«Bu suhbatni boshlashdan oldin aytib qo‘ymoqchimanki, agar men ertaga tirik bo‘lsam ham, yoki meni ertaga hibsga olishsa ham, yoxud g‘oyib bo‘lib qolsam, buning javobgarligi Shahrisabz tumani hokimi Samad Xasanov zimmasida bo‘ladi. Meni umidsizlikka solgan shu kishi. Agar ertaga men o‘lib qolsam, haqiqat aytilishini istayman».

«Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbek forum» tashkiloti shahrisabzlik fermer Shavkat Qudratov bilan suhbatlashdi. U Shahrisabz tumani hokimi Samad Xasanov haqida tanqidiy postlar yozganidan so‘ng chorasiz ahvolga tushib qolganini bayon qildi. Hokim fermerga nisbatan shaxsiy adovat boshlab, uning g‘alla va paxta maydonlariga sug‘orish uchun suv bermaslikni buyurgan va natijada, bu g‘alla hosilining qisman yo‘qotilishi va fermerning qarzdor bo‘lib qolishiga olib kelgan.

Joriy yil fevral oyida Shavkat Qudratov o‘zining tumandoshi, hamda yaqin tanishi bo‘lgan fermer Dilshod Sattorovning o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar topganidan so‘ng fermerlar uchun Telegram guruhda o‘ta hissiy post yozib qoldirgan. 

Qudratovning postiga ko‘ra, uyida o‘zini osib joniga qasd qilgan Dilshod Sattorov tahdidlar va omma oldidagi haqoratlarga dosh bera olmagan, shuningdek ko‘plab fermerlar hokimiyatdagi yig‘ilishida hokim Samadov Sattorovni qanday haqoratlab, dashnom berganini ko‘rishgan.

Aslida, fermerning o‘z joniga qasd qilishida hokimni aybdor deb bilgan yagona odam Shavkat Qudratov emas. Otasining o‘limi kuni Dilshod Sattorovning qizi ham otasi omma oldidagi haqoratlarga chiday olmagani haqida bir necha post yozdi. Bir necha kun o‘tgach, u postlarini o‘chirib tashladi, ammo yozuvlarining skrinshotlari saqlanib qolgan.

Qudratovning «O‘zbek forum»ga aytishicha, ko‘p fermerlar shikoyat qilishdan qo‘rqishadi. Hokim esa paxta hosili ko‘rsatkichlarini soxtalashtirish bilan shug‘ullanib, yerlarida boshqa ekin yetishtiruvchi fermerlardan ham g‘allasini majburan tortib oladi. Qonunga ko‘ra, fermerlar yer maydonining 10 foizini boshqa ekinlarga ajratishi mumkin, ammo hokim tumandagi fermerlardan faqat paxta va g‘alla ekishni talab qiladi.

«

Bu yil hokim buyrug‘i bilan bug‘doyimni sug‘orish uchun bir tomchi ham suv ololmadim, natijada hosil barbod bo‘ldi. Paxtani sug‘orish uchun esa faqat bir marta suv berildi, endi esa [er ijara shartnomasida belgilangan] paxta rejasini bajara olamanmi-yo‘qmi, bilmayman».

Muammolar shu bilan tugamadi. Fermerning aytishicha, 2025 yil 25 may kuni YPX inspektorlari uning uyiga yuk mashinasi bilan kelib, hech qanday hujjat ko‘rsatmasdan fermerning avtomobilini olib ketishgan. 

Ularning tushuntirishiga ko‘ra, fermer pilla rejasini bajarmagani ortidan hokim uning mashinasini musodara qilish haqida buyruq bergan. Ko‘plab qo‘shnilar ko‘z o‘ngida avtomobilni olib ketishgan bo‘lsa-da, ular fermerga hech qanday musodara hujjati bermasdan, o‘z harakatlarini hokim Xasanovning og‘zaki buyrug‘i bilan izohlashgan.

Tag‘in o‘qing
13 january 2017
Karimov o‘limidan so‘ng keng urf bo‘lgan Virtiual qabulxona ortidan, har bir tumanda Xalq qabulxonalari tashkil etila boshlandi. Xalq qabulxonasida ...
27 april 2017
Hukumat «Bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Bu qonun kuchga kirsa, hukumat ...
14 october 2025
(Eltuz tahlili) 2025 yil oktyabr boshida Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida Dyurand chizig‘i bo‘ylab qattiq to‘qnashuvlar boshlandi. Pokiston «Tehrik-e-Talibon Pokiston» ...
9 may 2023
Qo‘qon xonligining Toshkent himoyasiga otlangan mulla Alimqul boshchiligidagi asosiy kuchlari 1865 yilning 9 mayida shaharni rus bosqinchilaridan tozalashga muvaffaq ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...